Ich kiyimlik gazlamalar. Ich kiyimlik gazlamalar bo’z, mitkal va maxsus gazlamalarga bo’linadi. Bo’z guruhiga bo’z va polotno kiradi.
Ich kiyimlik bo’z - oqartirilran gazlama bo’lib, tuzilishi jixatidan bo’z guruhidagi gazlamalarga o’xshaydi. Erkaklar ich kiyimi va ko’rpa va yostiq jildlari, choyshablar uchun ishlatiladi. Ularni bichish-tikish oson, bir oz titiluvchan, 1 kv. m bo’zning vazni 138-143 g., eni 62-220 sm. Polotno keng tarqalgan bo’zga qaraganda dag’alroq, eni 124-140 sm.
Xom gazlama holatida mitkal deb ataladigan gazlamalar mitkal guruhiga kiradi. Mitkal ham polotno o’rilishda to’qiladi, u 18,5 - 15,3 teksli karda usulida yigirilgan kalava ipdan to’qilib, oqartirilgan yoki mayin bo’yalgan tarzda ishlab chiqariladi. Berilgan pardozga qarab, mitkallar turlicha ataladi. YUmshog’i - muslin, qattig’i - ichki kiyimlik mitkal, yarim qattig’i - madapolam deyiladi. qayta tarash usulida yigirilgan 15,3 - 11,7 teksli kalava, ipdan to’qilran yupqa gazlama - shifon, mitkal kichik guruhiga kiradi. SHifonning nisbiy zichligi tanda bo’yicha 60 foiz, arqoq bo’nicha 45 foiz. SHifon oqartirilgan va to’q, och binafsha, pushti rangga bo’yalgan holda ishlab chiqariladi. SHifonning eni 73-90 sm, 1 kv. m. shifonning vazni 110-114 g.
Madapolamdan asosan ko’rpa va yostiq jildlar hamda choyshablar tikiladi. Muslin va shifon ayollar va bolalarning tungi ko’ylaklari uchun ishlatiladi. Muslinlarni bichish-tikish oson, shifon bir oz titiluvchan taxlaganda qiyshayishi mumkin.
Maxsus guruxga erkaklar ichki shimlarini (kalsoni) tikishda ishlatiladigan grinsbon va tik-lastik gazlamalari kiradi.
Tik-lastik tandasi 25 teksli, arqog’i 29 teksli karda usulida yigirilgan kalava ipidan atlas o’ril^da to’qiladi. Tanda bo’yicha nisbiy zichligi 80 foiz; 1 kv. m. tik-lastikning vazni 165-185 g.
Grinsbon siniq sarja usulida «archasimon» qilib to’qiladi, tandasi 25 teksli, arqog’i 35,7 teksli kalava ipdan iborat. Nisbiy zichligi tik-lastiknikidan kichik.
Yo’g’on kalava ipdan tuzilishi, nisbiy zichligi va tayanch yuzasining kattaligi tufayli maxsus ich kiyimlik gazlamalar ancha pishiq va ishqalanishga chidamli bo’ladi. Grinsbon va tik-lastik oqartirilib va qattiiq pardoz berilib ishlab chiqariladi. Ularni taxlash oson, tikilganda o’yiladi. Ularni tikishda 100-raqamli igna va 40-50- raqamli ip ishlatish tavsiya qilinadi.
Maxsus ich kiyimlik gazlamalar tanda bo’yicha 6 foizgacha kirishadi.
Korset buyumlar tayyorlash uchun yirik gulli o’rilishdagi ip gazlamalar: «Grasiya» art. 4044, 4047, 4048 ishlatiladi. Bular qalin, elastik, pishiq, oqartirilgan
yoki och rangga bo’yalgan va to’zishga chidamli gazlamalardir. Ulami tikish oson, lekin bir oz titiluvchan bo’ladi.
Ko’ylaklik gazlamalar
4.2-rasm. Bolalarning maxsus gazlamalar assortimenti.
Ko’ylaklik gazlamalar guruhi turli-tumandir. Bu guruhga yozgi, qishki, mavsumiy va kimyoviy kompleks iplar qo’shib to’qilgan gazlamalar kiradi. Bolalarning maxsus gazlamalar assortimenti 4.2-rasmda berilgan.
Yozgi gazlamalar kichik guruxga siyrak, yupqa va engil gazlamalar kiradi. Ular asosan gulli qilib ishlab chiqariladi, lekin oqartirilganlari ham bo’ladi.
Mayya, volta, vual, markizet, batist kabi gazlamalar qayta tarash usulida yigirilgan kalava ipdan polotno o’rilishda to’qiladi. Bular xozir kam ishlab chiqariladi. «Kanifas», «Vesna» kabi jilvali gazlama mayda gulli o’rilishda to’qiladi.
Mayya va volta - qayta tarash usulida yigirilgan yakka kalava ipdan to’qiladigan gulli yupqa gazlamalar.
Vual va markizet - yaxshi pishitilgan va qayta tarash usulida yigirilgan ingichka kalava ipdan to’qiladigan gazlamalardir. Vualga gul bosiladi. Markizet - vualdan yupqaroq, oqartirilgan, mayin rangga bo’yalgan va gul bosilgan gazlamadir.
Batist - qayta tarash usulida yigirilgan ingichka, yakka kalava ipdan polotno o’rilishda to’qiladigan yupqa, mayin, oqartirilgan yoki gul bosilgan gazlamadir.
«Kanifas» va «Vesna» kabi jilvali gazlamalar - o’rtacha yo’g’onlikdagi kalava ipdan mayda gulli o’rilishda to’qiladigan gulli gazlamalardir. Odatda, kanifasning sirtida xiyol seziladigan bo’ylama qavariq yo’llar bo’ladi.
Ko’ylaklik gazlamalarning yangi assortimenti asosan mayda gulli ba’zan esa yirik gulli o’rilishdagi har xil gazlamalarni, shuningdek, dokasimon gazlamalarni o’z ichiga oladi.
«Chayka» gazlamasi - polotno o’rilishli yarim shaffof, yupqa, siyrak, bosma gulli gazlama, uning eni 85 sm, 1 kv.m. gazlamaning vazni 79 g.
«3ulfiya» gazlamasi - polotno o’rilishli yupqa, mayin, gulli (asosi oq), tandasining zichligi o’zgarib turadigan gazlama. Tanda va arqog’i qayta tarash usulida yigirilgan o’rtacha yo’g’onlikdagi yakka kalava ipdan to’qiladi, uning eni 75 sm, 1 kv. m. gazlamaning vazni 82 g.
«Yunatka» gazlamasi - mayda naqshli o’rilishdagi mayin, yupqa, bosma gulli gazlama bo’lib, uning tanda va arqog’i o’rtacha yo’g’onlikdagi karda usulida ishlab chiqarilgan yakka kalava ipidan to’qiladi, uning eni 80 sm, 1 kv.m. gazlamaning vazni 116 g.
«Risa» gazlamasi - polotno o’rilishli dokasimon, gulli va bo’yalmaganlik effekt beradigan gazlama. Tandasi va arqog’i 36 teksli kalava ipdan to’qiladi, uning eni 80 sm, 1 kv.m. gazlamaning vazni 124 g.
«Liya» gazlamasi - mayda gulli, bo’ylama yo’l-yo’l o’rilishli, bir xil rangdagi gulli, asosi oq gazlama. Tandasi 18,5 teks va arqog’i 29 teksli kalava ipdan to’qiladi, uning eni 80 sm, 1 kv.m. gazlamaning vazni 130 g.
Bluzkalik «Ellada» gazlamasi - polotno o’rilishli yarim shaffof, siyrak, gulli gazlama bo’lib, uning eni 85 sm, 1 kv.m. gazlamaning vazni 80 g.
Bluzkalik «Astra» gazlamasi - polotno o’rilishli dokasimon gazlama. Uning tandasi va arqog’i 29 teksli kalava ipdan to’qiladi, eni 80 sm, 1 kv. m. gazlamaning vazni 120 g.
Erkaklar kuylagi tikiladigan gazlamalar preyskurant bo’yicha ko’ylaklik gazlamalar guruhiga kiradi. Ularning assortimenti juda xilma-xil. Qayta tarash yoki karda usulida yigirilgan kalava ipdan polotno o’rilishda va har xil aralash bo’ylama yo’l-yo’l o’rilishda to’qiladigan yo’l-yo’l va katak gulli gazlamalar ko’proq ishlab chiqariladi.
Quyida erkaklar ko’ylaklari tikiladigan gazlamalar keltiriladi (4.3 -rasm).
4.3 -rasm. Katak gulli gazlamalar.
«Alpiyskaya» gazlamasi - guldor, yorqin yo’lli, aralash o’rilishli (polotno o’rilish atlas o’rilish bilan galma-gal keladi) gazlama.
«Kupon» gazlama - yirik gulli o’rilishdagi, oqartirilgan, tandasi 10 teksli kalava ipni 2 qavat qilib pishitilgan ipdan va arqog’i 14 teksli yakka kalava ipdan to’qilgan gazlama, uning eni 85 sm 1 kv. m. gazlamaning vazni 114 g.
«Giasint» gazlamasi - yirik gulli o’rilishdagi yupqa, oqartirilgan gazlama. Tandasi qayta tarash usulida yigirilib, pishitilgan 14 teksli va arqog’i 10 teksli kalava ipni 2 qavat qilib pishitilgan ipdan to’qiladi, uning eni 85 sm, 1 kv. m. gazlamaning vazni 136 g.
«Baltika» gazlamasi - merserizasiyalangan, yupqa, siyrak, tagi oq gulli, bo’ylama yo’l-yo’l o’rilishli, yo’llarining eni 2 santimetrli gazlamadir. Tandasi qayta tarash usulida yigirilgan kalava ipning pishitilgan turidan, arqog’i esa yakka kalava ipdan to’qiladi, eni 80 sm, 1 kv. m gazlamaning vazni 116 g.
«Rucheyok» gazlamasi - bo’ylama yo’l-yo’l o’rilishli yupqa, shoyisimon, tagi oq mayda merejka ko’rinishdagi gulli gazlama. Tanda va arqog’i qayta tarash usulida yigirilgan yakka kalava ipdan to’qilgan, eni 80 sm, 1 kv. m gazlamaning vazni 117 g.
«Mayak» gazlamasi - katak-katak gulli gazlama bo’lib, uning tandasi va arqog’i karda usulida yigirilgan kalava ipidan aralash o’rilishda yirik katakli qilib to’qilgan, eni 105 sm, 1 kv. m. gazlamaning vazni 161 g.
Paxta-lavsan gazlamalar - polotno va mayda gulli o’rilishlardagi sidirg’a bo’yalgan, guldor hamda bosma gulli gazlamalar. 14-29 teksli kalava ipga 33-67 foiz lavsan qo’shib to’qiladi, eni 100 sm, 1 kv. m gazlamaning vazni 110-113 g.
Paxta-lavsandan to’qilgan «Viola» gazlamasi - guldordek tuyuladigan, fonga mayda gullar bosilgan siyrak gazlama. 20 teksli kalava ipdan krep o’rilishda to’qiladi; tandasi va arqog’ida 25 foiz lavsan bo’ladi, eni 80 sm, 1 kv. m gazla- maning vazni 112 g.
Anchadan beri ishlab siqariladigan klassik mavsumbop gazgamalar kichik guruhiga poplin, tafta, kashemir, shotlandka, sherstyanka, pike, garust kiradi.
Poplin - qayta tarash usulida yigirilgan, pishitilgan kalava ipdan polotno o’rilishda to’qilgan zich gazlama. Merserizasiyalab, oqartirib, och rangga bo’yab va ba’zan tandaning arqoqqa nisbatan zichroqligi natijasida hosil bo’ladigan ko’ndalang yo’lli qilib ishlab chiqariladi, eni 79 sm, 1 kv. m. gazlamaning vazni
100-120 g.
Tafta - tuzilishi va bo’yalishi jihatidan poplinga o’xshagan, lekin undan zichroq va sifatliroq gazlama, eni 65 sm, 1 kv. m gazlamaning og’irligi 140-150 g. Tarkibida 67 foiz shtapel, lavsan va 33 foiz paxta bo’lgan ko’ylaklik tafta -ham ishlab chiqariladi. Tandasi va arqog’ini qayta tarash usulida yigirilgan, pishitilgan kalava ip tashkil qiladi. eni 80 sm, 1 kv. m gazlamaning vazni 140-150 g.
Poplin va tafta asosan erkaklar, ba’zan ayollar ko’ylagi tikish uchun ishlatiladi. Ularning kamchiligi: bir oz titiluvchan tanda bo’yicha kirishuvchan.
Shotlanka - katak-katak gulli gazlama. karda usilida kalava ipidan sarja, mayda gulli yoki polotno o’rilishida to’qiladi.
Tarkibida shtapel tola bo’lgan bolalar shotlandkasida yo’g’on pishitilgan ipdan hosil qilingan bo’rtma katak bo’ladi; eni 32-90 sm, 1 kv. m gazlamaning vazni 100-165 g. SHotlandkalar erkaklar, bolalar, ayollar kuylagi va hokazolar tikish uchun ishlatiladi.
Kashemir- sarja o’rilishli, sidirg’a yoki gul bosilgan gazlama, o’rtacha yo’g’onlikdagi karda kalava ipidan to’qiladi, eni 60-65 sm.
Sherstyanka - karda usilida yigirilgan kalava ipidan krep o’rilishda to’qil- gan guldor yoki sidirg’a gazlama. Ko’rinishi jun krepga o’xshay. Kashemir va sherstyankalar bolalar va ayollarning arzon ko’ylagi tikish uchun ishlatiladi, ularni bichish va tikish oson, yuvilganda 3-4 foizgacha kirishadi.
Pike - qayta tarash usulida yigirilgan kalava ipdan murakkab o’rilishda to’qilgan gazlama, o’ngida bo’ylama yo’llar, romblar, to’lqinsimon yo’llar, gullar tarzidagi bo’rtma naqshlar bo’ladi. Odatda, oqartirilib, ba’zan sidirg’a va guldor qilib ishlab chiqariladi. 1 kv. m gazlamaning vazni 134-180 g. Bolalar buyumlari, shuningdek, ayollar ko’ylagi va bluzkalar tikish uchun ishlatiladi.
«Rossiyanka» gazlamasi - tandasi qayta tarash usulida yigirilgan kalava ipdan, arqog’i karda usilida yigirilgan kalava ipidan yirik gulli o’rilishda to’qilgan gazlama. Gul bosilgan, merserizasiyalangan tarzda ishlab chiqariladi, 1 kv. m gazlamaning vazni 130 g.
«Vira» gazlamasi - yirik gulli o’rilishda burtma naqshli qilib to’qilgan og’ir gazlama. Oqartirilgan yoki sidirg’a tarzda ishlab chiqariladi, eni 75 sm, 1 kv. m gazlamaning vazni 198 g.
«Ramenka» gazlamasi - o’ngi mayda donli, jilvali o’rilishda to’qilgan gazlama. Tandasini pishitilgan ip, arqog’ini o’rtacha yo’g’onlikdagi yakka karda usilida yigirilgan kalava ipi tashkil qiladi. Gul bosilgan, sidirg’a va oqartirilgan tarzda ishlab chiqariladi. Eni 80 sm, 1 kv. m gazlamaning vazni 164 g.
«Severyanka» gazlamasi - bilinar-bilinmas ko’ndalang yo’li bo’lgan reps o’rilishli, tagi oq gulli siyrak gazlama. Tandasi 20 teksli, arqog’i 25 teksli kalava ipdan to’qiladi, eni 100 sm, 1 kv. m. gazlamaning vazni 109 g.
«Romashka» gazlamasi - bosma gulli, merserizasiyalangan, siyrak (chiziqli to’lganligi 50 foizdan kam) gazlama. Bo’ylama reps o’rilishda to’qiladi, chiziqiy zichligi 42 teks bo’lgan ikkita tanda ipi 160 teksli bitta arqoq, ipi bilan galma-gal keladi, eni 90 sm, 1 kv. m. gazlamaning vazni 185 g.
Ko’ylaklik «Topolinka» gazlamasi - yorqin effektli, katak guldor, kvadrat naqshli mayda gulli o’rilishdagi gazlama. Tanda va arqog’i ikki qavatli 29 teksli pishitilgan kalava ipdan to’qiladi, eni 95 sm, 1 kv. m, gazlamaning vazni 215 g.
Bolalar kiyimi tikiladigan «3orka» gazlamasi - tagi oq, mayda nuxat yoki bolalarbop gulli, mayda o’rilishli gazlama, tanda va arqog’i 29 teksli kalava ipdan to’qiladi, eni 95 sm, 1 kv. m gazlamaning vazni 145 g.
«Maxrovaya» gazlamasi - sidirg’a bo’yalgan, murakkab, aralash o’rilishli gazlama, tukli, eni 0,5 santimerli bo’ylama yo’llar ko’rinishidagi polotno o’rilish bilan galma-gal keladigan, tandasi ikki qavatli 18,5 teksli, arqog’i 29 teksli kalava ipdan to’qiladi, eni 70 sm, 1 kv. m. gazlamaning vazni 220 g.
Ko’ylaklik - kostyumlik «Svityazanka» gazlamasi - tagi xom, bosma gulli, aralash bo’ylama yo’l-yo’l o’rilishdagi gazlama, tandasi ikki qavatli 18,5 teksli pishitilgan kalava ipdan, arqog’i 50 teksli yakka kalava ipdan to’qiladi, eni 90 sm, 1 kv. m. gazlamaning vazni 149 g.
Ko’ylaklik-kostyumlik «Veterok» gazlamasi - mayda yo’lli guldor gazlama. Tandasi pishitilgan karda usilida yigirilgan kalava ipidan, arqog’i yakka kalava ipdan mayda gulli o’rilishda to’qiladi, eni 105 sm, 1 kv. m. gazlamaning vazni 131 g.
Kostyumlik-ko’ylaklik «Teremok» gazlamasi katak-katak gulli, simmetrik joylashgan rombli mayda gulli o’rilishdagi gazlama. Kalava ipining xili, eni, nisbiy va sirtqi zichligi jixatidan «Veterok» gazlamasiga o’xshaydi.
Qishki gazlamalar kichik guruhiga: flanel, bumazeya va bayka kiradi. Bular - qalin, yumshoq, bir tomonida yoki ikkala tomonida tuklari bo’lgan tukli gazlamalardir. Qishki gazlamalarning tandasini o’rtacha yo’g’onlikdagi karda usulida yigirilgan kalava ipi, arqog’ini yo’g’on, tukdor apparat kalava ipi tashkil qiladi. Arqoq bo’yicha nisbiy zichligi tanda bo’yicha nisbiy zichligidan katta, chunki tuklari arqoq iplar tizimi tolalarini tarab taraladi.
Flanel - qishki assortimentdagi eng yupqa va engil gazlama. Polotno, ba’zan sarja o’rilishda tuqiladi; ikki tomonida tuklari bo’ladi. Flanel oqartirilgan, sidirg’a va gul bosilgan tarzda ishlab chiqariladi. Bolalar buyumlari, ko’ylaklari, erkaklarning issiq ko’ylagi, uyda kiyiladigan xalatlar va hokazolar tikish uchun ishlatiladi.
Bumazeya - flaneldan qalinroq va og’irroq, gazlama, sarja o’rilishda yoki polotno o’rilish tipidagi reps o’rilishda to’qiladi, oqartirilgan, sidirg’a va gul bosilgan tarzda ishlab, chiqariladi. Flaneldan farqli ravishda asosan faqat teskari tomonida tarab tuk chiqariladi. Lekin ba’zan o’ngida ham tarabchiqarilgan tuklari bo’ladi. Flanel gazlamasi nima tikish uchun qo’llanilsa, shunday mahsulotlar tikiladi.
Bayka - ikki tomonlama o’rilishda to’qilgan qalin va og’ir gazlama, ikki tomonida tarab chiqarilgan tuklari bo’lgan xom va sidirg’a tarzda ishlab chiqariladi; 1 kv. m gazlamaning vazni 300-360 g. Kasalxonada kiyiladigan xalatlar, chang’ichilarning kostyumlari, uyda kiyiladigan va qishki poyabzallarning ichki qismi uchun astar sifatida ishlatiladi. Qishki gazlamalarni bichish va tikish oson, tikish paytida gard chiqaradi. Ularni tikishda 100-110- nomerli ignalar, 50- 60-nomerli (flanellar uchun) va 40-nomerli (baykalar uchun) g’altak iplar ishlatish tavsiya qilinadi.
Kimyoviy kompleks iplar qo’shub to’qulgan ip gazlamalar kichik guruhiga kiradigan gazlamalarning tandasi paxtadan yigirilgan kalava ipdan, arqog’i pishitilmagan viskoza yoki asetat ipdan iborat bo’ladi. Tandasini kompleks iplar tashkil qiladigan gazlamalar ham ishlab chiqariladi.
Bu kichik guruhdagi asosiy gazlamalar: krep-jakkard, shotlandka, eponj. Bular - mayda gulli o’rilishda to’qilgan guldor gazlamalar. Sun’iy ipli gazlamalar
oqartirilgan, och rangga sidirg’a bo’yalgan va gul bosilgan tarzda ham ishlab chiqarilishi mumkin.
Sun’iy ipli gazlamalarning kamchiligi shuki, tikish va kiyib yurish vaqtida sun’iy iplar tortishadi. Yuvganda arqog’i bo’yicha tortishishi, ya’ni eniga kengayishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |