Miss-ammiak tola. Bunday tola paxta sellyulozasidan tayyorlanadi. Paxta momig‘ini miss ammiak reaktivida eritish yo‘li bilan yigiruv eritmasi olinadi. Bunday tola xo‘l usulda olinadi; cho‘ktirish vannasiga suv yoki kuchsiz ishqor solinadi.
Mis-ammiak tolaning ko‘ndalang kesimi deyarli dumaloq, bo‘ylama ko‘rinishi silindr shaklida. Viskoza tolalarga qaraganda ingichkaroq, mayinroq, kamroq tovlanadi va xo‘l holatda pishiqligini kamroq (40-45%) yo‘qotadi. Miss- ammichak tolalarning xossalari va yonishi viskoza tolalarnikiga o‘xshaydi.
Miss-ammiak tolalar uncha ko‘p ishlatilmaydi, chunki viskoza tolalarni ishlab chiqarishga qaraganda ularni ishlab chiqarishga ko‘proq mablag‘ sarflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |