Viskoza asosidagi ip va tolalarni ishlatilishi. Viskoza tolaning strukturasi zich emas, shunga kura undan tukilgan gazlamalar yuvilganda, dazmollanganda ipdan tukilgan gazlamaga karaganda kuprok kirishadi. Xul xolida pishikdigini kup yukotishi, undan tayyorlangan buyumlar shaklini turgun emasligi viskoza iplarining asosiy kamchiligi xisoblanadi (1.31-rasm). Shu sababli viskoza tolalarini paxta tolasi urnida ishlatib bulmaydi.
1.30-rasm. Viskoza ipini olinish sxemasi.
1- filtr, 2- filyera, 3- cho‘ktirish vannasi, 4- ro‘lik, , 5- halqa, 6- trubka, 7- sentrifuga.
1.31-rasm. Viskoza tolasining kundalang
kesimligi.
1- membrana, 2- qobiq, 3- yadro.
Ammo tolada yukori sanitariya-gigiyena xossalarni mavjudligi, yaxshi buyalishi, elektrostatik zaryadlarni yigmasligi bu tolaning eng asosiy yjobiy xossasi xisoblanadi. Hozirgi kunda ishlab chikarilayotgan va solmogi ortib borayotgan polinoz va yuk,ori modulli tolalar bunday kamchiliklardan xoli bulib, bunday tolalardan olingan buyumlar pishik, va uz shaklini sakday oladi.
Viskoza asosida olingan tukimachilik ip asosan astarlik_gazlama, attorlik mollari, ichki kiyim, ayol va erkaklar uchun kuylakbob gazlamalar, trikotaj (ustki va ichki buyumlar), paypok, noskilar va x.k. lar tayyorlashga ishlatiladi.
Viskoza tolalaridan sof xolida yoki tabiiy va kimyoviy tolalar bilan aralashtirib, turli maksadlar uchun (kiyim-bosh, kuylak, texnik maxsulotlar, sholcha va gilamlar, sun’iy soch va muynalar va x.k.) gazlamalar tukiladi va trikotaj buyumlar va polotnolar tayyorlanadi. Modifikatsiyalangan tolalardan, YUMV va polinoz tolalardan maxsus kiyimlar uchun gazlamalar tukiladi.
Viskoza kord iplari (texnik iplar) rezina-texnik buyumlar tayyorlash, shinalar ishlab chikarish, texnik kiyimlar va buyumlar tayyorlashda ishlatiladi. Yukori pishiklikka ega bulgan viskoza texnik iplarni yaratilishi, texnik buyumlar tayyorlovchi korxonalarda bunday iplar mavkeini yana xam yukori kutarish mumkin12.
Polinoz tola. Polinoz tola viskoza shtapel tolaning bir xili bo‘lib, xossalari jihatidan uzun tolali paxta tolalarining xossasiga yaqin turadi.
Polinoz tollarning qimmatli xossalari ularni uzun tolali a’lo navli paxta o‘rniga ishlatishga va viskoza tollardan tayyorlanadigan buyumlar ishlab chiqarishga imkon beradi.
Ko‘ylaklik va plashlik gazlamalar, mayin trikotaj polotnolar, g‘altak iplar ishlab chiqarishda polinos tolalardan sof holda ham, paxta bilan aralashtirib ham foydalanish mumkin. Qorishmaydigan va kam qorishadigan gazlamalar ishlab chiqarishda uzun tolali paxta o‘rniga polinos tolalarni ishlatish mumkin. Bunday tolalardan tayyorlangan buyumlar kirishmaydi, ko‘rkam, shoyiga o‘xshab tovlanib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |