Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi


 –rasm. V komponentning A komponentdagi qattiq eritmasi



Download 8,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/187
Sana31.03.2022
Hajmi8,9 Mb.
#521786
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   187
Bog'liq
yunalishga kirish

6.2 –rasm. komponentning komponentdagi qattiq eritmasi. 
Bu holda 
o’rin olish qattiq eritmasi 
hosil bo’ladi. Agar eruvchi V
 
komponent 

erituvchi 
komponent kristall panjarasining atomlari orasiga joylashsa
singish qattiq eritmasi 
deyiladi.
SHunday metallar borki, ular bir–birida cheksiz eriydi. 

komponent kristall panjarasidagi 
atomlar o’rinlarini
 
V komponent atomlari borgan sari almashtirib, natijada 

komponent kristall 
panjarasi o’rniga 

komponent kristall panjarasi hosil bo’ladi. Kristall panjaralari yoqlari 
markazlashgan kub panjaraga ega elementlar: nikel va mis, oltin va kumush, molibden va 
volьfram, vannadiy va titan kabi elementlar bir–birida cheksiz eriydigan qattiq eritmalarni hosil 
qiladi.
Bir-birida cheksiz eriydigan qattiq eritmalar hosil bo’lishi uchun quyida ko’rsatilgan 
shartlar bajarilishi lozim: 
– qattiq eritmani tashkil etgan komponentlarning elementar kristal–lari bir hil bo’lishi 
kerak; 
– komponentlar atomlarining radiuslari bir–biriga yaqin bo’lib, ularning farqi 15 % dan 
oshmasligi zarur; 
– komponentlar atom valentlik elektronlari bir–biriga yaqin bo’lishi, ya’ni Mendeleev 
davriy sistemasidagi komponentlar yaqin joyla–shishi zarur. 
Kimyoviy birikmalar xosil bo’lishida, kristall panjaraga bog’liq maxsus xossalar paydo 
bo’ladi. Kimyoviy birikmalarni qattiq eritmalardan farqlaydigan quyidagi xolatlar mavjud: 
– kimyoviy birikma o’ziga xos kristall panjara xosil qiladi, yangi turdagi kristall panjara 
uni tashkil qiluvchi komponentlarning kristall panjaralaridan tubdan farq qiladi; 


34 
– kimyoviy birikmada elementlar massasining nisbati doimiy saqlanadi; shu sababli 
kimyoviy birikmalar 
A
m
B
n
ko’rsatkichda ifodalanadi (bu yerda 
m
va

lar butun sonlar bo’lib, 
elementlar atom nisbatlarini bel–gilaydi); 
– kimyoviy birikma xossalari uni tashkil etuvchilari xossalaridan keskin farq qiladi; 
– suyuqlanish harorati o’zgarmas bo’lib, kimyoviy birikma suyuqlanish haroratigacha
saqlanib qolishi ham parchalanib ketishi ham mumkin; 
– kimyoviy birikmalar hosil bo’lishida harorat o’zgaradi, bunda atom elektron tuzilishlari 
bir–biridan keskin farq qiladigan komponentlar (masalan, MgSn, Mg
2
Rb, Mg
3
Bi
2
, Fe
3
C, VC, 
TiC kabi kimyoviy birikmalar) qatnashadi. 
Metallar bilan metallar birikkanda kimyoviy bog’lanishning metall bog’lanish turi 
qoladi. Odatda, bunday bog’lanish intermetallid bog’lanish deb, hosil bo’lgan fazalar esa 
intermetalloidlar deb ataladi.
O’zgaruvchan valentlikga ega Fe, Mn, Cr, W, S, Ti, V, Mo kabi elementlar kristall 
panjaralariga atom o’lchamlari kichik bo’lgan uglerod, azot, bor, vodorod atomlari singishi 
mumkin. Bunga misol sifatida TiN, FeN, VN nitridlarni va Fe
3
C, W
2
S, VC, TiC kabi karbidlarni 
keltirish mumkin. 
Qotishmalarni berilgan haroratda qanday fazalardan iborat ekanligini ko’rsatuvchi 
diagramma 
holat diagrammasi 
deyiladi. Bu diagramma muvozanat holatdagi diagramma bo’lib, 
muayyan haroratda qotishmani tashkil etuvchi komponentlarning aniq miqdorida qanday fazalar 
muvozanatda turganligini ko’rsatadi. Temir–uglerod qotishmalari shartli ravishda ikki 
komponentli qotishmalar jumlasiga kiradi. 
Tuzilishiga qarab qotishmalar turlicha xossalarni namoyon qiladi. SHu sababli 
qotishmalarning tuzilishini, kimyoviy tarkibi bilan haroratga bog’liq ravishda o’zgarishini holat 
diagrammalari yordamida o’rganish maqsadga muvofiqdir. 
Temir–kimyoviy belgisi 
Fe
. D.I.Mendeleev elementlar davriy jadvalining 8–guruhida 
joylashgan, tartib raqami 26, atom og’irligi 55,85, solishtirma og’irligi 7,86 g/sm
3
bo’lgan 
yumshoq, plastik, kulrang tusdagi oqish metall. Temirning erish harorati 1539°C, qaynash 
harorati esa 2770°C. Texnik toza temir elektrotexnikada elektr motorlari, dinamo-mashinalar, 
elektromagnit o’zaklari sifatida ishlatiladi. Kukun metallurgiyasida temir kukunidan turli detallar 
olinadi. Temir sanoatda ishlatilishi jihatidan salmoqli o’ringa ega bo’lgan cho’yan va po’latning 
asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi. 
Tarkibida uglerod miqdori 0,025 foizdan kam temir-uglerod qotishmasi 
texnik temir 
deb 
ataladi. Toza temir yumshoq bo’lib, magnit xossasiga ega. Toza temirning mexanik xossalari 
6.1–jadvalda keltirilgan. 
Temir yaxshi magnitlanish xossasiga ega. Uning bu xossasi ferromagnitlik
 
deyiladi. 
Temir qizdirilganda ma’lum haroratga yetgach (768°C), ferromagnitlik xossasi yo’qoladi. Bu 
haroratga to’g’ri keladigan nuqta 
Kyuri nuqtasi 
deyiladi. Kyuri nuqtasiga yaqinlashgan sari 
temirning ferromagnitlik xossasi pasayib boradi va boshqa xossalari birdaniga o’zgarmaydi. 
Metallning mexanik va ba’zi fizik xossalari o’zgarmaydi, lekin elektr, magnit va issiqlik 
xossalari o’zgaradi. Temirning ferro–magnitlik xossasi o’zgarganda u qayta kristallanmaydi, 
kristall panjaraning parametrlari o’zgaradi.
Tarkibida uglerod miqdori 0,025 dan 2,14 % gacha bo’lgan temirning uglerod va boshqa 
elementlar bilan qotishmasi 
po’lat 
deyiladi. 
Tarkibidagi uglerod miqdoriga ko’ra po’latlar evtektoiddan oldingi, evtektoiddan keyingi 
va evtektoid po’latlarga bo’linadi. Tarkibida uglerod miqdori 0,8 % gacha bo’lgan po’lat 
evtektoiddan oldingi po’lat 
deyiladi. Struktura tashkil etuvchilari ferrit va perlitdan iborat 
bo’ladi. 


35 
6.1– jadval

Download 8,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   187




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish