46
tomonidan birinchi bo’lib su’niy termopara qo’llaniladi.
Keskichni ishchi
yuzasidan 0,2-0,4
mm
masofada tugallanuvchi, diametri 1-3
mm
bo’lgan teshikka
shisha trubalar bilan izolyasiyalangan mis-konstantan termoporasi joylashtiriladi.
Termoparada paydo bo’lgan va milli voltmetr qayd etgan termoelektr
yurituvchi
kuchlar qiymatlari, kesish haroratiga proporsional bo’ladi.
Usachev termoparasining ikkinchi varianti(yarim su’niy termopara)
quyidagicha: diametri 1
mm
bo’lgan teshik 0,3
mm
ketingi
yoki oldingi yuzadan
masofada 0,4
mm
gacha toraytiriladi. Teshikning tor qismiga teshikning keng
qismidan shisha truba bilan izolyasiyalangan konstant sim kiritilib qisib ko’yiladi.
Simning bir uchi keskich qirrasining oldingi
yoki keyingi yuzasiga
mahkamlanadi, ikinchi uchi esa keskich o’rtasiga kavsharlanadi.
Metallarni kesishda issiqlik xodisalarini tekshirish uchun tabiiy
termopara keng qo’llaniladi. Kontaktda bo’lgan keskich va detal bir-birlari bilan
termoparani hosil etishadi. Keskichni buyum va qirindi
bilan kontakt maydoni
termoparaning issiq kavsharlangan joyi hisoblanadi. Tabiiy termopara, keskichning
buyum va qirrindi bilan, kontakt zonasida harorat miqdorini o’rtalashtirilgan
qiymatlarini beradi. Bunda o’rtalashtirish darajasi nomalumligicha qoladi
13
.
13-rasm. Usachev termoparasi.
Tovlanish tuslari bo’yicha kirrindi haroratini
aniqlash xech qanday
moslamalarni talab qilmaydi. Qizigan qirrindida yupqa oksid qatlam hosil bo’ladi.
Ularning tuslari qizish haroratiga bog’liq bo’ladi. 12-jadvalda uglerodli po’latlar
13
«MetalCuttingTheoryandPractice» DavidA.Stephenson, John S. Agapiou 453 pg
47
uchun tovlanish tuslari va ularga muvofiq bo’lgan haroratlar keltirilgan.
12-jadval.
Tovlanish tuslari
Harorat S
Sarg’imtir
200
Och sariq
220
To’q sariq
240
Purpur
270
To’q ko’k
290
Och ko’k
320
Ko’qish
kulrang
350
Oq kulrang
400
Optik pirometr qirindining o’rtacha haroratini (560-600
O
S dan yuqori)
aniqlash uchun qo’llaniladi. O’lchash qorong’i binoda o’tkazilishi kerak. Pirometr
yordamida aniqlangan qirindining o’rtacha harorati kalorimetr usulida
aniqlangan haroratga nisbatan 6-7% miqdorida yuqori bo’ladi.
Struktura usulida kesish jarayonida hosil bo’ladigan issiqlik
natijasida asbob
sirtqi qatlami mikrostrukturasini va qatlamining o’zgarishiga asoslangan.
Qatlamning mikroqattiqligi hamda mikrotuzilishini o’lchash va taqqoslash yo’li
bilan uning qizish harorati aniqlanishi mumkin
14
.
Do'stlaringiz bilan baham: