Nazorat uchun savollar
1.
Ishlov berilgan yuza sifatini belgilovchi asosiy omillar qaysilar?
2.
Yuza gad’ir –budurligi nima va u qanday aniqlanadi?
3.
O’rtacha arifmetik chetga chiqish nima?
4.
Yuza tozaligi qanday aniqlanadi?
5.
Yuza tozaligi nechta klassga bo’linadi?
6.
Ishlov berilgan yuza sifatiga keskich geometriyasi qanday ta’sir ko’rsatadi?
7.
Ishlov berilgan yuza sifatiga kesish rejimi qanday ta’sir ko’rsatadi?
8.
Ishlov berilgan yuza sifatiga MSSlar qanday ta’sir ko’rsatadi?
9.
Ishlov berilgan yuza sifati mahsulotni uzoq vaqt benuqson ishlashini qanday
ta’minlaydi?
10.
Ishlov berilgan yuza sifati qanday asboblar yordamida aniqlaniladi?
66
IKKINCHI BO’LIM
STANOKLAR VA KESUVCHI ASBOBLAR
1-bob.
METALL KESUVCHI STANOKLARNING ASOSIY TURLARI
1-§.
Metall kesuvchi stanoklar haqida umumiy ma’lumotlar.
Zagatovkaga talab etilgan shakl berish, uni yo’nilgan yuzalarini talab etilgan
darajada aniq va toza qilish maqsadida uni kesib ishlash uchun mo’ljallangan
mashina metal kesish stano’gi deyiladi.
Tayyor detal olish maqsadida zagatovkani kesib ishlashning texnologik
jarayonini amalga oshirish uchun metall kesuvchistano’kida zarur harakatlar hosil
qilish, zagatovkani va kesuvchi asbobni o’rnatish hamda mahkamlash uchun
tegishli mexanizm va moslamalar bo’lishi kerak. Stanok o’zoro bog’langan va ish
harakatlarini (asosiy harakat va surish harakati) hosil qiladigan bir qator
mexanizmlardan iborat bo’lishi zarur, bundan tashqari stano’kda kerakli
aylanishlar sonini olish, kerakli surish qiymati hosil qilish, zagatovkani siqish va
bo’shatish moslamalarini o’rnatish, kesuvchi asbobni zagatovkaga keltirish va
zagatovkadan chetlatish mexanzmlari va bir qator boshqa mexanzmlar ham
bo’lishi lozim
26
.
Stano’klarga nisbatan quyidagi talablar qo’yiladi:
1 .Zagatovkalar kesib ishlangandan keyin detallarga nisbatan qo’yiladigan
talablarga javob beradigan o’lchamlarga va tozaligiga ega bo’lish uchun stano’k
aniq ishlashi lozim.
2. Zagatovkani kesib ishlash vaqtida sinish ro’y bermasligini, uzellarning
detallari tez eyilmasligi va titrashga moyil bo’lmasligi uchun
stanokning qismlari va barcha mexanzmlari puxta va bikr bo’lishi kerak.
3. Zagatovkann kesib ishlashda asosiy texnologik vaqti eng kam sarf qilinishi
uchun stanok etarli darajada tez yurar bo’lishi zarur.
26
«MetalCuttingTheoryandPractice» DavidA.Stephenson, John S. Agapiou 83-88 pg
67
4. Stano’kga qarab turish va uni rostlash oddiy, oson bo’lishi va ortiqcha vaqt
talab qilmasligi lozim.
5. Stano’k konstrukturasida ehtiyot bo’lmay yoki bilmasdan turib ishga tushirishda
stano’kning sinishiga barham beradigan saqlagich qurilmalari bo’lishi ham ko’zda
tutilishi kerak.
6. Stano’kda operasiya tamom bo’lgandan keyin stano’kni yoki uning ayrim
organlarini ishchisiz, avtomatik ravishda to’xtatadigan mexanizmlar ko’zda
tutilishi lozim, bunday avtomatik mexanizmlar ishchining bir necha stanokda bir
yo’la ishlashiga imkon beradi.
7. Stano’kni boshqarish oson va xavfsiz bo’lishi kerak.
Metall kesish stanoklari quyidagi asosiy alomatlariga, texnologik vazifaga,
stano’k
konstruksiyasining
o’ziga
xos
xususiyatlariga,
joylashuviga,
avtomatlashtirilganlik darajasiga, yo’nilgan yuzalarning stano’k tahminlay
oladigan tozalik va aniqlash darajasiga qarab klassifikasiyalanadi.
Texnologik vazifaga va ishlatiladigan asbobga ko’ra stano’klar: frezerlash,
protyajkalash, parmalash jilvirlash stano’klari va boshqa stano’klarga bo’linadi.
Ixtisoslashtirilganlik darajasiga ko’ra, universal,
ixtisoslashtirilgan va maxsus stano’klariga, universal stano’klar shakli va
o’lchamlari jihatidan har xil detallar kesib ishlash uchun mo’ljallangan bo’ladi:
ixtisoslashtirilgan stano’klar shakli jihatidan o’xshash, ammo o’lchamlari turlicha
detallar ishlash uchun mo’ljallanadi (masalan: tish yo’nish stanoklari) maxsus
stano’klar bir tip o’lchamli detallar ishlash uchun mo’ljallangan bo’ladi.
Avtomatlashtirilganlik darajasiga ko’ra, qo’l bilan boshqariladigan, yarim
avtomat, avtomat stano’klar, stano’klarning avtomat liniyalari va boshqalarga
bo’linadi.
Metall kesish stano’klari aniqlik darajasiga ko’ra, quyidagi klass stano’klari:
normal aniqlikdagi stano’klar - N, yuqoriroq aniqlikdagi stano’klar P, yuqori
aniqlikdaga stano’klar - V, ayniqsa aniq stano’klar - S, ayniqsa yuqori aniqlikdagi
stano’klar - A ga bo’linadi.
Og’irligi jihatidan: engil (1 t gacha), o’rta (10 t gacha) va og’ir (10 t dan
68
ortiq) stano’klarga bo’linadi
27
.
1943 yilda ENIMS tomonidan ishlab chiqarilgan klassifikasiyaga ko’ra
stano’klar quyidagi tartibda nomerlanadi va markalanadi:
Biriichi raqam stano’k kaysi guruxga kirsa, ana shu guruxni bildiradi.
Ikkinchi raqam stano’kning tipini ko’rsatadi.
Belgilardagi harflar, shuningdek uchinchi va to’rtinchn raqamlar stano’kning
ishlatish uchun eng muhim parametrlaridan birini va kesib ishlanadigan detalni
harakterlash maqsadida shu stano’k ishlab chiqariladigan zavod tomonidan
qo’yiladi.
Hozirgi zamonda texnologik jarayonlarni yanada takomillashtirib borilishi
munosabati bilan metall kesuvchistano’klarida nisbatan qo’yilidigan talablar
yanada kuchaytirilmoqda. Ushbu masalani hal etish borasida stanoksozlik sohasi
bir talay ijodiy ishlarni bir necha o’n yilliklar mobaynida amalga oshirdilar. Bular
oddiy mexanizasiyalashgan universal stano’klardan boshlab to hozirgi kundagi
sonli dastur bilan boshqariladigan bir bir necha operasiyali ishlov berish markazlari
ko’rinishida mavjud.
Quyida metall kesuvchi stano’klarning eng ko’p tarqalgan vakillari tokarlik
avtomat va yarim avtomatlar stano’klarning tuzilishi va texnikaviy ko’rsatgichlarni
ko’rib chiqamiz.
Zagatovkani kesib ishlash bilan bog’liq bo’lgan barcha harakatlari
avtomatlashtirilgan, zagatovkani o’rnatish, mahkamlash va kesib ishlangan detalni
chiqarib olish ishlari qo’lda bajariladigan stano’klar yarim avtomatlar deb ataladi.
Zagatovka stano’kga o’rnatilgandan keyin ishchi stano’kni yurgizib yuboradi va
detal o’lchamlarini tekshirib turadi.
Sozlanib bo’lgandan keyin barcha ishlarni ishchining ishtirokisiz o’zi
bajaradigan stano’klar avtomat stano’klar deyiladi. Avtomat stano’klarda
ishchining vazifasi kesib ishlangan detalning sifatini tekshirib turishdan, stanok
sozligini tug’rilashdan (kesuvchi asbobni almashtirish, stano’k ishida sodir
bo’ladigan nuqsonlarni bartaraf qilishdan) va stano’kni material (chiviq,
27
«MetalCuttingTheoryandPractice» DavidA.Stephenson, John S. Agapiou 88-99 pg
69
zagatovka) bilan tahminlab turishdan iborat.
Tokarlik yarim avtomatlari va avtomatlari bir shpindelli va ko’p shpindelli
stanoklariga, shpindellarinipg joylashuviga ko’ra esa gorizontal hamda vertikal
stano’klarga bo’linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |