Matematika fanini o’qitishda olimlarining fan rivojiga qo’shgan hissalarining ahamiyati mundarija



Download 0,5 Mb.
bet20/21
Sana30.08.2021
Hajmi0,5 Mb.
#160015
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Matematika kurs ishi

(1879-1954)

V.I.Romanovskiy Toshkent matematika maktabining asoschisi, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (1943), Davlat mukofoti laureati (1948).

V.I.Romanovskiy Respublikamizda qozirgi matematika vujudga kelishida fidokorona meqnat qilgan. O’z ilmiy maktabini yaratgan. V.I.Romonovskiy Olmota shaqrida tug’ilgan. 1900 yilda Toshkentdagi real bilim yurtini, 1906 yilda esa Peterburg universitetini tugatdi. 1908 yilda Toshkentga qaytib, real bilim yurtida matematika va fizika o’`qituvchi bo’`lib ishladi, 19111915 yilda V.I.Ramonovskiy Varshava universitetida, 1915 yildan RostovDon universitetida professor lavozimida xizmat qiladi. 1918 yildan umrining oxirigacha V.I.Romonovskiyning ilmiy pedagogik va jamoatchilik faoliyati Toshkent Davlat universiti bilan chambarchas bog’liq. U fizika –matematika fakulteti professori, dekani, umumiy matematika, eqtimolliklar nazariyasi va matematik statistika kafedralarida mudir bo’ldi.

Ma’lumki, tabiatdagi ko’`p xodisalar tasodifiy xarakterga ega. Ular orasidagi bog’lanish esa juda murakkab bo’lishi mumkin. g`odisalar orasidagi bog’lanish konkret, ma’lum bir sxema bo’`yicha bo’`lgan xollar yaxshi o’`rganilgan. Eqtimollar nazariyasida V.I.Ramonovskiyning Markov zanjirlari va uni turli yo’`nalishda umumlashtirishga eqtimolliklar nazariyasining markaziy limit teoremasini ko’`p o’`lchovli xolga o’`tkazishga oid tadqi qotlari muqim axamiyatga ega. Romanovskiy chekli xolatli bir jinsli Markov zanjirini mukammal tadqiq qildi. Uni o’`rganishning matritsa usulini yaratdi. Matematik statistikada V.I.Romanovskiy o’`zining tanlanma nazariyasiga doir ishlari bilan mashqurdir.



Buyuk ajdodlarimizdan biri, mutafakkir olim Muhammad al-Xorazmiyni yodga olar ekanmiz, beixtiyor zamonamizdagi mashhur so‘zlar “algoritm”, “algebra” atamalari bu buyuk ajdodimizga bevosita bog‘liqligi bilan faxrlanamiz. Zamonaviy algebraning asoschilaridan biri sifatida ko‘z-ko‘z qilamiz.Shu o‘rinda fanning aynan shu yo‘nalishida mamlakatimiz matematiklari dunyo matematiklarining oldi safida ekanligini ko‘pchilik ham bilavermaydi. Bunday ilg‘orlikka sababchi bo‘lgan matematik hanuz qizg‘in izlanishda. Katta ehtimol bilan bu sohaning rivojiga hali yanada ulkan hissa qo‘shadigan akademik Shavkat Abdullayevich Ayupov haqida yozishni boshlarkanman, o‘quvchilarda zabardast olim haqida munosib tasavvur qoldira olarmikanman degan ikkilanishim ham yo‘q emas.Avvalo, akademik Shavkat Abdullayevichning hayoti va ijodiy faoliyatining asosiy sanalarini berishdan boshlamoqchiman. Zero bu sanalarda ko‘p zahmatlar yashirin.

  • Ayupov Shavkat Abdullayevich 1952 yil 14 sentyabrda Toshkent shahrida tug‘ildi.

  • 1959 - 1966 yy. – Toshkent shahrining 40 – o‘rta maktabida o‘qidi.

  • 1966 - 1969 yy. – Toshkent shahrining 192 – o‘rta maktabini oltin medal bilan tamomladi.

  • 1969 - 1974 yy. – Toshkent davlat universitetining (ToshDU, hozirgi kunda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti) mexanika-matematika fakulteti talabasi.

  • 1974 - 1977 yy. – ToshDU funksional analiz kafedrasi aspiranti.

  • 1977 y. – Fizika-matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qildi;

  • – O‘zbekiston fanlar akademiyasining yosh olimlar mukofoti laureati;

  • – ToshDUning Germaniya Demokratik Respublikasidagi xalqaro studentlar otryadi boshlig‘i.

  • 1977 - 1979 yy. – ToshDU funksional analiz kafedrasi assistenti, katta o‘qituvchisi.

  • 1979 - 1985 yy. – O‘zR FA V.I. Romanovskiy nomidagi matematika instituti (2007 - 2011 yillarda matematika va informatsion texnologiyalar instituti, 2012-2017 yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti qoshidagi matematika instituti, hozirgi kunda O‘zR FA V.I.Romanovskiy nomidagi matematika instituti) katta ilmiy xodimi.

  • 1980 yildan. – Amerika matematika jamiyati a’zosi.

  • 1983 y. – Fizika-matematika fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qildi;

  • – Fan sohasida O‘zbekiston yosh olimlar mukofoti laureati.

  • 1983 - 1996 yy. – ToshDU funksional analiz kafedrasi professori, kafedra mudiri.

  • 1984 - 1987 yy. – O‘zbekiston yosh olimlar Jamiyati raisi.

  • 1985 y. – Yoshlar va talabalarning XII Umumjahon festivalida O‘zbekiston vakili.

  • 1986 - 1992 yy. – O‘zR FA V.I. Romanovskiy nomidagi matematika instituti direktori muovini.

  • 1986 y. – Fan va texnika sohasida butunittifoq yosh olimlar mukofoti laureati.

  • 1987 y. – Professor unvoni berildi.

  • 1987 yildan. – O‘zRFA V.I. Romanovskiy nomidagi matematika instituti algebra va analiz bo‘limi mudiri.

  • 1989 y. – O‘zbekiston respublikasi fanlar Akademiyasi muxbir-a’zosi etib saylandi.

  • 1992 - 1997 yy. – O‘zR FA V.I. Romanovskiy nomidagi matematika instituti direktori.

  • 1992 - 1994 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi matematika bo‘yicha ekspert kengashi raisi.

  • 1994 - 2000 yy. – O‘zbekiston respublikasi fanlar Akademiyasi Prezidiumi a’zosi.

  • 1994 - 1996 g.g. – O‘zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining fan va ta’lim bo‘limi mudiri.

  • 1995 y. – O‘zbekiston respublikasi fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zosi (akademik) etib saylandi.

  • 1996 - 1997 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni bosh konsultanti.

  • 1996 y. – «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi.

  • 1997 - 2003 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Oliy Attestatsiya Komissiyasi (OAK) raisi.

  • 2000 - 2010 yy. – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti algebra va funksional analiz kafedrasi mudiri.

  • 2001 yildan – «Fizika, Matematika va informatika» jurnali Bosh muharriri.

  • 2003 - 2004 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirining muovini.

  • 2003 y. – «Mexnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlandi;

  • – Rivojlanayotgan Dunyo fanlar Akademiyasining (TWAS) haqiqiy a’zosi etib saylandi.

  • 2004 - 2007 yy. – O‘zR FA V.I. Romanovskiy nomidagi matematika instituti direktori.

  • 2004 yildan – «O‘zbek matematika jurnali» Bosh muharriri.

  • 2005 – 2017 yy. – Fizika-matematika fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar himoya qilishga ixtisoslashgan kengash raisi.

  • 2007 - 2012 yy. – O‘zR FA matematika va informatsion texnologiyalari instituti direktori (O‘zR FA matematika instituti va informatika institutlari bazasida tashkil qilindi).

  • 2008 y. – Mongoliya fanlar Akademii a’zosi etib saylandi.

  • – Abdus Salom nomidagi Xalqaro Nazariy Fizika Markazi (ICTP) a’zosi etib saylandi (Triyest, Italiya).

  • – Turk dunyosi Matematika jamiyatining “TWMS Journal of Pure and Applied Mathematics» ilmiy jurnalining xalqaro ilmiy kengashi a’zosi etib saylandi

  • 2010 y. – «International Journal of Management Science and Engineering Management» (World Academic Press, UK) xalqaro ilmiy jurnalning Bosh muharriri o‘rinbosari etib tayinlandi.

  • 2011 y. – Turk dunyosi Matematika jamiyatining ilmiy jamg‘armasi boshqarmasi a’zosi etib saylandi; «O‘zbekiston Respublikasi Fan Arbobi» faxriy unvoni berildi.

  • 2011 yildan – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti algebra va funksional analiz kafedrasi professori.

  • 2012-2017 yy. – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi matematika instituti (O‘zR FA matematika va informatsion texnologiyalar institutining matematika bloki asosida tashkil etilgan) direktori.

  • 2017 yildan – O‘zR FA V.I. Romanovskiy nomidagi matematika instituti direktori.

  • 2017 y. - O‘zbekiston Respublikasi fan va texnika sohasida Birinchi darajali Davlat Mukofoti Laureati.

E’tibor berdingizmi, Shavkat Ayupov 70-yillardanoq fan nomzodi, yosh olim sifatida Germaniyaga borgan, Amerika matematika jamiyatiga a’zo bo‘lgan. Nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan yillari fan sohasida yosh olimlar mukofotini olgan. Bu olingan ilmiy natijalarning ahamiyati dunyo miqyosida ekanligidan dalolatdir.

Xulosa

Insoniyat va uning tasarrufidagi ilm-fan qadimgi Misr va Bobil yodgorliklaridan boshlab, murakkab Atom elektrostansiyalari, kosmik parvozlar va lazer nurlarigacha bo‘lgan mashaqqatli va sharafli yo‘ni bosib o‘tdi. Odatda ilm-fanning zamonlar osha avlodlardan avlodlar o‘tib, taraqqiy etib, boyib va mukammallashib borishi haqida gapiriladi. Bu - to‘g‘ri mulohaza. Evklid va Arximedsiz - Nyuton, Nyutonsiz - Eynshteyn va Nils Borlarning ilmiy ishlari umuman bo‘masligi ham mumkin edi. Lekin, umuman olganda hamma zamonlarda ham, ilm fan taraqqiyoti jarayoning eng zarbdor yetaklovchi kuchi bu o‘z sohasining asl bilimdoni bo‘gan tafakkur sohiblari - olimlar hisoblanadi. Noyob aql zakovat egalarining ilmiy mulohazalari, amaliy tajribalari va eng muhimi, o‘zlaridan qoldirgan qimmatli ilmiy meroslar - kitob va ilmiy ishlari, butun bashariyatning eng qimmatbaho boyligidir. Zero yer yuzini obod qilgan ham, odamzot hayotini farovon va obod qilgan ham bu ilm fan va olimlardir. "Olim" va "Ilm" so‘zlari bir-biriga o‘zakdosh va egizakdir.

Yurtimizda ham matematika faniga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2020 yil mamlakatimizda Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb e'lon qilinib, bu boradagi ustuvor maqsadlar belgilandi. Yurtimizda avvaldan shakllangan ilmiy maktablar salohiyatini hisobga olib, hozirgi bosqichdagi milliy manfaatlarimiz va taraqqiyotimiz yo'nalishlaridan kelib chiqqan holda, bu yil matematika, kimyo, biologiya, geologiya fan va sohalarini rivojlantirish tanlab olindi.

Davlatimiz rahbari O'zbekistonning matematika fani bo'yicha salohiyati dunyo miqyosida tan olinganini, funksional tahlil va differensial tenglamalar, ehtimollar nazariyasi va algebra yo'nalishlari bo'yicha nufuzli maktablarimiz shakllanib faoliyat yuritayotganini, yetti nafar matematik olim Butunjahon fanlar akademiyasi a'zosi ekanini alohida ta'kidladi.

So’zimiz yakunida matematika fani barcha fanlar uchun asos sanaladi. Jamiyatning barcha sohalarida keng miqyosida qo’llaniladi.



Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish