Matematika fanini o’qitishda olimlarining fan rivojiga qo’shgan hissalarining ahamiyati mundarija



Download 0,5 Mb.
bet14/21
Sana30.08.2021
Hajmi0,5 Mb.
#160015
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
Bog'liq
Matematika kurs ishi

Samarqand ilmiy markazi

Ulug’bek rasadxonasi 14201429 yillari Samarqand yaqinidagi Obi Rahmat tepaligida qurildi. Bino uch qavatli to’garak shaklida bo’lib, diametri 4640 metr, balandligi 30 metrcha edi. Bu haqda Zaxiriddin Muxammad Bobur ham guvoxlik beradi.Rasadxona haqida tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy quyidagicha yozadi: Samarqandning shimoliy tomonida sal sharqqa og’ishgan joy tanlandi, mashxur munajjimlar bu ishni boshlab yuborish uchun yulduz ko’rsatgan xayrli kunni aniqlab berdilar. Bino qudrat asosi ulug’vorlik negizidek pishiq qurildi. Poydevor va ustunlar tog’ asosidek shunday mustaqkam qilindiki,ular to mashqar kunigacha na joyidan jilar va na qular edi.Baland qurilgan bu muxtasham imorat xonalarining ichiga solingan rasm va beqiyos suratlarda to’`qqiz falakning daraja, daqiqa, soniya va soniyaning o’`ndan bir ulushlari ko’`rsatilgan etti qavat osmon gardishi, etti sayera va turg’un yulduzlar tasvirlangan edi. Shundan keyin quyosh va sayyoralarning qarakatini kuzatish ko’`rganlarni yozish va qayd qilishni boshlab yuborishga farmon berildi. Rasadxonaning asosiy quroliburchak o’`lchaydigan juda katta asbob (vertikal doira)dan iborat bo’`lib, uning radiusi 40, 212metr, yoyining uzunligi 63 metrga teng edi. Bu V.L.Vyatkinni inshoot qoldig’i “katta kvadratning bir qismidan boshqa narsa emas, uning yarmi ufq satxidan past bo’`lib,ikkinchi yarmi esa ufqdan yuQoriga chiqib turar edi” degan fikrga olib keldi.

Akademik Qori Niyoziy va astronom Qiyos Jalolovlarning fikricha bu asbob kvadrant emas, balki sekstantdir. U janubdan shimolga qaratib, meridian chizig’i bo’`yicha anchagina aniq o’`rnatilgan. Ularning fikrini V. N. Kastelskiy va V. P. Shcheglovlarning tekshirishlari qam tasdiqlaydi.

Asbobning qozirgi kungacha saqlanib qolgan qismi tepalik ostidagi qoya toshga o’`yib ishlangan torgina chuqur ariqchaga tushirilgan ekan. Ariqchaga pishiq g’isht terib, ikkita parallel yoy ishlangan va ganch eritmasi quyib tsementlangan. Yoyning ustiga 1020 santimetrli qalin marmar tosh taxtachalari qoplangan. Qarbiy yoyga tegishli belgilar arab qarflari bilan qavariq qilib yozilgan. Marmar toshli yoylarga daqiqa va soniya bo’`linmalari qayod qilingan mis tasma ishlangan. Bu mis tasma yoritgichning meridian o’`tgan vaqtini aniq o’`lchash uchun zarur bo’`lgan.

Samarqand astranomlarining maqorati asosiy asbobning juda katta bo’`lishi va tuzilishining mukammaligini ta’minladi. Bu esa quyosh, oy va yoritgichlarni kata aniqlikda kuzatish imkonini berdi.

Rasadxona xodimlari, jumladan Ulug’bekning o’`zi qam, madrasada dars berishar edi. Madrasada diniy qur’oni karim, qadis va tafsirdan tashqari, tabiiy fanlar – riyoziyot, qandasa, ilmi qay’at, ya’ni astranomiya, tibbiyot, ya’ni meditsina, surat al – ard, ya’ni geografiya kabilar o’`qitilar edi.

Ulug’bek akademiyasida mashqur olimlar qozi Zoda Rumiy (1435 yilning fevralida vafot etgan), Qiyosiddin Jamshid alKoshiy (tug’ilgan va vafot etgan vaqtlari aniqlanmagan) va Ali qushchi (1475 yili Istambulda vafot etgan) lar xizmat qilishgan. Keyinchalik bu akademiyada Xasan Chalabiy ibn Muso ibn Maxmud Zoda Rumiy (Saloqiddin Muso Zoda Rumiy), Mu’iddin al – Koshiy, Mansur ibn Mu’iniddin al – Koshiy va boshqa olimlar ishlashgan. Olib borilgan astronomik kuzatishlar asosida «Ulg’bek ziji» vujudga kelgan. Akademiya xodimlari tomonidan bir qancha matematik risolalar bitilgan.

Ulug’bek madrasasining eng yirik olimlaridan biri G’iyosiddin Jamshid al Koshiy

(XV asrning birinchi yarmi). Al –Koishiyning eng yirik asarlaridan biri “Arifmetika kaliti” (1427y, Miftox alhisob) alohida ahamiyatga ega. Bu asar kirish qism va besh kitobdan iborat. Kirish qismida hisob fanining ta’rifi, son va uning turlari tushuntiriladi. Birinchi kitobda butun sonlar arifmetikasi – 6 bob, ikkinchi kitobda kasr sonlar arifmetikasi – 12 bob, uchinchi kitobda astronomiyadagi hisoblashlar – 6 bob, to’rtinchi kitobda geometric miqdorlarni o’lchash – 9 bob, oxiri beshinchi kitobda algebra yordami bilan noma’lumni topish – 4 bobda bayon etiladi. Bu asar o’zining siqiqligi, izchiligi va tushunarli bayon etilishi bilan o’rta asrda yozilgan matematikaga doir asarlar orasida alohida ajralib turadi. Tarixchi olimlar A.P.Yushkevich va B.A.Rozenfeldlar tomonidan arab tilidan ruschaga tarjima qilib, bu asarga shunday baho beradilar: “Koshiyning “Arifmetika kaliti” hisoblash ishlarini olib boruvchilar, quruvchilar, yer o’lchovchilar, moliya mansabdorlari, huquqshunoslar va boshqalarning talablariga moslashgan, o’z davrining elementlar matematika entsiklopediyasidan iboratdir”.
Koshiyning ikkinchi asari «Aylana qaqida risola» (Risola filmuxitiya) uning

«Arifmetika kaliti» dan oldin yozilgan, chunki Koshiy bu asarning «Arifmetika kaliti» da boshqa asarlar bilan bir qatorda tilga oladi.

Risoladan maqsad sonini, ya’ni aylana G’iyosiddin al-Koshiy uzunligini uning diametriga nisbatini Koshiygacha ma’lum bo’`lgan aniqlikdan qam kattaroq aniqlikda qisoblashdan iborat.

Koshiyning xizmatlarini namoyish etish maqsadida soni uchun ungacha topilgan

qiymatlarni keltiramiz:

Misrda =(16/9)2=256/81=3,1604;

Bobilda =3,125;

Arximedda =22/7=3,142857;

Apolloniyda =3,1416;

Ptolomeyda =3,14167;

Ariabxatti (V asr) =3,1416;

Braxmaguptada (VII asr) =3;

Xitoyda (e.o.III asr) =3;

Lyu Xuey (III asr) =3,14;

Al – Xorazmiyda =22/7=3,1428, yoki = 10 .


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish