Hozirgi zamon o’`zbek matematiklari hayoti va
ijodidan namunalar
Qori Niyoziy Toshmuqammad Niyozovich
Qori Niyoziy Toshmuqammad Niyozovich (02.09.1897-17.03.1970) o’`zbek pedagogi, O’zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi (1943), O’zbekiston Fanlar akademiyasi birinchi prezidenti (19431947) O’zbekistonda xizmat ko’`rsatgan fan arbobi (1939), Davlat mukofoti laureati (1952).Qori Niyoziy Peterburgdagi “Krug samoobrazovaniya” nashriyoti tabiatshunoslik bo’`limini (19111915) sirtdan muvaffaqiyatli bitirib, boshda Farg’ona shaxar xazinasida blanka to’`ldiruvchi va sudda tarjimon bo’`lib ishladi. So’`ngra (1917) respublikada birinchi o’`zbek maktabini tashkil qildi. O’zbek tilida darslik etishmasligidan rus pedagoglari maslaxati bilan yangi maxalliy maktablar uchun “Tabiatdan bir parcha”(1919) darslik, qo’`llanma va metodik maqolalar yoza boshladi.Qori Niyoziy SAMDU fizika – matematika fakultetida (19261929) o’`qiyotganida o’`zbek tilida birinchi bo’`lib matematikadan shu universitetda dars bera boshladi. Xar bir darsga puxta tayyorlanib ilmiy, metodik maqolalar, qo’`llanmalar yoza boshladi. Texnikum va oliy o’`quv yurtlari uchun “Tekislik analitikasi” (1928), “Trigonomatriya va uning kosmografiyaga tatbiqi” (1929), “Sistemali qisob” qo’`llanmasi (1932; 4 nashri), “Simstemali trigonametriya kursi” (1973) kabi darslik va qo’`llanmalar yozdi. Ko’`pgina asarlari qaytaqayta nashr etilib, mazmun va sifati yaxshilanib bordi.Bunga analitik geometriyadan qo’`llanma va darsliklar (1928, 1967), “Differentsial va integral qisob” (1939) kabi kitoblar misol bo’`la oladi.Qori Niyoziy o’`z ustida tinmay ishlab bilim darajasini kengaytirdi. O’zi o’`qigan universitetda o’`qituvchi (19261931), professor (1931) va rektor (1931-1933) bo’`lib ishladi. O’rta Osiyo Paxtachilik irrigatsiya politexnika instituti, Toshkent davlat ppedagogika instituti, SAo’U va boshqa Oliy
o’`quv yurtlarida (1934-1936) – oliy matematika kafedralarini boshqardi va lektsiyalar o’`qidi. O’zbekiston maorif xalq komissari (1937-1943) O’zbe
kiston fanlar akademiyasi prezidium a’zosi (1946-1960), fan tarixi jaqon Akademiyasining muxbir a’zosi (1968-1970) bo’ldi.
Qori Niyoziy matematika – pedagogika adabiyot va publitsistika, falsafa va axloqqa oid ommabop kitoblar va maqolalar yozdi. O’zbek madaniyati uzoq tarixiy taraqqiyotga egaligini va xozirgi davrda gullabyashnayotganini o’`z asarlarida etarli tasvirlay oladi.qadimgi qo’`lyozmalar va bir qancha arxeologik qazilmalarni tadqiq etish natijasida yaratgan “Ulug’bek va uning ilmiy merosi” (1950), “Bosib o’`tilgan yo’`l qaqida muloqazalar”(1967, 1970), “O’zbekiston xalqlari tarixi” kabi asarlarida o’`zbek xalqi o’`tmishida yaratgan boy madaniy merosini oddiy, ravon va tushunarli tilda yozdi. “Xayot maktabi” (1964,1966) kitobida O’zbekistonda fan va madaniyat qurilishida aktiv ishtirok etgan olimlar, jamoat arboblari va shaxsan o’`z meqnat faoliyatiga doir ma’lumotlardan esdalik sifatida foydalandi.
Qori Niyoziy 1917 yilda Farg’onada birinchi boshlang’ich maktabini ochdi va unda dars berdi. 1920 yil qo’`qonda pedagogika texnikumi ochdi va 1925 yilgacha unga direktorlik qildi. U 1925 yil O’rta Osiyo davlat dorilfunining fizika matematika fakultetiga o’`qishga kirdi va uni 1929 yili tugatdi . Dorilfununda o’`qib yurganida quyi kurs studentlariga dars xam berdi. Qori – Niyoziy yangi tipdagi maktablar uchun o’`zbek tilida darsliklar, o’`quv qo’`llanmalar va metodik ko’rsatmalar: “Tabiatdan bir parcha” (Farg’ona, 1919), “Ochiq qavoda amaliy mashg’ulot” (Samarqand, 1927), “To’g’ri chiziqli trigonometriya” (Toshkent, 1929) va “Trigonometriyaning sistematik kursi” (Toshkent, 1930) va shu kabi boshqa asarlar yozdi.
Qori Niyoziy birinchi bo’`lib “Ruscha o’zbekcha matematika terminlari lug’ati”ni tuzdi va o’`zbek tilida oliy matematikaning boshlang’ich bo’`limlari – analitik geometriya, differentsial va integral qisob, differentsial tenglamalar darsliklarini yaratdi. Uning 1928 yili arab alifbosida “Analitik geometriya asoslari”, 1931 yili “Tekislikda geometriya”, 1932 yili “Fazoda analitik geometriya” va “Matematik analiz asosiy kursi” nashr etildi.
Qori Niyoziy ajoyib pedagog edi. Uning shogirdlaridan bir gruppasi farg’onalik “13 qaldirg’och” nomi bilan mashxur. Ulardan yirik mutaxassislar etishib chiqqan. Bulardan O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi T.Z.Zoqidov, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika institutining professori R.K.Otajonov va boshqlar.
Qori Niyoziy ijodida matematika, astronomiya, fan, madaniyat va maorif tarixi katta o’rin tutadi. 1950 yili Moskvada rus tilida uning “Ulug’bekning astronomiya maktabi” nomli monografiyasi bosilib chiqdi. Unda Ulug’bek astronomiya makta
bining vujudga kelishi tarixi, bu maktab va Ulug’bekning rasadxonasida olib borilgan kuzatishlar, rasadxonaning asosiy quroli – sekstantning tuzilishi, ishlash printsiplarini batafsil bayon qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |