Tuzuvchi: Nazarov Z.A.
“Matematika” fakulteti 2-kurs “Matematika” yo’nalishi (kunduzgi) talabalari uchun “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika” fanidan yakuniy nazorat ishi.
Bilet № 17.
To’la ehtimollik va Bayes formulalari.
Korrelyatsiya koeffitsienti va uning xossalari.
5 ta erkak va 5 ta ayol kishilarni doiraviy stol atrofiga, bir xil jinsli kishilar yonma – yon o’tirmaydigan qilib nechta usul bilan joylashtirish mumkin?
Ikkita idish bo‘lib, birinchi idishda 3 ta oq va 4 ta qora shar, ikkinchi idishda 2 ta oq va 3 ta qora shar bor. Birinchi idishdan tavakkaliga 2 ta shar olinib, ikkinchi idishga solinib, keyin ikkinchi idishdan tavakkaliga bitta shar olinadi. Olingan shar oq bo‘lib chiqsa, birinchi idishdan olingan 2 ta sharning qanday tarkibli bo‘lishi ehtimolliroq?
Beshta qurilma ketma-ket ishonchlilikka tekshirilmoqda. Avvalgi qurilma ishonchli chiqsagina keyingi buyum sinovdan o’tkaziladi. Agar qurilmaning ishonchli bo’lish ehtimoli 0,9 ga teng bo’lsa, tekshirilgan buyumlar sonidan iborat X tasodifiy miqdorning taqsimot qonunini, M(X), D(X), S(X) sonli xarakteristikalarni toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |