O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’lIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI ТОSHKENT DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
TA’LIMDA INNOVATSION ТЕХNОLОGIYALAR
M.Xushvaqtov
«MATEMATIK FIZIKA TENGLAMALARI»
FANIDAN
TA’LIM TEXNOLOGIYASI
Bakalavriat yo’nalishi: 5140200- Fizika va astronomiya.
ТOSHKENT– 2011
-bbbт0112ghhh
1. Kirish
Ushbu “Matematik fizika tenglamalari” kursi fizik maydonlarning matematik modeli bo‘lgan maydon nazariyasi elementlarini va turli jarayonlarning matematik modeli bo‘lib xizmat qiladigan matematik fizika tenglamalarini, ularning tatbiqlarini hamda bu fan tarixi va rivojlanish tendensiyasi masalalarini o’rganadi.
Fanning maqsad va vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarda fizika va astronomiya o‘qituvchilariga umumiy fizika, nazariy fizika, nazariy mexanika va boshqa fanlarni mukammal o‘zlashtirish va ularning masalalarini yechish uchun yetarli matematik bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdir.
Fanning vazifasi - maydon nazariyasi va matematik fizika tenglamalaridan bilim berishdan, uning fizik jarayonlarni o‘rganishdagi muhim matematik apparat ekanligini uqtirish; mantiqiy mulohaza va ilmiy-adabiy nutqni rivojlantirishdan iborat.
2. Fanni o‘zlashtirishga qo‘yiladigan talablar
«Matematik fizika tenglamalari» o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- skalyar maydon, vektor maydon, yo‘nalish bo‘yicha hosila, maydon gradienti, divergensiyasi va rotorini, ularning fizik mazmunlarini; matematik fizikaning asosiy tenglamalari (tor tebranish tenglamasi, issiqlik tarqalish tenglamasi, Laplas tenglamasi) uchun boshlang‘ich va chegaraviy shartlarni, aralash masalalarni qo‘yishni bilishi, yechimning fizik mazmunini, qo‘yilgan masalaning korrektligini bilishi kerak.
-talaba maydon gradienti, divergensiyasi va rotorini dekart, silindrik, sferik koordinatalarda hisoblash, tor tebranish tenglamasi, issiqlik tarqalish tenglamasi, Laplas tenglamasi uchun boshlang‘ich va chegaraviy shartlar, aralash masalalarni qo‘yish, yechimning fizik mazmuni tavsiflash, qo‘yilgan masalaning korrektligini aniqlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak.
-talaba o‘rganilayotgan fizik jarayonni tavsiflovchi matematik modelni tahlil qilish, tenglamalar uchun sodda boshlang‘ich va chegaraviy shartlarda yechish malakalariga ega bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |