Amir Temur,“Tuzuklar”da o‘z faoliyatida qo‘yidagi 12 ijtimoiy-siyosiy guruxga tayangan
1. Xazrat Payg‘abarimiz Muhammad Sallolloxu Alayhissalomning aziz va mukarram avlodi bo‘lmish sayidlar, ulamo va shayxlar;
2. Xayotning achchiq-chuchugini totgan bilimdon kishilar;
3. Duoguy taqvodorlar;
4. Amirlar, sarxanglar, sipoxsolollar, ya’ni lashkar va qo‘shin boshliqlari;
5. Sipox bilan raiyat, ya’ni qora xalq;
6. Saltanat ishlari, uning siru-asrorini bilgan, kengashsa bo‘ladigan dono va ishonchli kishilar;
7. Vazirlar, sarkitob va devon bitiqlari;
8. Xakimlar, tabiblar, munajjimlar va muxandislar;
9. Xadis olimlari va roviylar, ya’ni rivoyat aytuvchilar (tarix shunoslar).
10. So‘fiy va oriflar;
11. Xunar va san’at axli, ya’ni kosiblar va san’atkorlar;
12. Xar turli mamlakatlardan kelgan sayyox va tijorat axli. Ular bilan so‘zlashib, mamlakatlaridagi ijtimoiy-siyosiy axvoldan voqif bo‘lib turish mumkin bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |