Mas’ul muharrirlar: Olimjon Tojiyev



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/240
Sana20.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#502566
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   240
Bog'liq
Тилшуносликдаги муаммо ва ечимлар 2022 3

MULOQOT MADANIYATI 
 
Haydarova Omadxon 
Andijon davlat universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi magistri 
 
Annotatsiya
: Maqolada inson o‘z nutqini vaziyatlar va odamlar holatini 
hisobga olgan holda tuzishi kerak haqida fikr yuritiladi. So‘zlarda aks etgan 
psixologik, ijtimoiy xususiyatlar tahlil etiladi.
Tayanch so‘z va iboralar
: nutq, leksema, sema, ruhiyat, me’yor, ritorika, 
kommunikatsiya, etos, logos, uslubiyat, baho, muloqot, tafakkur, idrok.
Nutq madaniyati – muayyan bir xalq madaniyatining ushbu xalq tilidagi aksi 
va ifodasidir. Ushbu tushuncha borasida turli xil qarash va izohlar mavjud bo‘lsa-da, 
eng avvalo, nutq madaniyati grammatik jihatdan to‘g‘ri gap tuzish, xatosiz so‘zlash, 
tushunarli va ravon fikr yuritish deb talqin etiladi. Nutq madaniyati
 
bu – har bir 
insonning til sohasida, nutq so‘zlash borasida egallagan bilimlari va yutuqlari 
majmuasi bo‘lib, ular so‘zlovchining bilimdonligi, tarbiyasi, ma’naviy yetuklik 
darajasini ko‘rsatuvchi omildir. U millatning umumiy madaniyatini ko‘tarish, 
kishilarda ma’lum til boyligidan, uning imkoniyatlaridan to‘g‘ri va unumli 
foydalanish ko‘nikmalarini tarbiyalashga xizmat qiluvchi vosita hamdir.
Ritorikada 
etos, pafos, logos 
kabi terminlar mavjud bo‘lib, ular ritorikaning 
asoslari hisoblanadi. Bulardan e
tos 
– so‘zlovchi nutq so‘zlayotgandagi sharoitni 
anglatadi. Ya’ni bunda nutqiy vaziyat, joy, nutq uchun ajratilgan vaqt oralig‘i 
nazarda tutiladi. 
Pafos
deyilganda, so‘zlovchining muloqot jarayonidagi maqsadi 
tushuniladi. Har qanday suhbat, muloqot o‘z maqsadiga ega bo‘ladi. 
Logos 
esa
 
– 
so‘zlovchi o‘z nutqida qo‘llaydigan so‘zlar, ibora va gaplarni ifodalaydi
1
.
Demak, etos – bu nutqiy vaziyat, pafos – nutq maqsadi va ma’nosi, logos – 
leksik birliklarning ifodasi. Ushbu terminlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq 
bo‘lib, har biri ikkinchisini to‘ldirib turadi. Agar shu uch tushuncha muloqot 
jarayonida bir-biriga mutanosiblikda o‘z ifodasini topsa, so‘zlovchi va tinglovchi 
orasida o‘zaro muloqot muvaffaqiyatli darajada amalga oshadi. Yu. Rojdestvenskiy 
yuqorida qayd etilgan terminlarni yanada aniqroq tushuntirish maqsadida o‘z ishida 
misollar keltirib o‘tadi. Masalan, g‘aroyib jonzotlar mamlakatiga tushib qolgan 
Gulliver mamlakat egalarining tillarini bilmaganligi sababli ular bilan muloqot qila 
olmaydi, o‘z fikrlarini ularga yetkazib bera olmaydi. Bu vaziyatda 
logos
ning 
qanchalik muhim ekanligi muallif tomonidan qayd etiladi. Ertak qahramonlaridan 
1
Головин Б.Н. Основы культуры речи. – М.: Высшая школа, 1980.
 
– С. 126. 


Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

nalishlar: muammo va yechimlar
96 
biri bo‘lgan Tentakvoy motam marosimida mutlaq vaziyatga to‘g‘ri kelmaydigan 
nutq so‘zlagani uchun jazolanganligi holatini yuqorida nomi tilga olingan olim 
etos
ga misol tariqasida keltirib o‘tadi. Misoldan vaziyatga ko‘ra nutq noo‘rin 
so‘zlangani anglashadi. Uchinchi terminga esa, izoh tariqasida Yu. Rojdestvenskiy 
Frantsisk Asizkiyning qushlarga va’z o‘qish holatini keltirib o‘tadi. Frantsiskning 
va’z mavzusi qiyin bo‘lmasa-da, qushlar uning va’zini eshitishga moyillik 
bildirmaydilar. Natijada, nutq maqsadini amalga oshirishga hojat ham qolmaydi. Bu 
esa avtor tomonidan pafosga yorqin misol tariqasida keltiriladi
1
.
Yuqoridagi misollardan ma’lum bo‘ladiki, “etos”, “pafos” va “logos” 
tushunchalari orasida uzviylik, muvozanat saqlangandagina muloqot samarali 
bo‘ladi.
Nutq madaniyati bilan ruhshunoslikning munosabati, nutqning o‘rinli - 
o‘rinsiz ekanligini belgilashda namoyon bo‘ladi. So‘zlovchi har - xil vaziyatlarda, 
har - xil odamlar o‘rtasida bo‘ladi. Demak, u o‘z nutqini ana shu vaziyatlar va 
odamlar holatini hisobga olgan holda tuzishi kerak. Bundan tashqari tinglovchilar 
kayfiyati degan narsa ham bor. So‘z tinglovchilarning zerikib turganligi sezilib tursa-
yu, nutq qanchalik to‘g‘ri bo‘lmasin, notiq o‘sha zerikkanlikni his qilmasa va nutqni 
cho‘zib yuborsa, uning ta’sir kuchi yo‘qoladi.
Nutqni ta’sirchan qilishda tilning tasviriy vositalaridan hisoblangan 
metonimiya, metafora kabilardai foydalaniladi. Nutq madaniyati bilan ruhshunoslik 
munosabatida ko‘proq notiqning u yoki bu fikrini bayon qilishda odamlar kayfiyatini 
hisobga olishi birinchi o‘rinda turadi. Har bir kishining, umuman tinglovchining 
kayfiyatiga qarab nutq so‘zlashi taqozo etiladi. Tinglovchilar bilan samimiy 
muomala hamma vaqt notiqning asosiy vazifasi bo‘lishi lozim. Tinglovchilarning 
yuz va ko‘z ifodalarini ko‘rmay, sezmay turib, eng zo‘r zarur gapni aytib yuborishni 
o‘ylab ko‘rish kerak. Ana shunday zarur gaplar hammaning diqqati tortilgan paytda 
aytilishi zarur.
Hamma vaqt ham tinglovchilar oldida uyalib qolmaslik, noo‘rin so‘zlarni, 
gaplarni ishlatib yubormaslik uchun notiq odamlar ruhiyatini chuqur ko‘zda tutishi 
lozim, ularni qiziqtiradigan narsalarni topishga harakat qilishi, boshqa mavzu, 
boshqa hodisalarga o‘tib ketmasligi kerak. Har bir notiq uning nutqi qanday 
tuzilganda tilning qanday tasviriy vositalarini qaysi holatlarda, nutqning qaysi 
qismida ishlatganda tinglovchilar kayfiyatiga ta’sir qilinishi, ular kayfiyatini 
o‘zgartirishini yaxshi bilishi lozim. Ana shundagina ko‘zlangan maqsadga erishish 
mumkin.
Nutq madaniyati nafosat (estetika), badiiy adabiyot, adabiyotshunoslik, 
adabiy tanqidchilik kabi fanlar bilan uzviy aloqadadir. Chunki yaxshi nutq 
1
Рождественский Ю.В. Введение в общую филологию. – М.: Добросовесть, 1979. – С. 69-70. 


Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

nalishlar: muammo va yechimlar
97 
tinglovchiga estetik zavq berishi kerak, uni hayajonlantirishi lozim. Badiiy nutq esa 
ta’sirchan nutq bo‘ladi, shu orqali kishilar ongiga ta’sir etadi. Unday nutq egasi 
badiiy tasvir vositalaridan juda keng foydalanadi.
Azaldan og‘zaki va yozma nutq madaniyati adabiy til asosida shakllanib 
kelgan. To‘g‘ri va xatosiz so‘zlash hamda yozish adabiy tilni mukammal bilish 
natijasida yuzaga keladi. Tilning turli me’yorlar asosida tartibga solinishi esa, 
tabiiyki, adabiy tilning shakllanishiga asos bo‘ladi. Badiiy nutqning adabiy til 
me’yorlariga munosabati ham boshqacha. Unda ba’zi adabiy me’yorlardan 
chekinish ham uchrashi mumkin. Biroq bunda ma’lum bir maqsad ko‘zda tutilgan 
bo‘ladi. Fikrni ona tilida mustaqil, ravon, go‘zal va lo‘nda ifoda etmoq uchun 
odamda nutqiy madaniyat yetarli darajada bo‘lmog‘i lozim. Zero, nutq madaniyati 
tildan bemalol va maqsadga o‘ta muvofiq tarzda foydalana olishni ta’minlaydigan 
ko‘nikma, malaka va bilimlarning jami demakdir.
Nutqning madaniyligini ta’min etadigan to‘g‘rilik, aniqlik, mantiqiylik, 
ifodalilik, boylik, soflik kabi bir qancha sifatlar mavjud. Ana shu kommunikativ 
sifatlarning barchasini o‘zida mujassamlashtirgan nutq madaniy nutq hisoblanadi.


Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

nalishlar: muammo va yechimlar
98 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish