Kalit so‘zlar:
maqol, ekvivalent, ma’nodosh, obraz, tematik tasnif.
Ko‘p asrlar mobaynida xalqning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy
hayotda to‘plagan tajribalari, kuzatishlari asosida yuzaga kelgan ixcham, chuqur
mazmunga ega bo‘lgan og‘zaki ijod janrlaridan biri maqoldir. Teran mazmunga ega
bunday badiiyat qatralari xalqimizning ko‘p asrlik hayotiy tajribalari va maishiy
turmush tarzi, ma’naviy-ma'rifiy, axloqiy-estetik va falsafiy qarashlarining bamisoli
bir oynasidir
1
. Bildirilayotgan fikrni yanada jozibali, anniq maqsadli, qisqa shu bilan
birga ta’sirchan bo‘lishida bu badiiy oynaning o‘rni beqiyosdir. O‘zbek tilida maqol
atamasi etimologiyasi bo‘yicha “gapirmoq, aytmoq, hikoya qilmoq” ma’nosini
anglatuvchi arab tilidagi لوق “qavl” so‘zidan kelib chiqqan
2
. Maqollar alohida ijod
qilinmaydi, balki ma`lum bir vaziyat taqozosi tufayli sinalgan hayotiy tajribadan
tug‘iladigan xulosaning axloqiy bahosi sifatidagi hukm bo‘lib yuzaga kеladi.
Dunyoda o‘z maqollariga ega bo‘lmagan xalqning o‘zi yo‘q. Chunki, har bir
xalq hayotiy tajribalarini maqollar shaklida avlodlarga qoldiradi. Shuning uchun
ham turli xalqlar og‘zaki ijodida mazmun va shakl jihatidan bir- biriga yaqin hamda
hamohang maqollar ko‘p uchraydi. Negaki har bir xalq hayoti va tarixida juda ko‘p
o‘xshashliklar, umumiyliklar mavjud. Qator olimlar Henl P. (1958), Sepir E. (1958),
G. G Morian (1986), Kramsh C. (1993) madaniyat va tilning bo‘g‘liqligi kabi
masalalarga o‘z ishlarida to‘xtalib o‘tganlar
3
. Turli tillarda maqollar millatning
madaniyati, yashash tarzi, urf-odati va qarashlarini turlicha bayon ettiradi. Shu
tufayli ham bir tildagi maqolning aynan ekvivalentini boshqa tilda topish juda
mushkul. Shu jumladan, hindiy, o‘zbek va rus tillarida ham maqollarning o‘zaro
o‘xshash va farqli tomonlari mavjud. Bunga albatta madaniyat va etnik kelib chiqish
o‘z ta’sirini ko‘rsatgan. Bizga ma’lumki til va madaniyat bir-biri bilan chambarchas
bog‘liq, bir-biriga o‘zaro ta’sir etmay qolmaydi.
Biz tadqiqotimiz mobaynida hindiy tilida inson a’zolari ishtirok etgan 160 ta
maqollarni to‘pladik. Ulardan 42 tasini mavzu jihatdan tahlil qildik va 21 guruhga
ajratdik. Ularning o‘zbek va rus tillaridagi ekvivalent hamda mutanosiblarini
keltirdik:
Donolik va nodonlik- 8 ta, G‘urur va xushomad- 3ta, Farosat va farosatsizlik-
3ta, Ehtiyotkorlik va ehtiyotsizlik-2 ta, Ishonch va ishonchsizlik- 2ta, Samimiylik va
nosamimiylik-2 ta, Foyda va zarar- 2 ta, Mehnatsevarlik va ishyoqmaslik-1ta,
Yoshlik va qarilik- 1ta, Adolat, insof va insofsizlik-1ta, To‘g‘rilik va egrilik-1ta,
Yaxshilik va yomonlik- 1ta, Kamtarlik va manmanlik – 1ta, Mehr-oqibat va
1
Mirzayev.T, Musaqulov.A, Sarimsoqov.B. O‘zbek xalq maqollari. –T.:”Sharq”, 2005. –B.1.
2
Баранов Х.К. Арабско-русский словарь. – М.: Русский язык, 1989. – С. 665.
3
Gadoyeva M. Ingliz va o‘zbek maqollarining lingvokulturalogik tahlilida til va madaniyatning o‘rni // «Namangan
davlat universiteti ilmiy axborotnomasi» №2. –Namangan, 2022. –B.250.
Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
92
oqibatsizlik -1ta, Botirlik va qo‘rqoqlik -1ta, Umid va umidsizlik -1ta, Tozalik,
sog‘lik va bemorlik-1ta, Yaxshi so‘z va yomon so‘z- 1ta, Ma’suliyat va
mas’uliyatsizlik- 1ta, Tenglik va tengsizlik – 1ta, Ahillik va noahillik – 1tani tashkil
etdi.
Bular orasidan “Donolik va nodonlik” mavzusiga bag‘ishlangan maqollar
miqdor jihatidan birinchi o‘rinni egalladi. Masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |