Масъул муҳаррир


BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASH POYDEVORI



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet334/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASH POYDEVORI
Rajabova Muhabbat 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi 
Xorazm viloyat Bog‘ot tuman 3-son maktab 
Mavlonova Miyassar 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi 
Xorazm viloyat Bog‘ot tuman 3-son maktab 
Yoqubova Inobat 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi 
Xorazm viloyat Bog‘ot tuman 3-son maktab 
+998937539766 mavlonova.m@gmail.com
Annotatsiya. Ushbu maqola barkamol avlodni tarbiyalash,jamiyatimizda bugungi kunda 
ta’lim-tarbiyaga berilayotgan imkoniyatlar,boshlang‘ich ta’limning mazmun-mohiyati,zamonaviy 
pedagogning hozirgi kundagi o‘rni va ahamiyati,o‘zbek xalqining dunyoqarashi va intilishlari 
aks ettirilgan.
Kalit so‘zlar:zamonaviy,ta’lim,pedagog,o‘qituvchi,barkamol,boshlang‘ich,fan.
Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo‘lgan ta’lim 
tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi.Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot 
yo‘lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish 
yangi sifat bosqichiga ko‘tarish,unga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish 
hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.,,Ta’lim to‘g‘risida”gi 
Qonun va ,,Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta’lim tizimi 
orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi. Mamlakatimizda ta’lim tizimida amalga 
oshirilayotgan keng ko‘lamli islohatlar tufayli navqiron avlodning zamonaviy bilim olishi uchun 
beqiyos imkoniyatlar yaratilgan.Yurtimiz o‘g‘il-qizlarini barkamol insonlar etib tarbiyalashga 
xizmat qilayotgan bunday ezgu sa’y-harakatlar doirasida o‘quvchilarni chuqurlashtirilgan tartibda 
va innovatsion texnologiyalar asosida bilim olishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.Birinchi 
Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan Milliy dasturni ro‘yobga chiqarish bosqichida ,,o‘quv-
tarbiyaviy jarayonni ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash”muhim vazifalardan biri 
sifatida belgilanadi.Hech shubhasiz,har qanday millat o‘z farzandlarining barkamol bo‘lishini 
orzu qiladi.Aslida barkamollik juda keng tushuncha.Tilimizning izohli lug‘atida barkamollik 
quyidagicha ta’riflanadi: ,,jismoniy va aqliy jihatdan kamolat, voyaga yetish,bekamu- ko‘st 
mukammallik holati va hokazo”-deb ta’kidlangan. Bugungi kunda mamlakatimiz ijtimoiy 
iqtisodiy hayotining barcha sohalarini tom ma’noda isloh qilish va demokratlashtirish ,ta’lim 
tizimini tubdan yangilash, jamiyatimizning strategik maqsadlarini amalga oshirish masalasiga 
muhim omillardan biri sifatida qaratilmoqda.Shu ma’noda yosh o‘qituvchilar va iqtidorli 
talabalarning mustaqil tadqiqot olib borishini tashkil etish nafaqat ta’lim sohasi uchun,balki 
hozirgi jadal ijtimoiy o‘zgarishlar va yangilashlar davrida jamiyat uchun ham muhim ahamiyatga 
ega. O‘qituvchilik sharafi haqida aytilgan ta’riflarning chegarasi yo‘q.Ustozlar esga olinganda 
yuzlarda minnatdorchilik ifodasi balqiydi,so‘zlarda tashakkur,ko‘zlarda sevinch to‘lib-toshadi.
Ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bo‘lishning sharafi o‘zgacha.Maktab ostonasiga 
ilk qadam qo‘ygan murg‘ak go‘dakka qalam tutqazib oq qog‘ozga yozishni o‘rgatish,balki 
kimgadir oson tuyular-u lekin har kimning qo‘lidan kelavermaydi.Bu vazifaning o‘ziga yarasha 
mashaqqati bor. Bugungi kunda zamonaviy pedagoglar tomonidan intensive usullar-interaktiv 
metod va didaktik o‘yinlar dars jarayoniga tadbiq qilinmoqda.Shu bilan birga boshlang‘ich 
sinf davridayoq o‘quvchilarga chet tillarini o‘rgatib borish ham keng yo‘lga qo‘yildi.,,Ta’lim 
to‘g‘risida’’gi qonun hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko‘zlangan vazifalarni ado etish 
uchun ta’lim jarayonini ilmiy asoslangan g‘oyalar,ya’ni ma’lum bir konsepsiya asosida tashkil 
qilishi boshlang‘ich ta’limning sifat va samardorligini oshiradi va kutilgan natijalarni beradi. 
Boshlang‘ich ta’limning asosiy vazifalari:
-har bir o‘quv fanidan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standartida 
belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlarini ta’minlash;
- har bir o‘quv fanidan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan o‘quv dasturida belgilangan 


476
10
bilim, ko‘nikmaa va malakalarga ega bo‘lishlariga sharoit yaratish;
- iqtidorli o‘quvchilarning intellektual potensialarini muntazam oshirib borishlariga sharoit 
yaratish ;
- ijodiy va mantiqiy tafakkur qila olish salohiyatini, aqliy rivojlanishi, dunyoqarashini, 
kommunikativ savodxonligini va o‘zini anglash salohiyatini shakllantirish; Jismonan sog‘lom 
bo‘lishiga, moddiy borliq go‘zalliklarini his eta olishiga, go‘zallik va nafosatdan olishga, milliy 
urf-odatlarni o‘zida singdirishga va ardoqlashga ularga rioya qilishga o‘rgatishdan iborat.O‘quvchi 
shaxsiga yo‘naltirilgan boshlang‘ich ta’lim uchun istiqbolli,ustuvor yo‘nalishlardan biri 
bu o‘quvchilarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash asosida rivojlanishi 
ta’minlashdan iborat.Boshlang‘ich ta’lim mazmunida bolalarning tasavvurini va ijodiy tafakkurini 
o‘stirishga qaratilgan, muyyan maqsadga yo‘naltirilgan o‘quv materiallari ajratilishi lozim.Ta’lim 
mazmunida o‘qish,yozish,hisoblash,tabiatiga oid ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish 
bilan bir qatorda o‘quvchilarini kompleks rivojlantirishga asos bo‘ladigan tarbiya elementlari ham 
o‘z ifodasini topmog‘i lozim.Boshlang‘ich ta’limning mazmunini bilish jarayonning yaxlitligi va 
maqsadga yo‘naltirilganligini ta’minlashi kerak.Boshlang‘ich ta’lim mazmunida o‘quvchilarga 
jismoniy va nafosat me’yorlarini singdirish,ularning go‘zallikka bo‘lgan munosabatini va intilishini 
shakllantiradi.Bu esa milliy ongni rivojlantirishning asosiy omilidir.
Foydalanilgan adabiyotlar 
1. O‘zbek pedagogikasi tarixi.: Oliy o‘quv yurtlar uchun qo‘llanma. A.Zunnunovning umumiy 
tahriri ostida. - T.: O‘qituvchi. 1997 y.
2. Quronov M. Maktab ma’naviyati va milliy tarbiya.- T.:Fan. 


477

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   330   331   332   333   334   335   336   337   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish