10
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARNING QIZIQISHINI SHAKLLANTIRISH
Hoshimova Manzura Turg‘unboyevna
Oltiariq tumani 13-maktab
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
e-mail:manzuraxon@mail.ru
Annotatsiya: maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining fanlarga bo‘lgan qiziqishlarini
shakllantirish, o‘quvchilarni maktab shariotiga ko‘niktirish, kichik yoshdagi o‘quvchilarbi
baholash kabi jarayonlar xususida so‘z boradi
Kalit so‘zlar: ta’lim muassasasi, boshlang‘ich sinf, kichik yoshdagi o‘quvchi
Boshlang‘ich sinf bolalarini ilk o‘qitish jarayoni o‘quv faoliyatining asosiy komponentlari
– o‘quv vaziyatlari, o‘quv harakatlari, nazorat etish va baholash bilan (V.V.Davidov bo‘yicha)
tanishtirishdan boshlanadi. Bu borada barcha predmetli harakatlar aqliy rivojlantirishga qulay
bo‘lgan sharoitda amalga oshirilishi juda muhim. Agar bola o‟quv harakatlarini noto‘g‘ri bajarsa,
bu uning o‘quv harakatlarini, yo nazorat va baholash bilan bog‘liq harakatlarni bilmasligi,
yoki ularni yaxshi egallamaganligidan bo‘lishi mumkin. Bolaning mustaqil ravishda bajarilgan
harakatlar natijalarini o‘z xatti-harakatlari xususiyatlari bilan taqqoslay olishi unda o‘z-o‘zini
nazorat etish xususiyatlarining ma’lum darajada shakllanganidan dalolat beradi. Bola shu
davrgacha bevosita kattalarning rahbarligida u yoki bu axborotni o‘zlashtirib kelgan bo‘lsa,
endi o‘z xohish-irodasi bilan zarur ma‘lumotlar to‘plashga, o‘z oldiga aniq maqsad va vazifalar
qo‘yishga harakat qiladi. Bolaning ana shu faolligi xotirasining muayyan darajada rivojlanishini
bildiradi. Oqilona tashkil qilingan ta‘lim jarayoni mazkur yoshdagi bolalarning tafakkurini jadal
rivojlantiradi. Shu yoshdagi bola boshqa davrlarga qaraganda ko‟proq narsani o‘zlashtiradi.
O‟quv vaziyatlarida bolalar ayrim turdagi masalalarni yechish yo‟llari bilan tanishadilar
va ularni egallagan zahoti aniq bir masalalarni yechishda amaliy foydalanadilar. Pedagogik
psixologiyaning asosiy talablarida boshlang‘ich sinf ta’limi dasturlaridagi ko‟pgina mavzu va
bo‘limlarni o‘rgatish bolalarni ma‘lum bir sinfga taalluqli namunalarni o‘zlashtirishga yo‘naltirish
orqali tashkil etilishi kerak deb ta’kidlanadi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarining masalalarni yechishdagi ayrim yo‘l va tushunchalarni yetarlicha egallamaganligi
bu tushuncha va yo‘llarni shakllantirishda bolalar barcha kerakli o‘quv harakatlarini bajarishga
o‘rgatilmaganligi natijasidir. O‘quv-biluv qiziqishlarini shakllantirish usul va vositalari orasida
quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
• qiziqarli vaziyatlar orqali o‘qitish;
• o‘quv materialining yangiligi;
• tarixiylik, bilimlarning ularni kashf qilgan shaxslarning hayoti bilan bog‘lab o‘qitish;
• o‘zlashtirilayotgan bilimlarning amaliy ahamiyatini ko‘rsatish;
• o‘qitishning yangi shakl va metodlarini qo‘llash;
• o‘qitish metodlarini navbatma-navbat almashtirish kabi.
O‘quvchilarda mantiqiy mushohada yuritish, intiluvchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish,
fanlarga qiziqishini tizimli tashkil etish - mustaqil, erkin fikrlovchi, keng dunyoqarashga
ega bo‘lgan shaxsni tarbiyalashdеk muammo o‘z yеchimini topishda ushbu zarur vazifaga
yеtarlicha baho bеrilmayapti. Buning natijasida ta’lim jarayonining sifatini ta’minlamay, fanlarni
o‘zlashtirishda sustlik yuzaga kelmoqda. O‘quvchilar mantiqiy fikrlarini kеtma-kеtlikda bayon
eta olishlari, muayyan masalaning mohiyatini tushunib tahlil etib bеrishlari, umumlashtirish va
xulosa chiqarishda qiynalishmoqda. Olib borilgan tahliliy natijalarda va DTSda o‘quvchilarni
fanga qiziqtirish uchun zarur bo‘lgan mantiqiy mushohada yuritish ko‘nikmalari haqidagi
mulohazalar o‘z aksini topgan. Shu bilan birga, o‘qitish mеtodlarini ilmiy mеtod sifatida rolini
inkor etmagan holda, uning rivojlanish dinamikasi haqida o‘quvchilarni tayyorlab borish va
bu jarayon kеlajak ilmiy izlanishlarga poydеvor bo‘lishini bilishlari zarur. O‘qitish mеtodlari,
o‘qitish vositalari bilan intеgratsiyalashuvida bosqichma-bosqich ta’lim sifatini ko‘taruvchi,
o‘quvchilarning fanni o‘zlashtirishga, unga qiziqishiga asos bo‘luvchi, undan iqtidorli
o‘quvchilarni yuksak marralarga yеtaklovchisi sifatida namoyon bo‘lish kеrak. Hozirgi zamon
ta’limining bosh va asosiy vazifasi o‘quvchining intellektual darajasini, yaratuvchanligini,
ijodkorligini, izlanuvchanligini takomillashtirish orqali ularni yangi bilimlarni olish, yaratishga
419
10
ruhlantirishga qaratilmog‘i kerak. M’’lumotlarga qaraganda (yoshlar psixologiyasiga ko‘ra), olti
yoshgacha bo‘lgan bolalar 40% iste’dod potensialiga ega ekanlar. Bolalar eng kichik yoshdanoq
ijodkorlik, yaratuvchanlikka juda moyil bo‘lar ekan. Agar shu davrda u bilan olib borilayotgan
ta’lim jarayoniga faqat an’anaviy asosda yondashilsa, undagi ijodkorlikka moyillik so‘nib
boradi. O‘quv-biluv ijodkorlikka yo‘naltirilsa - uning faolligi, yaratuvchanlik qobiliyati oshib
boradi. Ijodkorlik asosida ish yuritishda faqatgina ob’ektning o‘zi bilangina cheklanmay, ya’ni
subyekt (bola)ning ijodkorligi, moyilligi, ehtiyojiga qarab ish tutilsa, ijobiy natijalar beradi, ya’ni
ijodkorlikka bolalikdan o‘rgatish mumkin va zarur. Umuman, ulug‘ kashfiyot namoyondalari
fikrlash algoritmini yaxshi o‘zlashtirganlar, chuqur, atroflicha bilimga ega bo‘lganlar. Ular,
asosan, evristik metod va usullarni yaratganlar, shular asosida ijodkorlik namunalarini namoyon
qilganlar. Agar ta’lim jarayoni o‘quvchi faolligiga asoslangan muammoli, dasturlangan, loyihalar
jadallashtirilgan holda kechsa, u holda ta’lim kreativ yo‘nalishga ega bo‘lib, o‘quvchining faolligi
tufayli uni yangilik, ijodkorlik sari yetaklaydi. Ijodkorlik va madaniyatlilik o‘quv faoliyatida
doimiy tizimli kechsa, u ijodkorlik sari boradi, ta’lim sifatining oshishiga va predmetning
qiziqarli bo‘lishiga erishiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Hasanboyev J., Hasanboyeva O., To‟raqulov X.A., Haydarov M. Pedagogika fanidan izohli
lug‟at. – T., 2008.
2. Jo‘raqulov R. Dam olish daqiqalari. – Samarqand, 2010.
3. Usmonov M. Komillik o‘gitlari. – T.: Moliya, 2003-y., 22-b.
4. Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. – T.: O‘qituvchi, 1992. - 160 b.
5.Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. – T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti,
1993. – 224 b.
6. http//www.Norma.uz.
420
Do'stlaringiz bilan baham: |