Масъул муҳаррир


BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA MULTIMEDIALAR ASOSIDA DARS



Download 7,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/584
Sana22.02.2022
Hajmi7,57 Mb.
#82747
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   584
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi

10
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA MULTIMEDIALAR ASOSIDA DARS 
SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Qurbonboyeva Dilfuza Abduvaliyevna
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani
14- umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Telefon: +99894 350 1098
Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf darslari samaradorligini oshirishda 
multimedialar orni va undan foydalanish asosida darslar sifatini oshirish imkoniyatlari tahlil 
qilingan.
Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, multimedia, dars, axborot kommunikatsion texnologiyalar.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining asosiy talablaridan biri axborot texnologiyalarini ta’lim 
jarayoniga keng tatbiq etib, o‘quvchilarni mustaqil bilim olishga, erkin fikrlashga o‘rgatishdan 
iboratdir. Shu maqsadda maktablarning moddiy-texnika bazasi mustahkamlandi, maktablar kom-
pyuter va boshqa texnika vositalari bilan ta’minlandi. Bularning barchasi ta’lim samaradorligini 
oshirishga qaratilgandir. 
Hozirgi vaqtda pedagog kadrlarni axborot-kommunikatsion texnologiyalar bo‘yicha 
malakalarini oshirish ishlari keng yo‘lga qo‘yilgan. Har bir pedagog o‘z kasbiy faoliyatida 
kompyuter imkoniyatlaridan erkin va faol foydalanishni, dars jarayonida tatbiq qilishini nazarda 
tutadi. 
Tovushlar va multimedialar bilan ishlash multimedia vositalari deb ataladigan maxsus texnik 
va uskunaviy asboblar yordamida amalga oshiriladi, “Multimedia” atamasi “ko‘p tarmoqli 
muhit”, “multimuhit” ma’nolarini anglatadi. Multimedia deganda, turli shakldagi ma’lumotlarni 
qayta ishlovchi vositalar majmuasi tushuniladi. Elektron qo‘llanma eng birinchi navbatda bu – 
yangi o‘quv ma’lumotlarni namoyish etish, an’anaviy ta’lim usulida chop etilgan qo‘llanmalarni 
mazmunan to‘ldiruvchi, ko‘rgazmali vositalarga animatsiya beruvchi, mavzuni audiovizual 
(ko‘rish va eshitish) to‘ldiruvchi, egallangan bilim va ko‘nikmalarni tekshirib ko‘rishga imkon 
beruvchi kompyuter-informatsion dasturiy vosita bo‘lib, unda multimedia imkoniyatlaridan 
keng foydalaniladi. Deyarli har bir ta’lim muassasasi kutubxonalarida multimedia printsiplariga 
asoslangan elektron ma’lumotnomalar, entsiklopediyalar, tarjimonlar va lug‘atlar mavjud. 
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari elektron entsiklopediyalardan ochiq darslar davomida samarali 
foydalanishlari kerak.
Dars jarayonida quyidagi turdagi axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishga 
e’tibor beriladi:
– yangi mavzuni bayon etish yoki mustahkamlash uchun slaydlar;
– ayrim mavzularni bayon qilish uchun har biri 5–10 minutli bo‘lgan multimedialar;
– deyarli barcha mavzularni bayon qilish uchun har biri 5–10 minutli bo‘lgan multimedialar;
– turli mashqlarni, amaliy topshiriqlarni bajarishga mo‘ljallangan o‘yinli multimedialar.
Bulardan tashqari, o‘quvchilar mustaqil shug‘ullanishlari uchun elektron darsliklar yaratish 
ko‘zda tutiladi. Elektron darslikda ayrim muhim mavzular yoki deyarli barcha mavzular bayoni, 
undagi mashqlar, topshiriqlar, testlar multimedia orqali beriladi. Unda turli mashqlar, topshiriqlar 
va testlar o‘yinli multimedialardan iborat bo‘ladi.
Elektron darsliklar o‘quvchilarni bilim olishga qiziqtiradi, o‘zlari ustida mustaqil ishlashga 
o‘rgatadi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli va foydali o‘tkazishga yordam beradi. 
Boshlang‘ich ta’lim jarayonida multimediadan foydalanish o‘qituvchiga: 
– darsni zamonaviy tarzda modellashtirish;
– bilimlarini chuqurlashtirish uchun qo‘shimcha ma’lumot va axborotlarga ega bo‘lish;
– nazariy va mustaqil ishlashni tayyorlash imkonini beradi.
Boshlang‘ich ta’lim jarayonida multimediadan foydalanish o‘quvchilarga:
– fanga qiziqish uyg‘otish, o‘z bilimlarini nazorat qilish va mustahkamlash;
– entsiklopedik ko‘rinishdagi axborotlarni tezkor olish;
– mavzuni o‘rganishda o‘zi uchun qulay bo‘lgan tezlik va o‘zlashtirish darajasini tanlash;
– zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarga jalb qilish, uni egallash va unga doimiy 
ishlashga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish imkoniyatlarni beradi.


194
10
Multimediaga asoslangan dars ishlanmalarini markazlashtirilgan holda tayyorlash axborot-
kommunikatsion texnologiyalarni biladigan, ya’ni multimediani tayyorlay oladigan mutaxassislari 
bilan shu o‘quv fanining mutaxassislari birgalikda amalga oshirilishi kerak. Buning uchun 
fan mutaxassisi axborot-kommunikatsion texnologiyalardan, multimediani tayyorlash 
texnologiyasidan yetarli daraja xabardor bo‘lishi kerak. Bunda fan mutaxassisi tegishli dars uchun 
multimediaga asoslangan dars ishlanmasining ssenariysini tuzib berishi, multimediani tayyorlash 
jarayonida bevosita ishtirok etishi kerak. 
Multimediaga ovoz berish uchun ham maxsus mutaxassislar jalb qilinishi, ovoz ravon va 
tushunarli tarzda berilishi, o‘quvchilarning diqqatini jalb qila oladigan darajada bo‘lishi zarur.
O‘quv topshiriqlarini multimediali vositalar yordamida o‘quvchilarga taqdim etish bir 
qadar qulayliklar tug‘diradi. Chunki multimediali vositalar o‘quvchilarning mustaqil faoliyat 
ko‘rsatishlarini ta’minlashga xizmat qiladi. Har bir o‘quvchini o‘qituvchi hamda sinfdoshlari bilan 
muloqotga kirishish, hamkorlik qilishga undaydi. Bunday vaziyatlarda multimediali vositalar 
alohida didaktik funksiyani bajaradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Кenjaboev O. Zamonaviy axborot texnologiyalari. T. 1999
2. Maraximov A.R., Raxmonqulova S.I., Internet va undan foydalanish asoslari. T. 2001


195

Download 7,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   584




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish