10
QIZ BOLA TARBIYASIDA TIL ODOBINING O‘RNI HAQIDA
Qobulova Muyassar Omonboy qizi
ToshDO‘TAU talabasi
+998995324801 muyassar_qobulova@mail.ru
Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri qiz bolaning
muomala madaniyati va uning ona sifatidagi mas’uliyati haqida o ‘rinli mulohazalar yuritilgan.
Kalit so‘zlar: iffatlilik, muomala madaniyati, qiz bola tarbiyasi, tarbiyaviy muhit.
Kunday ravshanki, bu sinovlarga to‘la dunyo insonga bir marta beriladi. Alloh taolo bandalarini
ikki xil jinsga ajratib yaratgan ekan, bunda ayol zotining o‘ziga xosliklari bilan birga majburiyat
va mas’uliyatlari ham anchagina. Lekin eng quvonarlisi shundaki, ayol kishi qismatiga qanchalik
ko‘p sinov-u mashaqqat qo‘yilgan bo‘lsa ham, ulardan a’lo darajada o‘tganlarga oliy - ilohiy
mukofot ham shunchalik bisyordir. Axir xalqimiz “Har kim ekkanini o‘radi” kabi ajoyib maqolni
shunchaki ijod qilmagan. Bu maqol zamirida insonning har bir qadamini o‘ylab bosishga
undovchi olam-olam ma’no bor. Biroq shu o‘rinda eng dolzarb muammo va achchiq haqiqat
mavjud. Ya’ni agar ayol zoti xato qilsa, uning xatosi faqat o‘ziga emas, butun bir jamiyatga
xavf solishi, yomonlik keltirishi mumkin. Chunki ayol kishi - ona! Ona esa jamiyat bugunini
tarbiyalayotgan va ertasini dunyoga keltiruvchi shaxsdir.
Demak, har qanday qiz bola borki, bo‘lg‘usi ona sifatida ham jismonan, ham ma’nan sog‘lom,
yetuk bo‘lishi lozim. Bunda qiz bolaga eng zarur fazilatlardan biri sifatida iffatlilikni aytish
jozidir. Nega aynan iffatlilik? “Iffat”
1
aslida arabcha so‘z bo‘lib, uning lug‘aviy ma’nosi
“tiyilish” demakdir. Ko‘rinib turibdiki, iffatli deganimizda ayol zotiga mumkin bo‘lmagan har
qanday fe’l-u atvordan tiyilgan qiz bola nazarda tutiladi.
Bugungi kunda jamiyatning asosiy muammolaridan biri hisoblangan ajralish holatlarining
ko‘p kuzatilishida ayollardagi iffatlilik tushunchasining yo‘qolib borayotganligini ham asosiy
boislardan biri sifatida ko‘rsatish mumkin. Bunday salbiy holatlarning sababchilari ko‘pchilik
hollarda ayollardir. Eng “faol” va “rusum”dagi sabab bu tilning achchiqligi, nomuloyimlik ekani
hammamizga ayon. Bu holat atrofimizda ko‘plab sodir bo‘layotgani ko‘ngilni xira qiladi.
Mana shu kabi hayotiy manzaralardan jamiyatimizni xalos etish uchun qiz bolalarda muomala
madaniyatini tarbiyalash masalasiga jiddiy e’tibor qaratish lozim deb o‘ylaymiz. “Qush uyasida
ko‘rganini qiladi” degan maqolning ma’nosini hayot takror-takror tasdiqlagan va tasdiqlayapti. Ta’lim
muassasalarida muomala madaniyatiga doir bilimlar berilsa-yu, ammo oilada buning aksi bo‘lsa,
jamiyatning bu boradagi harakatlari zoye ketadi. Shu sababli bunday tarbiyani oila bilan hamkorlikda
amalga oshirish kerak. Buning uchun, bizningcha, o‘qituvchi juda kuchli psixolog bo‘lishi kerak. Bu
vazifani, asosan, sinf rahbari bajarishi maqsadga muvofiq. Chunki har bir o‘quvchining oilaviy ahvolini,
oiladagi tarbiyaviy muhitni hech bir fan o‘qituvchisi sinf rahbarichalik yaxshi bilmaydi. Bu ishni
tizimli ravishda amalga oshirish uchun sinf rahbarining qiz bolalar tarbiyasi yoki ularni oilaviy hayotga
tayyorlash bo‘yicha alohida ish rejasini, avvalo, bu masalaga bag‘ishlangan maxsus adabiyotlarni
taqdim etish kerak. Bunday adabiyotlarni yaratish uchun manba sifatida hadislarga, umuman, diniy
adabiyotlarga ham murojaat qilinsa, mukammal zamonaviy - tarbiyaviy asar yaratilgan bo‘ladi.
Masalan, “Qur’oni karimda “Niso” (Ayollar) nomi bilan alohida sura nozil qilingan bo‘lib,
unda meros va ayollarga muomala qilish hukmlari bayon etilgani dinimizda ularning ehtirom
qilinganini ko‘rsatib beradi.”
2
Darhaqiqat, mana shu tarzda qiz bolaga naqadar ulug‘ sha’n va
martaba egasi ekanligini anglatish va bunga har jihatdan munosib bo‘lishi kerakligini uqtirish
albatta o‘zining yaxshi samarasini beradi.
Xullas, jamiyatimizdagi barcha xotin-qizlar ma’naviyati va ma’rifati o‘sib borar ekan, ana
shundagina hadisi sharifdagi “Jannat onalar oyog‘i ostidadir!” sharafiga munosiblik o‘z tasdig‘ini
topib boraveradi.
Foydalanilgan adabiyotlar :
1. Ўзбек тилининг изоҳли луғати (5 жилдли : 80 000 дан ортиқ сўз ва сўз бирикмаси).
Ўзбекистон миллий энциклопедияси. Т. 2006-2008. Б – 245
2. Muslim.uz O‘zbekiston musulmonlar idorasi rasmiy veb portali. (http://muslim.uz/index.
php/rus/rukn/ayollar-sahifasi/item/2440-ajollar-islom-nigo-ida)
1
Ўзбек тилининг изоҳли луғати (5 жилдли : 80 000 дан ортиқ сўз ва сўз бирикмаси). Ўзбекистон миллий
энциклопедияси. Т. 2006-2008. Б – 245
2
Manba: http://muslim.uz/index.php/rus/rukn/ayollar-sahifasi/item/2440-ajollar-islom-nigo-ida
191
Do'stlaringiz bilan baham: |