189
10
INTERFAOL USULLAR VA TA’LIMIY O‘YINLARNING TA’LIM
SAMARADORLIGIDAGI AHAMIYATI
Qarshiyeva Bahor To‘rayevna
Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani
70-maktab fransuz tili o‘qituvchisi
Tel: 91-960 -14-32
Email: iashaxnoza@mail.ru
Annotatsiya. Mazkur maqolada zamonaviy ta’limda Interfaol usullar va ta’limiy o‘yinlarning
ta’lim samaradorligidagi ahamiyati haqida fikrlar keltirildi.
Kalit so‘zlar: Ta’lim, fan-texnika, Interfaol usullar, tanqidiy fikrlash, axborot-kommunikatsiya.
Bugungi kunda yosh avlodga har tomonlama yuqori saviyada ta’lim va tarbiya berish uzluksiz
ta’lim oldidagi eng dolzarb ijtimoiy vazifadir. Bu vazifaning a’lo darajada amalga oshirilishiga
erishish ta’lim oluvchiga ham, ta’lim beruvchiga ham, ta’lim vositasiga ham yangi-yangi
talablarni qo‘ymoqda. Fan-texnika keskin rivojlanayotgan, axborot-kommunikatsiya vositalari
shiddat bilan taraqqiy etayotgan, hayot sur’atlari beqiyos tezlashgan ayni paytda ta’lim oluvchi
soat sayin yangilanib borayotgan bilimlarni nafaqat tezlik bilan o‘zlashtirishi, balki ular ichidan
eng mukammalini ajratib ola bilishi zarur. Bu esa ta’lim beruvchidan o‘ta izlanuvchan, yangilikni
tez o‘zlashtirib olayotgan, aniq xulosalargagina ishonadigan o‘quvchining talablariga to‘la javob
bera oladigan darajada mukammal bo‘lishini taqozo etmoqda.
Zamonaviy sharoitda ta’lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yo‘li darslarni interfaol
usullar, ta’limiy o‘yinlar yordamida tashkil etishdir. Interfaol ta’lim turlari ta’lim jarayonining
asosiy ishtirokchilari-o‘qituvchi, o‘quvchi va ularning guruhi o‘rtasida yuzaga keladigan
hamkorlik, qizg‘in bahs-munozaralar, o‘zaro fikr almashish imkoniyatiga egalik asosida tashkil
etiladi, ularda erkin fikrlash, shaxsiy qarashlarini ikkilanmay bayon etish, muammoli vaziyatlarda
yechimlarni birgalikda izlash, o‘zaro bir-birlarini hurmat qilishlari, samimiy munosabatda
bo‘lishlari, ruhiy birlikka erishishlari shakllantiradi.
O‘qituvchi ta’lim jarayonida interfaol ta’lim turlari va ta’limiy o‘yinlar yordamida
o‘quvchilarning qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik, o‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘z-o‘zini
boshqarish, samarali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash, ularning fikrlarini tinglash va
tushunish, mustaqil, ijodiy, tanqidiy fikrlash, muqobil takliflarni ilgari surish, fikr-mulohazalarni
erkin bayon qilish, o‘z nuqtai nazarlarini himoya qilish, muammoning yechimini topishga
intilib, murakkab vaziyatlardan chiqa olish kabi sifatlarni shakllantirishga muvaffaq bo‘ladi.
Eng muhimi, interfaol ta’lim turlarini qo‘llash orqali o‘qituvchi o‘quvchining aniq ta’limiy
maqsadga erishish yo‘lida o‘zaro hamkorlikka asoslangan harakatlarini tashkil etish, yo‘naltirish,
boshqarish, nazorat va tahlil qilish hamda xolis baholash imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
Xulosa qilib aytganda, Interfaol ta’lim turlari va ta’limiy o‘yinlar o‘quvchilarda bilimlarni
o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otadi, ta’lim jarayonining har bir ishtirokchisini
rag‘batlantiradi, har bir o‘quvchining ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, o‘quv materialining
samarali o‘zlashtirilishi uchun qulay sharoit yaratadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Sh. Mirziyoev.Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.
– T.: O‘zbekiston, 2016. -56 b.
2. M. Ochilov “Yangi pedogogik texnologiyalar “ Qarshi: Nasaf, 2000-yil.
3. J.G. Yuldashev, S. A. Usmanov Pedogogik texnologiya asoslari. Toshkent, O‘qituvchi ,
2004-yil.
190
Do'stlaringiz bilan baham: |