“Kim ko’p maqol biladi” o’yini . - Tomonlar galma-galdan maqollarni aytishadi. Qaysi guruh yoki tomon tutilmasdan , aniq , muntazam javob berib borsa , o’sha tomon yoki guruh yutadi. Maqollarning ifodali o’qilishiga alohida e’tibor beriladi. Navbatdagi maqollarni topishda taraddudlanib qolgan , ikkilangan yoki topolmay qolgan (jarima ballini olgan ) tomon yengilgan hisoblanadi .Bir tomon aytgan maqolni boshqa tomonning takroran aytishiga yo’l qo’yilmaydi.
“Maqollarni sharxlaymiz “ o’yini. - Bunda o’quvchilar guruhlarga bo’linishadi .Bir guruh tegishli maqollarni aytadi .Boshqalar uni sharxlab, izohlab berishga harakat qilishadi. Bunda nisbatan aniqroq, kengroq tushinarliroq hamda ta’sirchanroq tarzda sharxlab berishga alohida e’tibor qaratiladi . Bu usulda maqollarning mazmuni , uning qanday hayotiy vaziyatlarda qo’llanishini idrok etish uchun real sharoit yaratiladi .
Do'stlaringiz bilan baham: |