“Maqollar zanjiri “ o’yini - Bu o’yin baytbaraklar asosida yuzaga kelgan .Undagi asosiy talab bir guruh (tomon ) aytgan maqol qaysi harf , tovush bilan tugasa , keyingi tomon ayni manashu harf , tovush bilan boshlanadigan maqolni aytishi kerak bo’ladi : Aytar so’zni ayt , Aytmas so’zdan qayt –Til –aql bezagi .
- It egasini hurmas .-Sabirning tagi sariq oltin …..
“Marraga kim oldin keladi “ o’yini - Uning mohiyati shundan iborat : Markazdan ikki tomonga bir xil o’lchamdagi lenta tortiladi . Lentalarning uchlari tayoqqa o’raladi . Asosiy vazifa mana shu lenta markazga borguncha o’rab borishdan iborat . Faqat o’sha jarayonida muntazam ravishda maqollardan namunalar aytib boriladi . Maqollar aytilmagan holda lentani o’rashga ruxsat berilmaydi.Agar bu qoida buzilsa jarima bali belgilanadi . Lentaning oxirigacha maqollar silsilasini uzmasdan yetkazgan o’quvchi g’olib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |