4 – LABORATORIYa MASHG’ULOTI
UCH KULACHOKLI PATRONGA ZAGOTOVKANI MAHKAMLASH XATOLIKLARINI
ANIQLASH LABORATORIYa ISHI
1. Ishning maqsadi
Uch kulachokli patronga zagotovkani mahkamlashdagi o’q bo’yicha va radial xatoliklarining o’rtacha qiymatini aniqlash.
2. Kerakli jihoz va uskunalar
Tokarlik dastgohi.
Uch kulachokli patron.
Detalning namunasi.
Indikatorni o’rnatish namunasi.
Soat tipidagi 0,01 mm aniqlikdagi indikator.
3. Ishni bajarish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar va ko’rsatmalar
Talab qilingan ishlov berish aniqligiga erishish uchun zagotovka kesuvchi asbobga nisbatan aniq bir xolatni egallashi kerak va ushbu xolatda ishonchli mahkamlanishi zarur bo’ladi, biroq zagotovkani bazalashda va uni mahkamlashda xatoliklar paydo bo’ladi. Xatoliklarning xosil bo’lishi sabablarini va ularning qiymatini aniqlash ishlov berishda hamda ularni kamaytirishda muhim ahamiyatga ega. Masalan, zagotovkani uch kulachokli patronga mahkamlashda o’q bo’yicha xatoliklarning xosil bo’lishiga elastik deformatsiyalanishi sabab bo’ladi. Spiralli disk buralganda patron kulachogi markazga tomon harakatlanadi va ma’lum bir kuch bilan zagotovkani mahkamlashga harakat qiladi. Bunda zagotovka tomonidan kulachokka reaktsiya kuchi ta’sir qiladi, shunday qilib, zagotovkani patron kulachokiga mahkamlashda kulachokni patron planshaybasining perpendikulyar tekisligiga buralishga harakat qiluvchi moment ma’sir qiladi. Bu buralishga yo’naltiruvchi kulachoklar qarshilik ko’rsatadi, biroq moment kuchi yetarli darajada katta bo’lganligi sababli ma’lum darajada patron planshaybasining devori bilan birga yo’naltiruchini deformatsiyalaydi. Zagotovkani siqish kuchi o’zgaruvchan bo’lganligi sababli mahkamlash xatoligi tasodifiy xarakterga ega bo’ladi.
Mahkamlash xatoligini turli xil usullar bilan tadqiq qilish mumkin. Ulardan eng sodda va ko’rgazmaliligi zagotovkani siljish grafigini ko’rish usulidir. Bu usulning mohiyati quyidagicha:
Detal uch kulachokli patronda 40-50 marta mahkamlanadi har bir mahkamlashda zagotovkaning og’ishi avval o’q yo’nalishi bo’yicha (1-rasm), keyin radial yo’nalishda (2-rasm) o’lchanadi.
O’lchashlar natijasida olingan qiymatlar 1-jadvalga kiritiladi va tajriba natijalarini hisoblash jarayonida 2-jadvalni to’ldirib boriladi.
1-jadval
Uch kulachokli patronga zagotovkani mahkamlashdagi o’lchangan o’q bo’yicha va radial xatoliklarining tajriba natijalari
O’q bo’yicha xatoliklar
|
Radial xatoliklar
|
o’lchangan
|
og’ishi
|
o’lchangan
|
og’ishi
|
|
|
|
|
2-jadval
Uch kulachokli patronga zagotovkani mahkamlashdagi o’q bo’yicha va radial siljishlarning grafiklarini ko’rish uchun tajriba
natijalarini hisoblash
Indikatorning ko’rsatgan, mm
|
Indikator ko’rsatganining chastotasi
|
Umumiy o’lchanganlar sonining takrorlanishlar chastotasiga foiziy nisbati, %
|
O’q bo’yicha xatoliklar
|
Radial xatoliklar
|
O’q bo’yicha xatoliklar
|
Radial xatoliklar
|
O’q bo’yicha xatoliklar
|
Radial xatoliklar
|
|
|
|
|
|
|
Tajriba natijalarini hisoblash va jadvalga kiritish o’q bo’yicha ham, radial siljish bo’yicha ham quyidagicha:
Birinchi ustunga eng katta manfiy qiymatdan boshlab eng katta musbat qiymatgacha bo’lgan barcha siljish qiymatlarni o’sib boruvchi tartibda yoziladi.
1-jadval bo’yicha har bir og’ishlarning takrorlanishlari chastotasi hisoblanadi. Olingan natijalar 2-jadvalning «Indikator ko’rsatganining chastotasi» ustuniga kiritiladi.
O’lchashlarning umumiy soni har bir og’ishlarning takrorlanish chastotasiga nisbatini foizda hisoblanadi va 2-jadvalning tegishli ustuniga kiritiladi.
O’q bo’yicha va radial siljishlar grafigini 2-jadval asosida quriladi, bunda X o’qiga o’q bo’yicha va radial xatoliklar qiymati, U o’qiga esa ularning chastotalari qo’yiladi.
Grafikdagi tajriba nuqtalari to’g’ri kesmalar yordamida birlashtirib chiqiladi.
Xosil qilingan egri chiziq uch kulachokli patronga zagotovkani mahkamlash o’q bo’yicha va radial yo’nalishidagi kuchlanishning notekisligidan xosil bo’ladigan tasodifiy xatoliklarni xarakterlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |