U=(Dt-Dtt) /2 , mm (1.2)
bu yerda Dt - to’g’ri surishda ishlov berilgan sirt diametri;
Dtt - to’g’ri va teskari surishda ishlov berilgan sirt diametri.
1. Ishni bajarish usuli
Detalь zagotovkasi (3-rasm) tokarlik dastgohida uch kulachokli patron yordamida mahkamlanadi.
Ishlov berish rejimi o’rnatiladi:
n - aylanishlar soni, ayl/min;
S - bo’ylama surish qiymati, mm/min;
t - kesish chuqurligi, mm.
Asbobni to’g’ri surishda detalning ikkala pog’onasiga ishlov beriladi. Kesish chuqurligini o’zgartirmagan xolda keskichning ko’ndalang surishi teskari surishga almashtiriladi. Asbobni teskari surishda detalning ikkinchi pog’onasiga ishlov beriladi. Beshta zagotovkani asbobni teskari va to’g’ri surishda ishlov berilgan pog’onalarining diametrlari o’lchanadi va o’rtacha arifmetik qiymatlari jadvalga kiritiladi. Beshta detalning o’lchangan o’rtacha arifmetik o’lchamlarini Dt (to’g’ri surish orqali ishlov berilgan pog’onaning diametri) va Dtt (to’g’ri va teskari surish orqali ishlov berilgan pog’onaning diametri) hamda tizimning ustivorlik deformatsiyasining qiymati (1.2) formula bo’yicha aniqlanadi.
Kesishdagi radial tashkil qiluvchi kuch aniqlanadi:
RU=SR• txr• Sur • Vnp • Kmr ;
bu yerda: SR - koeffitsent; SR = tezkesar po’latdan tayyorlangan keskichlar yordamida konstruktsion po’latlarga ishlov berishda;
SR = 243 qattiq qotishmali keskichlar yordamida konstruktsion po’latlarga ishlov berishda;
t-kesish chuqurligi;
S-surish qiymati;
V-kesish tezligi.
Kesish tezligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
nr=0 va mr=0,8 konstruktsion po’latlarga ishov berishdagi daraja ko’rsatkichlari.
xr=0,9
ur=0,75 va 0,6
Kmr- ishlov beriladigan material va keskich geometriyasini ta’sirini xisobga oluvchi koeffitsent.
45 markali (Gv= 55 kG/mm2) po’latga oldi burchagi =120…..150 cho’qqisining radiusi r = 1 mm bo’lgan tezkesar po’latdan tayyorlangan keskichlar yordamida ishlov berishda Kmr= 0,86.
45 markali po’latga = 100 burchakli qattiq qotishmadan tayyorlangan keskichda ishlov berishda Kmr= 0,65.
Texnologik tizimning bikirligi (1.1) formula bo’yicha aniqlanadi.
Tajriba ishini bajarish tartibi
Zagotovkani dastgohga o’rnatiladi va mahkamlanadi.
Ishlov berish rejimi o’rnatilsin (aylanishlar soni qiymati - n; surish qiymati - S va kesish chuqurligi – t o’qituvchi ko’rsatmasi bo’yicha).
Zagotovkaga asbobni to’g’ri surish orqali ishlov berilsin.
Kesish chuqurligini o’zgartirmasdan zagotovkaning ikkinchi pog’onasiga asbobni teskari surish orqali ishlov berilsin.
Beshta zagotovkaga 3,4,5 - bandlar bo’yicha ishlov berilsin.
To’g’ri va teskari surish orqali ishlov berilgan detallar o’lchamlari o’lchansin. O’lchov natijalari 1-jadvalga kiritilsin, texnologik tizimning yig’indi siljishi U hisoblansin.
Kesish rejimining elementlari 2- jadvalga kiritilsin va kesish kuchining radial tashkil qiluvchisi Ru hisoblansin.
Texnologik tizimning bikirligi j hisoblansin.
Jadval-1
O’lchov natijalari
Diametri
|
Detal zagotovkasi
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
Dt
Dtt
|
|
|
|
|
|
Jadval-2
Kesish rejimining elementlari
Kesish
elementlari
|
n,
ayl/min
|
V,
m/min
|
t,
mm
|
S,
mm/ayl
|
Son qiymatlari
|
|
|
|
|
Parametrlar
|
Sr
|
Xr
|
Ur
|
nr
|
Kmr
|
Son qiymatlar
|
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |