"Mashinasozlik texnologiyasi asoslari" asoskasbiy o’quv fanidan ma’ruzalar matni


Abraziv asboblar yordamida ishlov berish



Download 1,38 Mb.
bet46/76
Sana28.06.2022
Hajmi1,38 Mb.
#714285
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   76
Bog'liq
2 5264963648094214253

8. Abraziv asboblar yordamida ishlov berish

Abraziv asboblar yordamida turli usullar bilan tanavorlarga ishlov berish mumkin. Jilvirlashni yakunlovchi ishlov berish usuli sifatida ishlatiladi. Shilib jilvirlashni, bir marta ishlov berish sifatida baza qilib ishlatiluvchi yassi tekisliklarni talab etilgan tekisliligini ta’minlash uchun qo’llaniladi. Bu usul ko’pincha o’lchamlarni qat’iy ushlash shart bo’lmagan hollarda ishlatiladi.
Shilib jilvirlashda doira shaklidagi zarradorligi 80-125, kamroq 50-80 markali jilvir toshlari ishlatilib, yuza tozaligi Rz=20 mkm va Ra=2,5 mkm oralig’ida bo’ladi.
Shuni aytib o’tish kerakki, jilvirlash amallarini bajarishda ishlanuvchi yuzalar sifati asosan qo’llaniluvchi abraziv asboblarning zarradorlik markalariga bog’liqdir. Zarradorligi katta markali bo’lsa yuza g’adir-budirligi yuqori va mayda bo’lib borishi bilan g’adir-budirlik kamayib sifat oshib boradi.
Yassi tekisliklarni keskich asboblar bilan ishlov berishdan keyin dastlabki jilvirlash, kosasimon va doira shakllaridagi jilvir toshlar yordamida bajariladi (12.5-rasm a,b).
Doira shaklidagi jilvir toshning tashqi silindr sirti bilan tanavorlar jilvirlanadi (12.5,a-rasm). Кosasimon jilvir toshning esa yon sirti bilan tanavorlarga jilvirlash ishlovi beriladi. Bunda zarradorligi birinchisi uchun (12.5, a-rasm) 40-50; ikkinchisi uchun (12.5., b-rasm) 50-80 (po’lat va cho’yan tanavorlar uchun) markali jilvir toshlar ishlatiladi. Toza jilvirlashda 12-40 markali doiraviy jilvir toshlar, yupqa jilvirlashda 6-10 markali doiraviy jilvir toshlar ishlatiladi.



12.5-rasm. Jilvirlash amallari: (a)- doira shaklidagi tosh sirti bilan jilvirlash; (b)- kosasimon tosh yon sirti bilan jilvirlash.


1-sxema bo’yicha yassi jilvirlashda: a) dastlabki jilvirlashda Rz=20 mkm, Ra=2,5 mkm; b) toza jilvirlashda Ra=1,5-0,63 va b) yupqa jilvirlashda Ra=0,63-0,32 mkm yuzalar tozaligi ta’minlanadi.


Yuqori tezlik rejimlari bilan yuzalarni yassi jilvirlaganda tozalik darajasi bir sinf yuqori bo’lib sifati ortadi.
2-sxema bo’yicha yon sirt bilan jilvirlashda: a) dastlabki jilvirlashda Rz=2,5 mkm, Ra=2,5-1,25 mkm; b) toza jilvirlashda Ra=1,25-0,63 mkm yuza tozaligiga erishiladi.
Aylanuvchi tashqi yuzalarni jilvirlashda: dastlabki, toza va yupqa jilvirlash usullari qo’llaniladi. Bunda; a) dastlabki jilvirlash 8, 9 kvalitet aniqlikni, Rz=2,5mkm, Ra=2,5-1,25 mkm; b) toza jilvirlash esa 7, 8 kvalitet aniqlikni, Ra=1,25 mkm tozalikni va v) yupqa jilvirlash 6, 7 kvalitet aniqlikni va Ra=0,63-0,125 mkm tozaliklarni ta’minlaydi.
Tashqi yuzalarni bir marta jilvirlash usuli termik ishlov berilmagan tanavorlar uchun kesib ishlov berishdan keyin qo’llanilib, 7, 8 kvalitet aniqlikni va Ra=2,5-0,63 mkm yuza tozaligini ta’minlaydi.

12.6-rasm. Aylanuvchi (a-tashqi va b-ichki) yuzalarni jilvirlash.


Teshiklarga ishlov berishda: dastlabki, toza va bir marta jilvirlash usullari qo’llaniladi. a) dastlabki jilvirlash 8, 9 kvalitet aniqlikni, Rz=20 mkm, Ra=2,5-1,25 mkm g’adir-budirlikni ta’minlaydi. b) toza va bir marta jilvirlash 7, 8 kvalitet aniqlikni va Ra=1,25-0,63 mkm tozalikni beradi.


Teshiklarga yupqa ishlov berish usuli qo’llanilmaydi, agarda texnik talablarga ko’ra yukori aniqlik va tozalik kerak bo’lsa boshqa usullar qo’llaniladi; xususan bular yupqa ichki yo’nish, razvertkalash va xoninglash usullaridir.
Turli asbobsozlik materiallarini ishlashda, qattiq qotishmali va olmosli keskichlarni charxlashlarda olmosli jilvir toshlar keng qo’llaniladi, bunday jilvir toshlar to’g’risidagi ma’lumotlar "Asboblarni loyihalash va ishlab chiqarish" darsliklarida berilgan.



Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish