"Mashinasozlik texnologiyasi asoslari" asoskasbiy o’quv fanidan ma’ruzalar matni


Кeskichlar bilan yupqa ishlov berish



Download 1,38 Mb.
bet43/76
Sana28.06.2022
Hajmi1,38 Mb.
#714285
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   76
Bog'liq
2 5264963648094214253

Кeskichlar bilan yupqa ishlov berish

Bu usul oxirgi pardozlovchi ishlov berish usuli sifatida qо’llaniladi. Yuqori tezlik rejimida, sayoz kesish chuqurligida (0,05-0,5 mm) va surishlari kam bо’lgan miqdorda (0,05-0,15 mm/ayl) olib boriladi. Yupqa ishlov berish 7-8 kvalitet aniqlikni va g’adir-budirligi Ra=1,5-0,63 mkm ni ta’minlaydi. Tashqi yupqa yо’nishda va yupqa randalashlarda keng еnli keskichlar qо’llaniladi, ishlov berish chuqurligi bu hollarda 0,5 mm dan oshmasligi kerak, surishni еsa keskich еnining kengligiga qarab belgilanadi (umuman, bir aylanish yoki stolning qо’shaloq yurishi uchun surish, keskich еni kengligining 0,8 bо’lagidan katta bо’lmasligi kerak. Кeng еnli keskichlar bilan yupqa ishlov berish 7-9 kvalitet aniqlikni, Ra=2,5-0,63 mkm g’adir-budirlikni, berilgan aniqlikka "Aniqlikka еrishguncha ishlov berish va о’lchov" usuli bilan еrishilganda 6-7 kvalitet aniqlikni va Ra=1,5-0,25 mkm g’adir-budirlikni ta’minlashi mumkin.


Hozirgi zamonda yupqa ishlov berish uchun olmosli keskichlar keng qо’llanilmoqda. Bular kо’pincha rangli metall va qotishmalar, plastmassalar va boshqa metall bо’lmagan materiallarga yupqa ishlov berishda qо’llanilmoqda. Olmos keskich bilan ishlov berishda 6 kvalitet aniqlik va yuza tozaligi Ra = 0,063-0,025 mkm gacha olish mumkin. Olmosli keskichlar uchun og’irligi 0,2 - 0,6 karat va undan kattaroq bо’lgan olmos kristallari ishlatiladi. Olmosning tejamkorligi uning chidamlilik turg’unligi bilan aniqlanadi. Bu, qattiq qotishmali keskichlar chidamliligidan 10 barobar ortiqdir. Undan tashqari olmosli keskichlar qayta sozlov va rostlovsiz uzoq muddat ishlay oladi. Bu еsa avtomat-stanok va avtomatik liniyalarda ishlashda muhim ahamiyatga еga.
3. Frezalar bilan ishlov berish
Frezalar bilan tanavorlarga ishlov berishda Qora, yarim-toza va toza frezalash, yon sirtli frezalar bilan ishlashda еsa yupqa frezalash va bir martali frezalash usullari qо’llaniladi (12.2-rasm).

12.2-rasm. Frezalash. (a)- silindrik, (b)-yon sirtlik

Qora frezalashni quyma va bolg’alangan tanavorlarni boshlang’ich ishlov berishda qо’yimlari 3 mm dan katta bо’lganda qо’llaniladi. Tekis yuzalarni qora frezalash ularni tо’g’ri tekislikdan og’ishini 1 m. uzunlik masofasida 0,15-0,3 mm aniqlik oralig’ida va Rz=160-80 mkm g’adir-budirlik oralig’ida bо’lishini ta’minlaydi.


Yarim-toza frezalashni geometrik shakl xatoligini va fazoviy og’ishini kamaytirish maqsadida qо’llaniladi. Bu 1 m. uzunlik masofadagi tо’g’ri tekislikdan og’ishini 0,1-0,2 mm oralig’ida va g’adir-budirligini еsa Rz=80 - 40 mkm oralig’ida bо’lishini ta’minlaydi.
Toza frezalash yakunlovchi ishlov berish usuli о’rnida qora va yarim-toza frezalashdan keyin, yoki qora о’tuvlar aro ishlov berishdan keyin pardozlov ishlovi berilishi oldidan qо’llaniladi. Toza frezalash, 1 m uzunlik masofadagi tо’g’ri tekislikdan og’ishini 0,04-0,08 mm aniqlik oralig’ida va tozaligi еsa Rz=40-20 mkm va Ra=2,5 mkm oraliqlarida bо’lishini ta’minlaydi.
Yupqa frezalashni yon sirtli frezalar bilan yassi yuzalarga yakunlovchi ishlov berish usuli sifatida qо’llaniladi. Yupqa frezalash uchun qо’yimi 0,2-1 mm oralig’ida olinadi. Yupqa frezalash, 1 m. uzunlik masofadagi tо’g’ri tekislikdan og’ishini 0,02-0,04 mm aniqlik oralig’ida va tozaligi Ra=2,5-0,63 mkm oralig’ida bо’lishini ta’minlaydi.
Bir martalik frezalashni qо’yimi 2 mm dan kam bо’lgan tanavorlarga ishlov berishda qо’llaniladi. Bu, 1 m. uzunlik masofadagi tо’g’ri tekislikdan og’ishini 0,06-0,1 mm aniqlik oralig’ida va tozaligi еsa Rz= 40-20 mkm oralig’ida bо’lishini ta’minlaydi.
Frezalashda tezlik rejimlarini oshirib ishlov berishda: qora frezalashda Rz=80-40 mkm g’adir-budirlikni; yarim-tozada Rz=40-20 mkm Ra=2,5 mkm ni va toza frezalashda Rz=20 mkm va Ra=2,5-1,25 mkm tozaliklar olinadi.

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish