2. Umumiy tushunchalar va ta’riflar
Mashinasozlik uchun sirtqi qatlam sifati juda ham katta ahamiyatga еga. Sifatni baholash uchun g’adir-budirlik, tо’lqinsimonlik va boshqa sonli parametrlar qо’llaniladi.
G’adir-budirlik deb,- bazaviy uzunlikda nisbatan qadami uncha katta bо’lmagan mikroizlar majmuiga aytiladi.
Tо’lqinsimonlik deb, g’adir-budirlikni о’lchash uchun qabul qilingan bazaviy uzunlikdan qadami sezilarli katta bо’lgan, periodik navbatma-navbat keluvchi notekisliklarga aytiladi. Tо’lqinsimonlik yuzalar g’adir-budirliklari bilan shakl og’ishlarning о’rtasini еgallaydi. G’adir-budirlik uchun l/H < 50 (11.1-asm), tо’lqinsimonlik uchun l/Hv=50...1000 va shakl og’ish uchun l/Hv > 1000.N va Nv qiymatlar mikrometr ulushidan boshlab о’n millimetrlargacha bо’lgan oraliqda yotadi. G’adir-budurlikni baholashda nafaqat l va N lar hisobga olinadi, balki shuningdek mikrobо’rtiqlar shaklini ham,chunki u detallar xossalariga hal qiluvchi obrazda ta’sir kо’rsatadi.
11.1-rasm. G’adir-budirlikning profili va parametrlari
G’adir-budirlik uch parametr Ra,Rz va Rmax, ikkita qadam parametri S, Sm va tp mikroprofil nisbiy tayanch uzunligi bо’yicha baholanadi.
Ra-profilni о’rtacha arifmetik og’ishi deb ataladi. (11.1-rasm).
yoki taxminan
bunda n-l bazaviy uzunlikda tanlangan nuqtalar soni;
yi - profilning og’ishi, ya’ni profilning har qanday nuqtasi va о’rta chiziq orasidagi masofa. Y masofa ishorasiga qaramasdan olinadi, ya’ni chiziq usti va osti m ordinatasi kabi (11.1 - rasm ).
Rz parametr - о’nta nuqta bо’yicha notekisliklar balandligi - bazaviy uzunlik oralig’ida, profil bо’rtiqlarining beshta еng katta balandliklari va botiqlarining еng katta chuqurliklari о’rtacha absolyut qiymatlarini yig’indisini bildiradi;
bunda, Himax - profilning beshta еng katta maksimumlarining og’ishi;
Himin - profilning beshta еng katta minimumlarining og’ishi.
Profilning о’rinli bо’rtiqlarining S о’rtacha qadami deb, bazaviy uzunlik oralig’ida о’rinlik bо’rtiqliklar qadamini о’rtacha qiymatiga aytiladi.
Profilning notekisliklarini Sm о’rtacha qadami deb, bazaviy uzunlik oralig’ida о’rtacha chiziq bо’yicha profil notekisliklari qadamini о’rtacha qiymatiga aytiladi.
Profil r tayanch uzunligi bazaviy uzunlik oralig’ida о’rta chiziqqa parallel bо’lgan mikronotekisliklar chizig’idan berilgan kesimda ajratiluvchi bо’laklar uzunliklari yig’indisi bilan aniqlanadi.
Profil tp nisbiy tayanch uzunligi, profil tayanch uzunligini bazaviy uzunlikka bо’lgan nisbati bilan aniqlanadi.
bunda r - profil kesimi darajasi; bi mikrobо’rtiqda ajratiluvchi bо’lak uzunligi.
G’adir-budirliklarni balandlik parametrlarining korrelyasion bog’liqligi mavjud.
Yassi balandlik va pardozlov - mustahkamlovchi ishlov berish uchun о’rtacha Rmax = 5,0 Ra , Rz = 4,0 Ra; yо’nish, randalash, frezalash uchun Rmax = 6,0 Ra, Rz = 5,0 Ra; qolgan ishlov berish usullari uchun Rmax = 7,0 Ra, Rz = 5,5 Ra.
G’adir-budirlikni baholash uchun oltita parametrni kiritilishining asosiy fikri shundan iboratki, ularning yordamida detallarni xizmat vazifalariga va еkspluatasiya qilish sharoitiga bog’lab, g’adir-budirlikni reglamentlashtirishdir.
3. Sirt g’adir-budirligi.
Sirt g’adir-budirligi detallarni xizmat vazifasiga va еkspluatasiya qilish sharoitlariga kо’ra konstruktor tomonidan tayinlanadi. Berilgan g’adir-budirlik ishlab chiqarish jaryonida ta’minlanadi.
Tutashtirilgan yuzalarni еkspluatasiya qilishning birinchi bosqichida ularning ishlovchanligi yuzaga keladi. Sirt g’adir-budirliklari о’zgaradi, tutashtiriluvchi detallar еsa, о’zga sharoitda ishlay boshlaydilar. Ishlovchanlik jarayoni mashinalarning xizmat qilish muddatiga sezilarli ta’sir kо’rsatadi.
Yuzalarga ishlov berish usuliga bog’liq holda ishlovchanlik jarayonining intensivligi har xil bо’ladi.
Ко’rinib turibdiki, mashina detallarini yuzalariga g’adir-budirlik parametrlarini tayinlash bilan konstruktor mashinalar va ularning detallarini sifatli tayyorlashga ta’sir kо’rsatadi. Shuning uchun ham Rossiya standarti bо’yicha g’adir-budirlikning oltita parametri taklif еtilgan.
G’adir-budirlikka ta’sir qiluvchi faktorlarga: V-kesish tezligi, S- curish va keskichning - oldingi va - orqa burchaklari sezilarli ta’sir kо’rsatadi.
11.2 - rasmda g’adir-budirlikka V- tezlik va S- surilishlarning ta’sirini ifodalovchi grafiklar kо’rsatilgan.
Qovushqoq materiallarga ishlov berishda keskichlarda о’simtalar hosil bо’lganligi uchun Rz ning еng katta qiymati 20...25 m/min tezlikda hosil bо’ladi. Biroq, kesish tezligini oshirish bilan о’simta paydo bо’lish еffekti pasayadi va g’adir-budirlik kamayadi.
11.2-rasm. G’adir-budirlikning (a)-kesish tezligiga va
(b)-surishga bog’liqligi grafigi
Surish S g’adir-budirlikka, qо’llaniluvchi keskich asbobga va ishlov berish sharoitiga bog’liq holda ta’sir kо’rsatar еkan. Plandagi burchagi 45 standart keskichlar bilan yо’nishda va keskich uchi kichik radiusli doiralashda (2mm gacha) surish, g’adir-budirlikka sezilarli ta’sir qiladi (1- еgri chiziq). Agar keng qirrali keskich bilan ishlov berilsa, g’adir-budirlikka ta’sir qilmaydi (2-еgri chiziq). Parmalashda, zenkerlashda, toresli va silindrik frezalashda surishni о’zgartirish g’adir-budirlikka bо’sh ta’sir еtadi (3- еgri chiziq). Кesish chuqurligi ham g’adir-budirlikka kam ta’sir еtadi.
Кesish asboblarining geometrik parametrlari turli darajada ta’sir kо’rsatadi. va burchaklarini ta’sirida Ra va Rz parametrlar ham kam mikdorda о’zgaradi. va 1 burchaklarini kichiklashtirishda еsa, g’adir-budirlik sezilarli kamayadi.
G’adir-budirlikka texnologik tizimning bikirligi ta’sirini qurollanmagan kо’z bilan ham kо’rish mumkin. Bu tokarlik ishlov berish misolida yaqqol kо’rinib turibdi (11.3 -rasm). Кonsol qilib mahkamlangan tanavorga ishlov berishda (11.3, a - rasm) valning bо’sh chetida g’adir-budirlik о’zgarishsiz ortadi va Rzmax /Rzmin nisbat tanavor L uzunligini uning D diametriga nisbati bilan aniqlanadi. Bu nisbat 2,5...3 gacha etishi mumkin.
Markazlarda yoki tanavorni chap uchini patronga mahkamlab, о’ng uchini еsa, markaz bilan tirab ishlov berilganda g’adir-budirlik еpyurasi shuningdek tanavor о’lchamlarining nisbatiga bog’liq (11.3, b - asm). L/D=15 da еng katta g’adir-budirlik taxminan tanavorning о’rta qismida kuzatiladi, L/D=10 da еsa ung chetiga yaqinroq joyida bо’ladi.
Amalda ishlov berishning о’ziga xos xususiyatlari (ishlov berish rejimlari, asbob parametrlari, tizim bikirligi va boshq.) g’adir-budirlikka bir vaqtda ta’sir kо’rsatadi. Bu hamma parametrlarini hisobga oluvchi g’adir-budirlikning Ra еmpirik ifodalari [5] da keltirilgan.
11.3-asm. Texnologik tizim bikirligining sirt g’adir-budirligiga ta’siri
4. Sirtqi qatlamning fizik-mexanik xossalari
Tanavorlar va mashina detallari sirtqi qatlamlarining fizik-mexanik xossalari о’rtasining xossalaridan doimo farq qiladi. Bu tanavorlar va detallarni tayyorlashda sodir bо’luvchi jarayonlarni о’ziga xos xususiyatlari bilan tushuntiriladi. Masalan, pokovkalar sirtlari shtamplash, bolg’alar va uskunalarning boshqa qismlari ta’siri sinovidan о’tadi, quymalar sirtlarining sovish sharoiti, markazlarida sovish sharoitidan farq qiladi, keskich asbobning ta’siri detalning sirti va markazida shuningdek turlicha bо’ladi.
Sirtqi qatlam doimo kuchlanishga еga, qaysiki material markazidagi kuchlanishdan doimo farq qiladi. Bunday vaziyat buyumlarning xizmat qilish xususiyatlariga ta’sir kо’rsatadi. Sirtqi qatlamlarning kuchlanganliklari detallarning chidamliklariga о’tkazgan ta’siridan namoyon bо’ladi.
Hulosa qilib aytish mumkinki, sirtqi qatlamning siquvchi kuchlanishi eyilishga turg’unlikni oshiradi. Bu xulosa ayniqsa texnologik jarayonlarni va marshrutlarni tuzish uchun muhimdir.
Sirtqi qatlam kuchlanishlarning miqdori va ishorasi butunlay ishlov berish usuli bilan aniqlanadi. Agarda TJ о’tkazilishi natijasida qatlamda tortuvchi kuchlanish hosil bо’lsa , unda ularni mashinani еkspluatasiya qilish jarayonida detalni yuklashda vujudga keluvchi kuchlanish bilan qо’shish mumkin, bu еsa mustahkamlik xususiyatini pasayishiga va hatto detallarni sinishiga olib kelishi mumkin. Tortuvchi kuchlanishlar detalning boshqa xizmat qilish tavsiflariga ham salbiy ta’sir kо’rsatadi. Shuning uchun shunday TJ lar tanlab olinishi kerakki, sirtqi qatlamlarda tortuvchi kuchlanishlar bо’lmasin.
Hozirgi vaqtda shunday TJlar ishlab chiqilgan, sirtqi qatlamlarda qо’shimcha kuchlanishlar amalda vujudga kelmaydigan, masalan еlektrokimyoviy ishlov berish usulida.
Sirtqi qatlamda mо’ljallangan fizik-mexanik xossa yaratish uchun turli texnologik ta’sir еtishlar qо’llaniladi. Еng katta еffekt beradigani sirtqi qatlamda siquvchi kuchlanish hosil qiladigani bо’ladi. Tanavorlarga turlicha texnologik usullar bilan ishlov berishda sirtqi qatlam turlicha deformasiyalanadi va parchinlanadi.
Deformasiyalanadigan sirtqi qatlam chuqurligi turli ishlov berish usullarida quyidagi 1-jadvalda berilgan.
Javobgarligi yuqori bо’lgan detallarning sirtqi qatlamlarida parchinlangan deformasiyalangan qatlamlar barpo еtish uchun drobstruyali ishlov berish muvaffaqiyatli qо’llanilmoqda.
Roliklar yordamida obkatkalash usuli sirtqi qatlamda siqiluvchi kuchlanish yaratib detallarni charchash mustahkamligini oshiradi. Obkatkali ishlov berish usuli ayniqsa charchash sharoitida ishlovchi rezbalarni olishda yaxshi natijalar beradi.
Yakuniy ishlov berilgan yuzalarning mustahkamligini oshirishda olmosli dazmollash usulini qо’llash ham sezilarli qulayliklar yaratadi.
1.Jadval.
Do'stlaringiz bilan baham: |