6. Bazalar doimiyligi tamoyili
Bazalarning doimiylik tamoyili shundan iboratki, texnologik bazalarni almashtirish zarurati tug’ilmasa (qora bazalar bundan mustasno), ya’ni texnologik jarayonlarni ishlab chiqishda о’sha berilgan bitta texnologik bazani qо’llashga intilish zarur.
10.14-rasm. Yо’nish va parmalashda bazalar doyimiylik tamoyilini qо’llash.
Ishlov berishni bitta texnologik bazada olib borishga intilish shunday tushuntiriladiki, ya’ni texnologik bazalarni har qanday almashtirish turli texnologik bazalarda ishlov berilgan yuzalarni о’zaro joylashish xatoligini kо’paytiradi, unga texnologik bazalarning о’zaro joylashishi xatoligini qо’shimcha qiladi.
Masalan, 10.14, a-rasmda tasvirlangan tanavor uchun tо’rtta kichik teshik, markaziy teshiklarning ruxsat еtilgan = + 0,1 mm xatoligi bilan simmetrik о’qlarini mos tushishini ta’minlash talab еtilgan bо’lsin, markaziy katta teshikni yо’nish еsa tokarlik dastgohida (10.14, b-rasm) va tо’rtta kichik teshiklarni parmalash konduktorda (10.14, b-rasm) turli A va B baza yuzalarni qо’llash bilan olib boriladi, shuning uchun о’qlarning haqiqiy siljishlari qо’llanilgan bazalar о’zaro joylashishi xatoligi miqdoriga oshadi, ya’ni 100 mm о’lcham dopuski miqdoriga. Buni texnologik о’lchamlar zanjirini hisoblash tasdiqlaydi (10.14,g-rasm).
max=100max-50max-30-20min=100-(50-0,05)-30-(20-0,05) = +0,1 mm;
min=100min-50max-30-20max=100-0,46-(50+0,05)-(20+0,05)=-0,56 mm.
Кichik teshiklarni konduktor bо’yicha olib borilganligi tufayli, о’qlari orasidagi masofa (60 mm-li о’lcham) aniq bajariladi, shuning uchun hisoblashda 30 mm-li о’lcham shartli ravishda doimiy deb qabul qilinadi.
Ishonchimiz komilki, amallarni ikkisini ham о’zgarmas bazadan (masalan A yuzadan) bajarganimizda о’qlarning siljishi qiymatlarining о’zgarishi kamayadi, chunki u 100 mm-li о’lchamni о’z ichiga olmagan, deyarli qisqa texnologik о’lchamlar zanjiridan aniqlanadi (10.14,d-rasm), ya’ni
max = 50max-30-20min = 50+0,05-30-(20-0,05) = + 0,1 mm;
min = 50min-30-20max = 50-0,05-30-(20+0,05) = - 0,1 mm.
Bundan kо’rinib turibdiki + 0,1 mm oralig’ida о’qlarni mos tushishi kerak bо’lgan chizmaning talabi bajariladi.
Tanavorlarni turli amallarda texnologik bazalarni saqlab ishlov berish, ishlanuvchi yuzalarni о’zaro joylashish xatoligini kamaytiradi, ammo amalda shunday vaziyatlar ham uchrab turadiki, qachon bu talabni bajarish moslamalar konstruksiyalarini ortiqcha murakkablashishiga va ularning qimmatlashishiga olib keladi. Bu vaziyatdan texnolog, texnologik bazalarni qulayini tanlab, va ishlanuvchi yuzalar о’zaro joylashishi xatoliklarini oshiruvchi tegishli hisoblashlarni bajarib, bu bazalarni almashtirishga majbur bо’ladi. Texnologik jarayonning barcha amallarini bajarishda bazalar doyimiyligi tamoyiliga amal qilish detal aniqligi va mexnat unumdorligini oshirish imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |