2. Tayinlanishi bо’yicha bazalar sinfi
Bular quyidagilar:
- Asosiy baza-berilgan detalga yoki yig’ilma birlikka tegishli bо’lgan va uning holatini buyumda aniqlash uchun ishlatiluvchi konstruktorlik baza (10.5-rasm).
- Yordamchi baza-berilgan detalga yoki yig’ilma birlikka tegishli bо’lgan va ularga birlashtiriluvchi buyum holatini aniqlash uchun qо’llaniluvchi konstruktorlik baza (10.5-rasm) .
- Кonstruktorlik baza-detalni yoki yig’ilma birlikni buyumdagi о’rnini (holatini) aniqlash uchun qо’llaniluvchi baza. Shuningdek detal konstruksiyasini chizishda masalan; pog’anali valning (10.6-rasmga qar.) tanlangan Ι va ΙΙ yon sirtlari,ya’ni: A1 o’lcham uchun Ι-sirt; A, A2, A3 va A4 o’lchamlar uchun esa Ι Ι-sirt konstruktorlik bazalar vazifasini bajaradi.
- Asosiy va yordamchi bazalarning bir detalni mashinada ishlash vaqtida boshqa detalga nisbatan holatini aniqlaydigan koordinat yuzalari yig’uv bazalari deb yuritiladi (10.5-rasmda 3-tezliklar qutisi teshigi «yor» va o’ng yon sirti 4-shpindel uchun yig’ish bazasi bo’lib hisoblanadi).
- Texnologik baza deb, tanavorni yoki buyumni tayyorlash yoki ta’mirlash jarayonida holatini aniqlash uchun ishlatiluvchi bazaga aytiladi (10.7-rasm).
- O’lchash bazasi-tanavorni yoki buyumni va о’lchash vositalarini nisbiy holatini aniqlash uchun ishlatiluvchi baza (10.8-rasm). (GOST 21495-96).
10.5-rasm 10.6-rasm
10.7-rasm. Ι,ΙΙ,ΙΙΙ-texnologik baza komplekti; 10.8-rasm. A-o’lchov baza sxemasi
Ι-o’rnatuv baza;ΙΙ-yo’naltiruvchi baza;
ΙΙΙ-tayanch baza
3. Еrkinlik darajasidan mahrum etilishi bо’yicha bazalar sinfi
Bularga о’rnatuv, yо’naltirgich, tayanch, qо’shaloq yо’naltirgich va qо’shaloq tayanch bazalar (sxemalari 10.1-rasm , 10.2-rasm va 10.10-rasmlarda kо’rsatilgan) kiradi:
- о’rnatish bazasi-tanavorni yoki buyumni uchta erkinlik darajasidan mahrum etuvchi baza (bir koordinat о’qi bо’ylab kо’chishi va boshqa ikki koordinata о’qlari atrofida aylanish harakatlaridan 10.1-rasm va 10.7-rasmlarga qar.);
- yо’naltirgich baza-tanavorni yoki buyumni ikki erkinlik darajasidan mahrum etuvchi baza (bir koordinat о’qi bо’ylab kо’chishidan va boshqa о’q atrofida burilish harakatidan 10.1-rasm va 10.7-rasmlarga qar.);
- tayanch baza-tanavorni yoki buyumni bir erkinlik darajasidan mahrum etuvchi baza (bir koordinat о’qi bо’ylab kо’chishidan yoki о’q atrofida burilish harakatidan 10.1-rasm va 10.7-rasmlarga qar.);
- qо’shaloq yо’naltirgich baza-tanavorni yoki buyumni tо’rtta erkinlik darajasidan mahrum etuvchi baza (ikki koordinat о’qlari bо’ylab kо’chishidan va shu о’qlar atrofida aylanma harakatlaridan, 10.2-rasm va 10.9-rasmlargaga qar.);
-qо’shaloq tayanch baza-tanavorni yoki buyumni ikki erkinlik darajasidan mahrum etuvchi baza (ikki koordinat о’qlari bо’ylab kо’chishlaridan, 10.3-rasm va 10.10-rasmlarga qarang).
10.9-rasm.Qo’shaloq yo’naltiuvchi baza sxemasi
10.10-rasm. Qo’shaloq tayanch baza shemasi
Do'stlaringiz bilan baham: |