"Mashinasozlik texnologiyasi asoslari" asoskasbiy o’quv fanidan ma’ruzalar matni


Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishda aniqlikni oshirish yо’llari



Download 1,38 Mb.
bet31/76
Sana28.06.2022
Hajmi1,38 Mb.
#714285
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   76
Bog'liq
2 5264963648094214253

3. Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishda aniqlikni oshirish yо’llari

Avtomatlashtirilgan ishlov berishda aniqlik savoli muhim ahamiyat kasb еtadi. Ishlov berishning о’rnatilgan aniqligi texnologik jarayonga inson tomonidan ta’sir kо’rsatilmasdan ta’minlanadi. Uning roli, ishlov berish jarayonini borishini kuzatishga va buzuqliklar hamda jarayon normal о’tishiga nisbatan cheklanishlar sodir bо’lgan holda tegishli choralar kо’rishga qaratiladi.


Avtomatlashtirilgan ishlov berish aniqligiga ham о’sha fizikaviy omillar ta’sir qiladi, uni ta’minlovchi boshqa usullar kabi. Sifati bо’yicha tо’la bir xil mahsulot olish uchun texnologik jarayon о’tishining hamma qonuniyatlarini chuqur bilish zarur. Avtomatlashtirilmagan oddiy sharoitda turli hodisalar о’zaro bog’lanishlarini va alohida omillarni yig’indi xatolikka ta’sirini bilmaslik stanokka xizmat kо’rsatuvchi ishchining bevosita uzluksiz yoki periodik aralashuvi tufayli kompensasiya qilinadi. Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish sharoitida jarayon о’tishini hamma sharoitlarini aniq uchetga olish va uni ma’lum vaqt ichida sozlashni bilish zarur.
Avtomatlashtirilgan ishlov berishning natijaviy xatoligiga oldingi kо’rilgan texnologik omillar ta’sir еtadi. Aniqlikni oshirish bо’yicha keltirilgan xulosalar va tavsiyanomalar avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish uchun ham haqqoniydir. Bunga qaramasdan, alohida omillarni ishlov berishni birlamchi xatoliklariga ta’siri bо’yicha ba’zi-bir о’ziga xos xususiyatlarini belgilash mumkin.
Кesish kuchi ta’siridan texnologik tizimni deformasiyalanishidan chaqiriluvchi xatoliklar, о’lchamlarni avtomatik olish usuli bо’yicha ishlovchi stanoklarda sodir bо’lishiga tо’laligicha о’xshaydi. Bir о’tuvli avtomatlashtirilgan ishlov berish xatoligini kesish jarayonida maxsus rostlovchi yoki еrgashuvchi qurilmalar yordamida о’rnatilgan minimal qiymatida ushlab turish juda ham qiyin, chunki oxirgisi stanok konstruksiyasini sezilarli darajada murakkablashtiradi. Bu xatoliklarni kichiklashtirish uchun, odatdagidek texnologik tizimning bikirligi oshiriladi yoki (tekislaydi) tenglashtiriladi, dastlabki tanavor aniqligi oshiriladi, ishlanuvchi metall mexanik hususiyatini bir tug’ishganligini yaxshilaydi, shuningdek keskich asboblar о’tmaslashish darajasini limitlashtiradi, qaysining natijasida kesish kuchlarining о’zgarish chegaralari toraytiriladi. Ко’rsatilgan cheklash avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishda kо’proq qat’iy ramka ichida о’tkaziladi. Tanavorlarni о’rnatuv xatoliklari oldin kо’rib chiqilgan tadbirlar natijasida kamaytiriladi.
Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish uchun bazalar doimiylik prinsipi deyarli tо’la bajarilishi xarakterlidir, ya’ni na faqat aniqlikni oshirishga yordam beradi, balki ishlov berishning turli amallarini moslamalarini unifikatsiyalash imkonini beradi. Moslamalarni eyilishga chidamliligini oshirishga va qirindilar hamda begona zarrachalardan tozalab turishga katta ahamiyat beriladi. Tanavorlarni mahkamlash uchun pnevmatik, gidravlik va boshqa kuchlarni uzatmalaridan keng foydalaniladi. Tanavorlarni sputnik-moslamalarda joylashtirib ishlov berilganda mexanik qurilmalar yordamida mahkamlanadi, biroq kuch manbai sifatida о’sha uzatmalardan foydalanilsa maqsadga muvofiq bо’ladi. Sputnik-moslamalari oxirgi holatdan keyin qirindidan tozalash qurilmasi bor holatiga (pozisiyasiga) о’tkaziladi va tozalab, dastlabki holatiga keltiriladi.
Tanavor va moslama еlementlari deformatsiyasini chaqiruvchi ishlov berish xatoliklarini kamaytirish uchun, berilgan vaziyat uchun bazalash va mahkamlashning ancha ratsional bо’lgan sxemasi ishlatiladi.
Avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishda kichikroq tanavorlarni ishlashda keskich asbobning о’lchamli eyilishi faqat о’lchamlar aniqligiga ta’sir kо’rsatadi. Bu ta’sirni kamaytirish uchun о’z vaqtida keskichni majburiy almashtirish bilan va avtomatik rostlovchi qurilma yordamida amalga oshiriladi.
Jilvirlovchi tipdagi stanoklarda, berilgan о’lchamlarga еrishilgandan keyin surishni о’chiruvchi va stanokni tо’xtatuvchi qurilmalar keng qо’llaniladi. Qayta rostlashni avtomatlashtirish yoqiluvchi о’lchov olib boruvchi datchik komandasi bо’yicha jilvirlash toshini suruvchi zanjir ishlatib еrishiladi.
Texnologik tizimni haroratdan deformatsiyalanishini ishlov berish aniqligiga ta’siri oldin kо’rsatilgan tadbirlar yordamida tо’g’rilanadi, va shuningdek qayta avto-sozlovchilar qо’llab, ham tо’g’rilash amalga oshiriladi.
Stanoklarni geometrik noaniqligi doimiy sistematik shakl va detallar yuzalarini о’zaro joylashish xatoliklarini chaqiradi. Bu xatoliklarni kerakli miqdorga kamaytirish stanoklar geometrik noaniqliklarini kamaytirish va shuningdek, ularni eyilishga turg’unligini oshirish bilan va rostlash vositalarini qulayini kiritish bilan еrishiladi.
Avtomatlashtirilgan ishlov berishning aniqligini oshirish asosan oldingi yо’llar bilan, ya’ni odatdagi stanoklarda ishlov berishdagi va о’lchamlarga avtomatik еrishish usuli kabi еrishiladi. Shuning bilan bir qatorda alohida kо’rinishdagi xatoliklar ishlov berish jarayonini rostlovchi aktiv nazorat qiluvchi vositalar yordamida yо’q qilinishi mumkin. Etarlicha mо’t’adil va yaxshi о’rganilgan jarayonlar uchun ma’lum vaqt oraligida yoqilib ishlovchi va avtomatik qayta-rostlovchi aktiv nazorat qiluvchi vositalar tavsiya еtilishi mumkin. Bu usullar bilan sistematik qonuniyat asosida о’zgaruvchan xatoliklar yо’qotilishi mumkin.
Bajariluvchi о’lchamning sistematik va tasodifiy xatoliklarini yо’qotishga, ishlanuvchi tanavordan uzluksiz komanda olib turuvchi avtomatik qayta-rostlovchi aktiv nazorat vositalari yordamida еrishiladi. Bu usullar jilvirlashda va boshqa ishlov berish usullarida keng qо’llaniladi, qachon berilgan о’lcham keskich asbobni ishlanuvchi tanavorga ketma-ket yaqinlashishlari bilan olinadi.
Bir о’tuvli ishlov berishning boshqa usullari uchun bitta yoki bir nechta dastlabki ishlangan detallardan komanda oluvchi, avtomatik qayta-rostlovchi aktiv nazorat qiluvchi vositalar qо’llaniladi. Bu usulda ishlov berishning sistematik qonuniy о’zgaruvchan xatoligi yо’qotiladi. Tasodifiy xatoliklar, biroq, bu erda qoladi. Berilgan bu qurilmalarning ishlash prinsipi shundan iboratki, ya’ni shu berilgan stanokka о’rnatilgan, о’lchagich priborning impulsi, qaysiki stanokni sozlanishini korrektirovka qiluvchi mexanizmlarni boshqaradigan releni ishlab ketishiga olib keladi. Asoslangan va ishonchli sozlashni korrektirovka qilish uchun bitta detalni о’lchashdan olingan ma’lumotlar etarli еmas. Sifatli natijalar olish kо’proq statistik tavsiflar asosida komanda olishda ta’minlanadi. Hozirgi vaqtda bir nechta detallarni о’lchash natijalarining о’rtacha arifmetik qiymati bazasida sozlashni korreksiyalovchi boshqaruvchi qurilmalar ma’lum. Shuningdek, avtomatik liniyalarda bittadan еmas, balki ishlanuvchi buyumlar sifatini bir nechta kо’rsatkichlari bо’yicha impuls olish uchun qо’shuvchi qurilmalar ma’lum. Shu impulslar bо’yicha berilgan mahsulotni yaroqlik chegarasidan chiqqan og’ishini yо’qotish uchun agregatlarni tо’xtashi va qayta-rostlanishi sodir bо’ladi. Bundan ham rivojlangan kо’rinishi, dasturli stanoklarda hamma aytilgan ishlov berish aniqliklarini oshirish kompyuterlar qо’llash asosida amalga oshiriladi.



Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish