3. Nusxalanish xatoligi
Ma’lumki, tanavorlarni quyish, qizdirib bolg’alash, shtamplash va boshqa tanavorlar olish sharoitlari natijasida ularning sirtqi yuzalarida turli nuqson va xatoliklar sodir bo’lishi mumkin. Bunday tanavorlarni stanoklarga o’rnatib ishlov berilganida ularning xatoliklari tayyor bo’lgan detallarga texnologik sistemaning deformasiyalanishi natijasida nusxasi ko’chib o’tadi, demak nusxalanish xatoligi sodir bo’ladi, bu xatoliklar tasodifiy bo’lishi mumkin. Nusxalanish xatoliklari stanok turiga, keskich asboblarning joylashgan o’rniga, stanok supportlari og’irlik markazlarining yo’nalishlariga bog’liq bo’ladi. Nusxalanish xatoliklari musbat va manfiy qiymatlarga ega bo’ladi. Masalan, randalash stanogini zinali prizmatik namunalarga ishlov berib, sinab ko’rilganda musbat va manfiy qiymatli nusxalanishlar paydo bo’lgan, bu esa o’z navbatida keskichning keskich ushlagich bilan birga turgan holatiga bog’liq bo’lgan. Кeskich asbob karetkaning yuqori qismlariga joylashganda musbat nusxalanish, aksincha keskich asbob karetka pastki qismida joylashganda manfiy nusxalanish sodir bo’lgan. Bu shunday xulosaga olib keladiki, keskich asbobini shunday holatiga o’rnatish mumkin bo’lsinki nusxalanish xatoligi minimal qiymatga ega bo’lsin. Yakka va mayda seriyalab ishlab chiqarishlarda, yuqori malakali ishchilar o’z mahoratini ishlatib, shu nuqsoni bor tanavorning ustidan bir necha bor yupqa qatlamlar kesib tashlashi natijasida bu nusxalanish xatoliklarini bo’lmasligini ta’minlaydi.
4. Mexanik ishlov berishning yig’indi xatoligi
Yuqorida keltirilgan barcha xatoliklar tanavorlarga mexanik ishlov berish aniqligiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Mexanik ishlov berishning umumiy yig’indi xatoliklari, tashkil эtuvchi xatoliklarning kattaliklari va yo’nalishlari bilan bog’liq holda turli qoidalar bo’yicha qo’shiladi.
Agarda, tashkil эtuvchi xatoliklar doimiy kattalik bo’lib yo’nalishlari bir xil koliniar bo’lsa arifmetik qoidaga binoan qo’shiladi, ya’ni
y = 1 + 2 +3 +...+ n + sh, (8.7)
bu erda: y- mehanik ishlov berishning yig’indi xatoligi; 1, 2,…n- tegishlicha birlamchi tashkil etuvchi xatoliklar; sh- zagatovkaning shakl xatoligi.
Agar yo’nalishlari turlicha bo’lsa, geometrik qo’shiladi
y = . (8.8)
Agar tashkil эtuvchi xatoliklar turli qonuniyatlarga bo’ysunsa va tasodifiy bo’lishsa yig’indi xatolik ham tasodifiy bo’ladi. Bunday xatoliklarni qo’shish ehtimollik nazariyasi asosida tasodifiy xatoliklarni qo’shish qoidasiga binoan qo’shiladi va uning qiymati ham tasodifiy qiymatga ega.
y = (8.9)
Agarda, bu tashkil etuvchi xatoliklar bir xil qonuniyatga bo’ysunsa, ya’ni k1=k2=k3=...=kn=k bo’lsa u holda bu formula quyidagi ko’rinishga эga
y = k (8.10)
Tabiiy taqsimot qonuni (Gauss qonuni) uchun k = 1,2 ga teng, demak bu qiymat 8.10-formulaga qo’yilsa umumiy xatolikning ishonchli yig’indi qiymatiga ega bo’lamiz. Bu yig’indi xatolik albatta detalga ishlov berish uchun o’rnatilgan dopusk miqdoridan kichik bo’lishi zarur, ya’ni y < T.
Do'stlaringiz bilan baham: |