"Mashinasozlik texnologiyasi asoslari" asoskasbiy o’quv fanidan ma’ruzalar matni



Download 1,38 Mb.
bet24/76
Sana28.06.2022
Hajmi1,38 Mb.
#714285
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   76
Bog'liq
2 5264963648094214253

Tekshirish uchun savollar
1. Texnologik tizimning bikirligi tushunchasini ta’riflang.
2. Tokarlik dastgohida valga markazlarga o’rnatib ishlov berishda kesish kuchlari qanday taqsimlanadi? Asosiysi qaysi biri?
3. Dastgoh bikirligini tekshirishning qaysi usullarini bilasiz?
4. Injener К.V.Votinov va prof.A.P.Sokolovskiylarning bikirlikni aniqlash usulini izohlab bering.
5. Bikirlikni TashPI priborida tekshirishning mohiyati nimada?
6. Tokarlik stanogining bikirligini ishlab chiqarish usulida tekshirish qanday bajariladi?
7. Tokarlik dastgohining old babkasi haroratdan qanday deformasiyalanadi?
8. Ichki kuchlanishning aniqlikka ta’siri va ularni oldini olish usullari nimalardan iborat?
9. Parmalashda tizim elementlariga issiqlik qanday foizlarda taqsimlanadi va ularni kamaytirish yo’llari nimalardan iborat?


10 - M A ‘ R U Z A (2 soat)


8-mavzu: "Stanoklarni sozlash, tanavorlarni o’rnatish va nusxalanish xatoliklari, ishlov berishning yig’indi xatoligi" (2 soat).


M a ‘ r u z a rejasi:
1. Stanoklarni o’lchamga sozlash xatoligi;
2. Tanavorlarni moslamaga o’rnatuv xatoligi;
3. Nusxalanish xatoligi;
4. Mexanik ishlov berishning yig’indi xatoligi.
Adabiyotlar: [ 4 ] – 131-135 betlar.
Tayanch so’zlar: 1.Sozlash. 2. Sozlash xatoligi. 3. Bazalash. 4. O’rnatish. 5. O’rnatish xatoligi. 6. Mahkamlash. 7. Nushalanish xatoligi. 8. Yig’indi xatolik. 9. Rostlash.


1. Stanoklarni o’lchamga sozlash xatoligi
O’tmaslashgan keskich asbobni periodik almashtirish, stanokni har safar bajariluvchi o’lchamga sozlashga to’g’ri keladi. Maydoni tor dopusklarda asbobning turg’unligi vaqti ichida uning holatini detalga nisbatan o’lchamli eyilishini kompensasiyalash uchun bir yoki bir necha marta sozlashga to’g’ri keladi. Sozlash va rostlashning vazifasi shundan iboratki, ya’ni berilgan partiyadagi hamma detallar bajariluvchi o’lchamlari dopusk maydoni oralig’ida bo’lishi kerak.
Hozirgi vaqtda sozlashning ikkita prinsipial farqli usuli ma’lum.
Birinchi usul bo’yicha keskichni o’rnatish, berilgan sozlanuvchi o’lchamga stanokda sinaluvchi detallarga ishlov berish bilan ketma-ket yaqinlashish o’tkaziladi, qaysilarning o’lchamlari universal o’lchov asboblari yoki chegaraviy kalibrlar bilan tekshiriladi. Sinaluvchi detallarni tekshirishdagi, berilganlar bo’yicha zarur bo’lgan asbobni siljitish qiymati va yo’nalishi aniqlanadi.
Ikkinchi usul bo’yicha keskich asbob talab эtilgan, oldindan hisoblangan holatiga эtalon (nusxasi) bo’yicha (balandlik, gabarit) o’rnatiladi. Asbobni o’rnatish stanokni ishlamayotgan (statik) holatida yoki undan tashqarida (ajratiluvchi supportlar, yo’nuvchi juvalar, revolver kallagi va boshqa qurilmalar qo’llanilganda) bajariladi.
Birinchi usulning nazariyasi matematika statistikasini qo’llash asosida prof. A.B.Yaxin tomonidan ishlab chiqilgan. Sozlash savollari shuningdek prof. A.P.Sokolovskiy ishlarida ham ko’rilgan, qaysiki ishchi sozlanuvchi va statikaviy sozlash o’lchami deb ataluvchi ta’riflarni berdi.
Кesuvchi asbobni har safar almashtirganda yoki har safar rostlaganda shunday o’rnatish imkoniyati yo’qki, u stanokda mutlaqo bir xil doimiy holat egallasin. Alohida ishlanuvchi detallar partiyasi uchun, u har xil farq bilan hosil bo’ladi. Asbobning ikkita chegaraviy oralig’idagi masofani yoki ular holatlarining taqsimlanish maydonini shartli ravishda stanokni sozlash xatoligi deb yuritiladi. Bir nechta partiya detallariga ishlov berishda ishlanuvchi o’lchamga qo’shimcha xatolik kirituvchi bu miqdorni, s bilan belgilaymiz. s qiymati stanokni sozlash uslubiga bog’liq va sozlanuvchi o’lchamlarning maksimal va minimallari ayirmasiga teng. Sozlash xatoligining qiymati sozlovchi malakasi bilan aniqlanadi, ya’ni sub’ektiv faktorga bog’liq, shuningdek qo’llaniluvchi o’lchagich asboblar va etalonlar sifati va aniqligi bilan aniqlanadi. Sinaluvchi detallar bo’yicha sozlanganda, berilgan usulga xos bo’lgan ravishda sozlash xatoligi shuningdek hisoblash noaniqligining funksiyasi bo’lib hisoblanadi. Sinaluvchi detallar bo’yicha sozlashda, sozlash aniqligi to’g’risida ishlangan detallarni o’lchash natijalari bo’yicha hukm chiqariladi.
Olingan o’lchamlardan odatdagidek olingan o’rta arifmetik o’lchami, berilgan sozlash usulida partiyadagi detallarning guruhlashish markazi qilib olinadi. Sozlovchining vazifasi, shu guruhlashish markazini imkoni boricha sozlanuvchi o’lchamga mos keluvchi nuqta bilan to’la mos kelishiga erishishi kerak. Agarda, sinaluvchi detallar o’lchamlaridan hisoblangan o’rtacha arifmetik qiymat sozlanuvchi o’lchamdan farq qilsa, sozlovchi limb yoki boshqa qurilma yordamida asbob holatiga tuzatish kiritiladi.
Sinaluvchi detallarni o’lchash xatoliklarini o’lch va asbob holatini rostlash xatoligi rosl ning mavjudligi shunga olib keladiki, ya’ni egri chiziq guruhlashish markazi har bir partiya detallari uchun sozlanuvchi o’lchamga nisbatan siljib qoladi. Eng katta siljish va tegishli sozlash xatoligi
silj = +(o’lch + rosl);
soz = 2 (o’lch + rosl). (8.1).
Agarda sinaluvchi detallarni o’lchash noaniqligi va asbob holatini rostlash xatoliklari, faqat tasodifiy xatoliklarning borligi deb qaralsa, o’lch va rosl xatoliklarini qo’shish, kvadrat ildiz (tasodifiy xatoliklarni qo’shish) qoidasi bo’yicha qo’shish mumkin:
soz = 2k , (8.2)
bunda k-o’lch va rosl qiymatlarni normal qonundan chetga chiqishini hisobga oluvchi koeffisient; k=2…1,2.
Shuningdek, xuddi shunga o’xshash va bundan ham aniqroq fo’rmula malum
, (8.3)
bu erda krosl =1,73; ko’lch = 1,0.
rosl va o’lch miqdorlarni ma’lumotnoma adabiyotlardan olish lozim. 8.3- formuladagi Δsoz va rosl qiymatlari radiusga tegishli, o’lch qiymati esa tanavor diametriga tegishlidir.
V.M.Кovan, V.S.Кorsakov i dr. "Osnovы texnologii mashinastroeniya"- darslikning 91-92 betlarida 2-jadvalda turli o’lchov asboblarining chegaraviy o’lchash xatoliklari keltirilgan. 3-jadvalda esa keskich asbob holatini limb ko’rsatkichlari bo’yicha rostlash xatoliklari keltirilgan.
Agarda, asbobni kerakli siljishini aniqlash, uni hisoblash usulini o’zi bilan bog’liq bo’lsa, unda sozlash xatoligi ortadi.
soz = 2k , (8.4)
bunda his - asbob siljishining hisoblash usulining xatoligi.
Sinaluvchi detallarni o’rtacha arifmetik qiymatini hisoblash xatoligi bilan aniqlanadi. Ma’lumki bu xatolik
his = +  / ,
bunda -o’rtacha kvadrat og’ish, berilgan ishlash usuli aniqligini tavsiflaydi. n-sinaluvchi detallar soni.
Masalan, n=5 bo’lsa his= +0,45* ; n=10 da his= + 0,32* bo’ladi.
Agarda  noma’lum bo’lsa, taxminan qabul qilish mumkin
= T / 6 ,
bunda T-ishlanuvchi o’lcham dopuski. Bu holda n=5 da his= + 0,075T; va n=10 da his= + 0,053T va h.k. bo’ladi.
Кo’pchilik mualliflar hamma ishlov berish hollari uchun deyarli etarli bo’lgan aniqlikda sozlash xatoligini 2 ga teng yoki uni 0,1Tb ga teng qilib qabul qilish mumkin, bunda Tb - bajariluvchi o’lcham dopuski.



Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish