"Mashinasozlik texnologiyasi asoslari" asoskasbiy o’quv fanidan ma’ruzalar matni



Download 1,38 Mb.
bet23/76
Sana28.06.2022
Hajmi1,38 Mb.
#714285
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   76
Bog'liq
2 5264963648094214253

dlk = dlk mm.,
bunda Ttan.- keskich ishlashining tanaffus vaqti, min.
Ritmik ishlaganda tanavorning issiqlik deformasiyasi doimiy bo’ladi. Ritmiklik yo’q bo’lganda ba’zi-bir tanavorlarni issiqlik deformasiyalari ham turlicha bo’lib, tanavorlar o’lchamlarini eyilib joylashishiga olib keladi.
Dastgoh va asbobdan tashqari tanavor ham haroratdan deformasiyalanib, ishlov berish aniqligiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Ishlash jarayonida, kesish zonasida issiqlik paydo bo’lib, tanavorni qizdiradi. Кo’p sonli o’tkazilgan tadqiqotlar ko’rsatadiki, asosiy issiqlik qirindida to’planadi. Ishlanuvchi tanavorga esa kam miqdorda issiqlik o’tadi. Bu fikr tashqi yo’nish, ya’ni frezalash, randalash, ichki yo’nish, tashqi sidirish amallarini bajarish uchun haqqoniydir. Parmalash usulida esa issiqlikning ko’p miqdori tanavorda qoladi.
Tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, tokarlik ishlov berishda 50-86 % issiqlik qirindi bilan chiqib ketadi, yuqori tezlik bilan kesishda esa hatto 90 % gacha; 10-40 % issiqlik keskichga o’tadi; 3-9 % issiqlik tanavorda qoladi va 1 % ga yaqini tashqi muhitga tarqaladi.
Parmalashda 28 % paydo bo’luvchi issiqlik qirindiga o’tadi; 14,5 % parmaga o’tadi; 52,5 % tanavorda qoladi va 3 % tashqi muhitga tarqaladi.
Tanavorlarni haroratdan uzunligi bo’yicha kengayishi (deformasiyalanishi) quyidagi formuladan topiladi.
L = L(Δ t) ,
bu erda: L - haroratdan kengayish; - tanavor materialining chiziqli kengayish koeffisienti; L - tanavor uzunligi; va Δ t - harorat darajasining farqi.
Masalan, tanavor uzunligi L = 800 mm, harorat Δt = 100 (gr) va po’lat uchun = 0,000012 bo’ladi. Bunda, berilganlarni fo’rmulaga qo’yib hisoblaganda L = 0,096 ≈ 0,1 mmga teng bo’ladi.
3. Ichki kuchlanishning aniqlikka ta’siri
Ma’lumki, tanavorlardagi mavjud bo’lgan ichki kuchlanishlar muvozanatlashgan bo’lib, tashqi muhitdan bironta ta’sir ko’rsatilmasa bu kuchlanishlar o’z holatini va shaklini o’zgarmas saqlaydi.
Bu hodisa ko’p holatlarda sezilarli bo’lmay, mashina va mexanizmlar yig’ilib ekspluatasiya qilinishi davrida yuzaga chiqib o’z ta’sirini ko’rsatishi mumkin.
Tanavorlarning bu ichki kuchlanishlari ko’pincha ularni quyishda, shtamplashda, termik ishlov berganda va har xil texnologik amallarni bajarishda, tanavor tanasi uchastkalarining notekis sovishidan paydo bo’lishi mumkin.
Ichki kuchlanishga ega bo’lgan tanavorni dastgohga o’rnatib, ustidan bir qatlami kesib tashlansa,ichki kuchlanish muvozanati buzilib, bu ichki kuchlanishlar qaytadan taqsimlanib, tanavorni shakl o’zgarishiga olib kelishi mumkin.
Bu kuchlanishlar quyidagi usullar yordamida kamaytiriladi:
1. Tabiiy qaritish (eskirtirish).
2. Sun’iy qaritish (eskirtirish).
3. Tanavordan o’zgaruvchan tok o’tkazish yo’li bilan.
4. Tanavorlarni bolg’a bilan taraqlatib bolg’alash yo’li bilan.
1. Tabiiy qaritish (eskirtirish) usulini qo’llashda, gabariti katta bo’lgan, quyish va shtamplashdan tayyor bo’lgan tanavorlar birlamchi dag’al ishlovdan keyin korxona binosi tashqarisiga ochiq maydonga olib chiqib, ma’lum joyga yoyib qo’yiladi va yarim yil bir yil saqlanadi. Tabiiy muhitda; yomg’ir-qor yog’ishi, quyosh nuridan qizishi, shamol tegishi natijasida ichki kuchlanish asta sekin kamayib boradi, bu kamayish 70 foizgacha etishi mumkin.
2. Sun’iy qaritish (eskirtirish) usuli ko’pincha termik pechlarida bajariladi. buning uchun zagatovka kattaligi termik pechlariga sig’adigan bo’lishi kerak. Bu usul ham nisbatan oddiy bo’lib, pechlarga joylashtirilgan tanavorlar ma’lum harorat olguncha qizdiriladi va ma’lum vaqt ushlab turiladi, keyin ma’lum darajagacha sovutiladi va yana shu haroratda ushlab turiladi va h.k. Bu jarayon bir-necha soatdan bir-ikki sutkagacha va ichki kuchlanish miqdori minimal qiymatga etguncha davom etishi mumkin.
3-tanavordan o’zgaruvchan tok o’tkazish va 4-tanavorlarni taraqlatib bolg’alash usullari yaxshi natijalar bermaganligi sababli juda ham kam qo’llaniladi.
Yuqorida ko’rsatilgan tanavorlar deformasiyasi ichki kuchlar ta’sirida detallarga sistematik geometrik shakl xatoliklarini paydo bo’lishiga manba bo’lib xizmat qiladi.

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish