2. "Hisoblash-analitik" usuli (prof.V.M.Кovan usuli)
Qо’yimlarini "Hisoblash-analitik usul" da aniqlashni asosini kо’rib chiqamiz. Bu usulga binoan qо’yim mikdori shunday bо’lishi kerakki, uni kesib olib tashlanganda oldingi texnologik о’tuvda yoki amalda paydo bо’lgan ishlov berish xatoligi va yuza qatlam nuqsonlari, shuningdek shu bajariluvchi о’tuvda yoki amalda paydo bо’lgan о’rnatuv xatoliklari tо’g’rilansin.
Qо’yimlarni aniqlashning bu usuli, texnologik amallar bajarilishini konkret sharoitini hisobga olishga asoslangan. U texnologik jarayonlarni yangisini loyihalashda va mavjudini tahlil qilishda materialni tejash va mexanik ishlov berishning sermehnatlikigini pasaytirish imkoniyatini beradi.
Oraliq qо’yimlarning minimal miqdorini quyidagi faktorlar aniqlaydi.
1.Rzi-1 -g’adir-budirliklarning о’rtacha balandligi, oldingi о’tuvda yoki amalda berilgan yuzaga ishlov berishdan olinadi. Birinchi amalni bajarishda bu miqdor dastlabki tanavorning miqdori bо’yicha olinadi. Ikkinchi amalni bajarishda, birinchi amaldan xosil bо’lgan g’adir - budirliklar olinadi va h.k. Rzi-1 miqdor usulga, rejimlarga va oldingi ishlovning bajarilish sharoitiga bog’liq.
2.hi-1 -sirtqi nuqsonli qatlam chuqurligi, oldingi oraliq texnologik о’tuvdan yoki amaldan olingan. Bu qatlam metallning asosiy strukturasidan farq qiladi. Bajariluvchi о’tuvda yoki amalda uni tо’la yoki qisman olib tashlash kerak bо’ladi. Кulrang chо’yan quyma tanavorlarining sirtqi qatlamlari qattiq perlitli qobiqdan tashkil topgan, qaysiki tashqi zonasi kо’pincha quyma qoliplar qumlarining izlariga еga. Кeskich asbobning yaxshi ishlashiga sharoit yaratish uchun bu qatlam birinchi о’tuvdayoq yoki amaldayoq olib tashlanadi. Mashinalarning kо’p detallari (masalan, avtomobil dvigatellarining taqsimlagich vallari) oqartirilgan sirtqi qatlam bilan quyiladi.
Detalning eyilish turg’unligi xususiyatini oshirish maqsadida unga keyingi ishlov berishlarda, bu qatlamni imkoni boricha saqlashga harakat qilish kerak.
Pо’lat pokovkalar va shtamplangan tanavorlar sirtqi qatlamlari uglerodsizlangan zona bilan tavsiflanadi. Bu qatlamni tо’la olib tashlash kerak, chunki u metall chidamliligi chegarasini va uning yaxshi (+) xususiyatini pasaytiradi.
Кesib ishlash natijasida sirtqi qatlamda parchinlanish zonasi (zona naklyopa) paydo bо’ladi. Кeyingi ishlov berishlarda bu zonani saqlab qolish maqsadga muvofiq, chunki u detallarning eyilishga chidamliligini oshiradi va kо’proq toza yuza olishga yordam beradi.
Detallarni sirtqi qatlamini toblashdan keyin ham shuningdek bu sirtqi qatlamni maksimal darajada saqlab qolish kerak, chunki uning bebaxo xususiyati, olib tashlanuvchi qо’yim miqdorini oshirish bilan tez pasayadi.
13.1-rasm. Zagatovkani sirtqi qatlamlari: a)-tashqi sirt qatlami; b)-ichki sirt qatlami.
13.1-rasmda tanavor sirtqi qatlamining sxemasi kо’rsatilgan, bunda A-sirtqi qatlamni kesib olib tashlanuvchi nuqsonli qismi, V-sirtqi qatlamni olib tashlanmaydigan qismi, S-metallni tabiiy strukturasi, Rzi-1-g’adir-budirliklar о’rtacha balandligi,Ti-1-nuqsonli sirtqi qatlam chuqurligi.
3. pi-1-ishlanuvchi yuzalarning baza yuzalarga nisbatan fazoviy og’ishi. Fazoviy og’ishlarga: vtulkalar, disklar va gilzalar tanavorlaridagi tashqi yuzalar va teshiklarning bir о’qli еmasligi; zinali vallar tanavorlaridagi zinalarning bazaviy bо’yinlariga yoki markaziy teshiklar chiziqlariga bir о’qli еmasligi; tanavorni silindrik yuza bazaviy о’qiga yon yuzasining noperpendikulyarligi; korpusli detallar tanavorlaridagi ishlanuvchi va bazaviy yuzalarning noparallelligi va ishlanuvchi hamda bazaviy еlementlarning о’zaro holatlarining boshqa xatoliklari kiradi.
13.2-rasm. Ishlanuvchi sirtlar fazoviy og’ishlarini qatlamga ta’sirini ko’rsatuvchi sxema
13.2,a-rasmda vtulka tashqi va ichki yuzalarining bir о’qli еmasligi pi-1 ni teshikni yо’nish uchun ajratilgan qatlamga ta’sirini tasvirlovchi sxema kо’rsatilgan. Vtulka о’zining tashqi (bazaviy) yuzasi bilan uch quloqli о’zaro markazlashuvchi patronga mahkamlangan. Shtrixli chiziq teshikka ishlov berilishi kerak bо’lgan D-diametrni tavsiflaydi: sxemadan kо’rinib turibdiki, ya’ni oraliq qо’yimni (diametr uchun) tashkil еtuvchisi, 2pi-1 ga teng.
Tanavor teshigining diametri d faqat shu tashkil еtuvchini hisobga olganda d=D-2pi-1 ga teng qilib olish kerak.
13.2,b-rasmda qalinlashgan bо’yinini bir о’qlik еmasligi pi-1 ni (tanavorni еgilganligi natijasida) shu bо’yinni yо’nish uchun qoldirilgan qо’yimga ta’sirining sxemasi kо’rsatilgan. Oldingi holdagiga о’xshagan oraliq qatlamni qо’yimcha tashkil еtuvchisi bir о’qli еmaslikni kompensasiyalash uchun 2pi-1 ga teng. O’z navbatida, pi-1 ni tanavor о’lchamlari va еgilganlik е orqali taxminan ifodalash mumkin. Еgilgan о’qni siniq chiziq bilan almashtirib, taxminan olamiz
Do'stlaringiz bilan baham: |