19- M A ‘ R U Z A
13-mavzu davomi (2 soat)
3.Tanavorni oraliq qо’yimlarini va oxirgi о’lchamlarini aniqlash
Oraliq qо’yimlarni hisoblash asosida tanavorning hamma texnologik о’tuvlari yoki oraliq amallari bо’yicha tayyor detaldan boshlab, to dastlabki tanavorsigacha, tanavorning chegaraviy о’lchamlari aniqlanadi.
Dastlabki sozlangan stanokda bir о’tuvli ishlov berishda, kesish kuchi ta’siridan texnologik sistema еlementlarining еlastik deformasiyalanishi natijasida nusxalanish hodisasi sodir bо’ladi.
13.3-rasm. Sozlangan stanokda ishlov berishda, oraliq minimal
va maksimal qatlamlarni aniqlash sxemasi
Bundan quyidagi xulosa kelib chiqadi, ya’ni tanavorni еng kichik chegaraviy о’lchami a.min ga ishlov berganda (13.3-rasm), ushlanuvchi о’lcham vmin ham shuningdek еng kichik bо’lib chiqadi, tanavorni еng katta о’lchami amax ga ishlov berganda ushlanuvchi о’lcham v.max ham еng katta bо’lib tayyorlanadi.
Bu sharoitda oraliq minimal qо’yimning oldinroq olingan qiymati
quyidagi ayrima kabi aniqlanadi,
Zimin = a.min - v.min. (13.7)
Еng katta yoki maksimal qо’yim
Zimax = a.max - v.max , (13.8)
Sxemadagilarni hisobga olib, ya’ni a.max = a.min+Tz va vmax=v.min+Td lardan quyidagilarni olamiz
Zimax = a.min +Tz -Td - v.min yoki
Zimax = Zimin +Tz -Td, (13.9)
bu formulalarda: Tz - tanavor о’lchamining dopuski;
Td - bajariluvchi detal о’lchamining dopuski.
13.4,a-rasmda misol sifatida tanavorni oraliq va oxirgi о’lchamlari uchun oraliq qо’yimlar va dopusklar joylashish sxemasi kо’rsatilgan, qaysiki tashqi silindrik yuzaga qora, toza va yupqa yо’nish marshruti bо’yicha ishlov beriladi. Sxemani tuzishda, birinchi bо’lib chizmada berilgan tayyor detal d3min va d3max chegaraviy о’lchamlari, ya’ni yupqa ishlovdan hosil bо’lgan о’lchamlari belgilanadi.
Tayyor detalning еng kichik о’lchamiga yupqa yо’nish amalsi uchun Z3min-minimal qо’yimni belgilaymiz va toza ishlov berilgandan keyingi tanavorni minimal о’lchami d2min ni belgilaymiz.
a) b)
13.4 -rasm. Sozlangan stanoklarda ishlashda texnologik o’tuvlar bo’yicha zagatovkani oraliq qatlamlari maydonlarining va chegaraviy o/lchamlarining sxemalari
Tanavorni qora yо’nishdan keyingi еng kichik о’lchami d1min ni belgilash uchun d2min о’lchamga, toza yо’nish uchun hisoblangan Z2min-minimal qо’yimni qо’shimcha qilib belgilaymiz.
Oxirgi tanavorning еng kichik chegaraviy о’lchami Dmin ni chiqarish uchun, d1min о’lchamga qora yо’nish uchun hisoblangan minimal qо’yim Zimin ni qо’shimcha qilgandan keyin hosil bо’ladi.
Texnologik о’tuvlar bо’yicha tanavorni еng katta chegaraviy о’lchamlari d2max, d1max va oxirgi Dmax lar tegishli minimal chegaraviy о’lchamlariga texnlogik dopusklar T2, T1 va T larni qо’shimcha qilishdan olinadi.
Кeltirilgan sxemadan, ishlov berish uchun umumiy minimal qо’yim Zumin ni aniqlash oson, qaysiki barcha texnologik о’tuvlar bо’yicha oraliq minimal qо’yimlarni qо’shishdan olinadi va umumiy maksimal qо’yim Zumax ham, shuningdek barcha oraliq maksimal qо’yimlarni qо’shishdan xosil bо’ladi. Sxemadan kо’rinib turibdiki, ya’ni oraliq maksimal qо’yim qaysi bir о’tuvni bajarish uchun bо’lmasin tanavorni oldingi о’tuv va bajariluvchi о’tuvdagi еng katta о’lchamlarining ayirmasiga teng.
Qо’yimlar va dopusklar maydonlarini joylashishini kо’rib chiqilgan sxemalari shunday ishlov berish sharoitlariga tegishliki, qachonki ishlov berish sozlangan stanoklarda bajarilib, oraliq qо’yimlar bitta о’tuvda olib tashlanuvchi holat uchun xarakterlidir. Boshqa sharoitlar uchun boshqacha xulosalar chiqarish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |