Texnologik о’tuvlar bо’yicha ishlov berish va chegaraviy о’lchamlar uchun oraliq qо’shimlarni hisoblash tartibi quyidagicha:
Tashqi va ichki yuzalar uchun (Izoh-belgisiz raqamlar ikkala holat uchun, *-shu belgi qо’yilgan raqam faqat ichki yuzalar uchun).
1. Ishlanuvchi tanavor uchun о’rnatuv bazalar va ishlov berish texnologik marshruti belgilansin.
2. hisoblash qartaga, ishlanuvchi еlementar yuzalar va har bir еlementar yuzalar bо’yicha ishlov berish tartibi yozilsin.
3. Ri-1, hi-1, Pi-1, εi, qiymatlari yozilsin.
4. Hamma texnologik о’tuvlar bо’yicha ishlov berish uchun Zimin qо’yimlarni hisoblash miqdorlari aniqlansin.
5. Oxirgi о’tuv uchun «hisoblanuvchi о’lcham» grafasiga, chizma bо’yicha detalni еng kichik chegaraviy о’lchami yozilsin.
5*.-Oxirgi о’tuv uchun «hisoblanuvchi о’lcham» grafasiga, chizma bо’yicha detalni еng katta chegaraviy о’lchami yozilsin.
6. Oxiridan avvalgi, о’tuv uchun, hisoblanuvchi Zimin qо’yim chizma bо’yicha еng kichik chegaraviy о’lchamga qо’shish yо’li bilan hisoblash о’lchami aniqlansin.
6*-Oxirgidan avvalgi,о’tuv uchun,hisoblanuvchi Zimin qо’yim chizma bо’yicha еng katta chegaraviy о’lchamidan ayrish yо’li bilan hisoblash о’lchami aniqlansin.
7. Har bir avvalgi о’tuv uchun hisoblanuvchi о’lchamga qо’shish yо’li bilan undan keyin keluvchi oraliq о’tuvini hisoblash Zimin qо’yimni hisoblash о’lchamlari ketma-ket aniqlansin.
7*-Har bir avvalgi о’tuv uchun hisoblanuvchi о’lchamdan ayirish yо’li bilan undan keyin keluvchi aralash о’tuvni hisoblash Zimin qо’yimni hisoblash о’lchamlari ketma-ket aniqlansin.
8.Hamma texnologik о’tuvlar bо’yicha kichik chegaraviy о’lchamlari yozilsin, hisoblash о’lchamlarini oshirish yо’li bilan ularni yaxlitlab, har bir о’tuv uchun о’lcham dopuski qanday berilgan bо’lsa, о’nli kasirini о’sha qiymatgacha yaxlitlansin.
8*-Hamma texnologik о’tuvlar bо’yicha katta chegaraviy о’lchamlar yozilsin, hisoblash о’lchamlarini kamaytirish yо’li bilan ularni yaxlitlab, Har bir о’tuv uchun о’lcham dopuski qanday berilgan bо’lsa. O’nli kasrni о’sha qiymatigacha yaxlitlansin.
9.Yaxlitlangan kichik chegaraviy о’lchamga dopuskni qо’shish yо’li bilan katta chegaraviy о’lchamlar aniqlansin.
9*-Yaxlitlangan katta chegaraviy о’lchamdan dopuskni ayirish yо’li bilan kichik chegaraviy о’lchamlar aniqlansin.
10. Qо’yimlarning chegaraviy qiymatlari Zimax еng katta chegaraviy о’lchamlarning ayirmasi kabi va Zimin avvalgi va bajariluvchi о’tuvlarning еng kichik chegaraviy о’lchamlarini ayirmasi kabi yozilsin.
10*-Qо’yimlarni chegaraviy qiymatlari Zimax еng kichik chegaraviy о’lchamlarini ayirmasi kabi va Zimin bajariluvchi va avvalgi о’tuvlar еng katta chegaraviy о’lchamlarini ayirmasi kabi yozilsin.
11. Oralik qо’yimlarni qо’shib, Zomax va Zomin umumiy qо’yimlar aniqlansin.
12. Qо’yimlar Zimax – Zimin va dopusklar Ta – Tv ayirmalarini taqqoslash yо’li bilan olib borilgan hisoblashlar tо’g’riligi tekshirilsin, bu erda oraliq qо’yimlarning ayirmasi oraliq о’lchamlar dopusklarining ayirmasiga teng bо’lishi kerak, umumiy qо’yimlarning ayirmasi tanavor va tayyor detal о’lchamlari dopusklarining ayirmasiga teng bо’ladi.
Izox: Hisoblashlarda tashqi yuzalarni alohida va ichki yuzalarni alohida guruhlashtirish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |