2.10. Qo’shma tartibli uzatmalar
Yuqorida (2.1-bo’lim) keltirilganday, ko’paytiruvchi tarkib, ya’ni uzatish guruxlarining ketma-ket ulanishidan xosil bo’lgan bitta kinematik zanjir, eng soda tarkibli bo’lib tezliklarning sozlash doirasini kengaytirish lozim bo’lganda talabga javob bera olmay qoladi. Shuning uchun dastgohsozlikda "Qo’shma tartibli" deb yuritiladigan tarkiblar ko’proq qo’llaniladi.
Ko’p tezlikli uzatmalarda qo’shma tarkiblar har qaysisi oddiy ko’paytiruvchi tarkibli bo’lgan ikki va undan ortiq knematik zanjirdan iborat bo’ladi. Bu knematik zanjirdan bittasi (qisqarog’i) uzatmaning katta tezliklari uchun, boshqalar esa o’rta past tezliklari uchun belgilangan bo’ladi. Bu holda uzatmaning tezliklar pog’onalari soni uni tashkil etgan hamma ko’paytiruvchi tarkiblaridagi pog’onalar sonlarining yig’indisiga teng bo’ladi.
k1k2km (2.25)
bu yerda m - ko’paytiruvchi tarkiblarning soni.
Metall kesish dasgohlarida asosan ikkita ko’paytiruvchi tarkibdan tashkil topgan qo’shma tarkibli uzatmalar ishlatiladi .
Z = Zk1 + Zk2 (2.26)
Odatda ko’paytiruvchi tarkiblarning umumiy qismi bo’ladi.
Zk1 =RaIPvIPcI va ZK2=RaIIRvIIRsII , (2.27)
Har bir kinematik zanjirdagi uzatishlar soni va tavsifi bir xil bo’lgan uzatish guruxlarini umumiy zanjirga birlashtirsak, uzatmaning tarkib formulasi quyidagi ko’rinishni oladi:
Z=RaIRvIRsI+RaIIRvIIRsII=ZA( ) , (2.28)
bu yerda
ZA uzatmaning hamma tezlik pog’onalarida ishtirok etuvchi asosiy tarkib (ZA=PaIPvI= RaIIRvII):
ZIK1=PcI-uzatmaning yukori tezlik pog’onalarini xosil etuvchi tarkib;
ZK2I=PIIc-uzatmaning o’rta va past tezlik pog’onalarini xosil etuvchi tarkib.
Qo’shma tarkibli uzatmalar asosan katta tezlikda aylanishlar bo’lishini talab etiladigan dastgohlarda qo’llaniladi. Misol uchun 16K20, 1K62, 1A616F2 kabi tokarlik dastgohlarining bosh harakat uzatmalari ana shunday uzatmaga egadir.
Qo’shma tarkiblarda uzatish guruxlarining tavsiflarini aniqlash oddiy ko’paytiruvchi tarkiblardagidek bajariladi.
Qo’shma tarkibli uzatmalarning tarkib to’ri va aylanishlar soni grafigini qurish Z=18, bo’lgan uzatma misolida ko’rib chiqamiz.
Aylanishlar soni pog’onasi Z=18 bo’lgan uzatmaning konstruktiv variantlari va uzatish guruxlarini kinematik taqsimlanish tartibi bo’yicha tarkib formulasi variantlari ichidan eng muqobilini tanlab olishni 2,3-bo’limlarda ko’rib chiqilgan. SHunga asosan uzatmaning tarkib formulasi
Z=18=31(I)33(II)29(III)
Uzatmaning bu tarkib formulasi faqat va ungacha bo’lgan qator maxrajlari uchungina yaroqlidir. Chunki uchinchi uzatish guruxining sozlash doirasi qiymati DIII= Xmax=1.269=8=Dnmax. bu hol uchun DIII=1.419=22.038=Dn max. Demak uzatmaning bu tarkib formulasi talabga javob bermaydi. Agarda uning konstruktsiyasini o’zgartirib, tarkib formulasini Z=31(I) 23(II) 36(III) yoki Z=21(I)32(II)36(III) variantlari olinsa, (2.5) shartdan chetga chiqish xolati yuz beradi. Shuning uchun bu uzatmani qo’shma tarkibli ko’paytiruvchilar asosida kinematik xisobi bajarilishi mumkin (buni ko’p tezlikli elektrodvigatel qo’llash usuli bilan ham xal etsa bo’ladi).
Uzatmaning tarkib formulasi yuqorida keltirilgan (2.26) va (2.27) larga asosan quyidagicha bo’ladi:
Z=18=ZK1ZK2=31(I)23(II)31(I)23(III)=31(I)23(II)(126(III)).
Qo’shma tarkiblarni tashkil etuvchilarini (ZK1 va ZK2) birlashtirish, ya’ni ularni bir biriga ulab yaxlit kinematik zanjir xosil etish muftalar va tishli uzatmalar orqali amalga oshiriladi. Ularning konstruktiv variantlari turlicha bo’lishi mumkin. Uzatmaning tarkib formulasida bu yakka uzatmalar ham aks ettiriladi. Shuning uchun uzatmaning tarkib formulasi quyidagicha ko’rinishni oladi:
Z=18=31(I)23(II) (11126(III)).
SHu tarkib formulasi asosida uzatmaning kinematik sxemasini ishlab chiqiladi (2,11a-rasm).
Uzatmaning tarkib to’rini avvalo har bir tashkil etuvchilari uchun aloxida-aloxida ko’rib, birinchi tashkil etuvchi tarkibning formulasi ZK1=31(I)23(II), ikkinchisi esa ZK2=31(I)23(II) (11126(III)).
Ularning tarkib to’ri an’anaviy usul bilan quriladi (2,16 b-rasm). So’ngra esa bu ikki tarkib to’rini birlashtiriladi. Ikkala tarkib uchun umumiy bo’lgan uzatish guruxlarining tarkib to’rini qurib, oxirgi nuqtalarini 1,2,3,4,5,6 bilan belgilaymiz va ularni ikkinchi tarkib to’ridagi 7,8,9,10,11,12 nuqtalar bilan birlashtiramiz. Xosil bo’lgan nurlar asosiy tarkib ikkinchi tashkil etuvchi tarkibni bog’lovchi uzatmani (ZIIZ12) tasvirlaydi (2.11v). Uzatmaning qo’shma tarkib to’ri asosida an’anaviy usul bilan uning aylanishlar soni grafigi quriladi.
a)
Z8 Z10 III Z11 M VI Z18 Z16
Z2
II Z4 Z6 Z6 IV Z13
Z7 Z9 Z12
I V
Z3 Z1 Z5 Z14 Z17 Z15
2.11–rasm. Z=18, =1,41 bo’lgan uzatmaning kinematik sxemasi(a).
Do'stlaringiz bilan baham: |