Mashinasozlik instituti “Mashinasozlik теxnologiyasi” kafedrasi


BOSH YOKI SURISH XARAKATI UZATMASINING UZEL VA DETALLARINI MUSTAXKAMLIKKA VA UZOQ ISHLASHLIKKA XISOBLASH



Download 2,24 Mb.
bet12/23
Sana26.02.2022
Hajmi2,24 Mb.
#469977
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
Машинасозликнинг замонавий жиҳозлари КИ 2021

3.BOSH YOKI SURISH XARAKATI UZATMASINING UZEL VA DETALLARINI MUSTAXKAMLIKKA VA UZOQ ISHLASHLIKKA XISOBLASH.


Bunday xisobni bajarishdan asosiy maqsad loyihalanadigan dastgohning bosh yoki surish xarakati uzatmasidagi uzel va detallarning ishlash qobiliyatini aniqlash hamda ularning konstruktsiyasini va kompanovkasini ishlab chiqishdir. Bajarilgan xisob natijalari hamda uzel va detallarning qabul qilingan asosiy o’lchamlari asosida yoyilma chizmasi bajariladi. So’ngra uzatmaning boshqaruv mexanizmlari ko’rsatilgan yig’ma chizmasi va uning val, tishli g’ildiraklar bloki, korpus, qopqoq kabi detallarining ishchi chizmasi chiziladi.


Bosh yoki surish xarakati uzatmasining xisoblash va konstruktsiyalash, dastgohni kompanovkasini aniqlashdan boshlanadi. Dastgohning umumiy ko’rinishida yuritmaning joylashish o’rni, uning shakli va dastlabki o’lchamlari aniqlanadi. Topshiriqda andaza sifatida taviya etilgan dastgoh , loyihalanadigan dastgohning umumiy ko’rinishini, kompanovkasini va uning uzellarini ishlab chiqishda asos bo’lib xizmat qiladi.
Mustaxkamlik xisobi uchun dastlabki ma’lumotlar uzatmaning kinematik sxemasi, aylanishlar chastotasi yoki surish xarakati grafigi, uzatma elektrodvigatelining quvvati(Ne) va aylanishlar chastotasi(n) yoki surishning eng katta kuchi kabilardir.


3.1. Uzatma vallaridagi quvvatni aniqlash.

Uzatmaning kinematik sxemasida harakat elektrodvigateldan boshlansa(tokarlik, parmalash, frezalash dastgohlarining bosh harakat uzatmasi; frezalash dastgohining surish xarakati uzatmasi va boshqalar).


j- valdagi quvvatni quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Nj=Ne·b-j , (3.1)
bu yerda
NE- uzatma elektrodvigatelining quvvati, kVt;
b-j- uzatmaning boshlang’ich validan to j – valigachabo’lgan qismidagi kinematik juftlarning va tayanchlarning umumiy foydali ish koeffitsienti (f.i.k.).
Foydali ish koeffitsientining qiymatini quyidagicha aniqlanadi:
b-j = , (3.2)
bu yerda
T- tayanchlarning f.i.k.;
T.U-tasmali uzatmaning f.i.k.;
T.F-tishli uzatmaning f.i.k.;
m1, m2, m3- mos ravishda uzatmaning b-j qismidagi tayanchlar soni, tasmali uzatmalar soni, bir vastning o’zida harakatda ishtirok etuvchi tishli uzatmalar soni.
Dumalash podshipniklari uchun - T=0,995;
Moyli sirpanish podshipniklari uchun - T=0,985;
Ponasimon tasmali uzatmalar uchun - TU=0,96;
TSilindrik tishli uzatmalarning f.i.k., agar:
a) tish jilvirlangan bulsa - T/=0,99;
b) tish jilvirlanmagan bulsa - T/=0,98;
Konussimon tishli uzatma uchun - T/=0,97.
Boshqa turdagi kinematik juftlar va tayanchlarning f.i.k. lari keltirilgan.
Surish xarakatining uzatmasida harakat Shpindeldan boshlansa, unda uzatmaning j – validagi quvvat quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Njc= , kVt (3.3)
bu yerda
NC.k- surishdagi samarali quvvat;
sh-j- uzatmaning Shpindeldan to j – valgacha bo’lgan qismidagi kinematik juftlarning va tayanchlarning foydali ish koeffitsientlari.
Tokarlik va parmalash dastgohlari uchun f.i.k. quyidagicha aniqlanadi:
sh-j=T.R.U · , (3.4)
bu yerda
T.R.U- tish- reykali uzatmaning f.i.k.( T.R.U*0,98)
CH.U- chervyakli uzatmaning f.i.k.

3.2. Uzatma vallaridagi burovchi momentlarni aniqlash.


Uzatmaning j – validagi burovchi momentni quyidagi formula bilan xisoblanadi:
MBURj=975· , N.m (3.5)
bu yerda
- j- valdagi eng kichik aylanishlar chastotasi (grafikdan olinadi).
Agar j –valning aylanishlar chastotasi doirasi Dj=  20 bo’lsa, unda shu valning burovchi momentini kamaytirish (bu val va tishli g’ildirak o’lchamlarini kichraytirishni ta’minlaydi) uchun (3.5) formuladagi o’rniga qo’yiladi.
nj.x = njmin· (3.6)
Xisoblab topilgan nj.x qiymatini aylanishlar chastotasi qatori bo’yicha eng yakin miqdorgacha yaxlitlanadi.

3.3. Uzatma vallari diametrlarini xisoblash


Uzatma vallari diametrlarining dastlabki xisobini faqat burovchi momentni xisobga olgan holda olib boriladi.

dj=10· , mm (3.7)


bu yerda
Mburj- j- valdagi burovchi moment, N.m ;
[b – burashda yo’l qo’yiladigan kuchlanish, MPa.
Uzatma vallarining materiali 45 va 45X markali po’latlardan bo’lib yo’l qo’yiladigan kuchlanish [b=20 . . . .25 MPa.
Uzatma vali qisqa va oraliq val bo’lsa, [b ning katta qiymatlari olinadi, aks holda val konsol bo’lsa, kichik qiymatlari olinadi.
Uzatma valining xisoblangan diametri dastgohsozlik standartida tavsiya etilgan (10,12,15,17,20,25,30,35,40,45,50,55,60,65,70,75 va xokazo) qiymatlarning eng yaqini tomon yaxlitlanadi.
Qabul kilingan diametr qiymati valning tayanch qismi uchun xizmat vazifasini bajarsa, valning qolgan pog’analarining diametrlari andaza dastgoh uzatmasida qabul qilinganligini xisobga olgan holda konstruktorlik muloxazasi asosida aniqlanadi.
Uzatmaning harakatni oladigan birinchi vali elektrodvigatel bilan mufta orqali ulansa, uning mufta o’rnatiladigan qismining diametri elektrodvigatel valining diametriga teng yoki yaqin qilib olinadi.
Agar ichi g’ovak val (misol uchun parmalash dastgohi Shpindelining gilzasi) ishlatilsa, uning tashki diametri miqdorini quyidagi formula bilan topiladi:

dT= , mm (3.8)


Tishli g’ildirak, shponka, shlitsa, podshipnik, podshipnik qopqoqlari, vint, bolt va gayka kabi detallarning konstruktiv o’lchamlari “Mashina detallari” fanida va [12,20, 27] larda keltirilgan tavsiyalarga asosan qabul qilinadi.

Download 2,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish