2.9. Ko’p tezlikli elektrodvigateli bo’lgan uzatish qutilari
Aylanishlar soni yoki surish xarakati pog’onali sozlanadigan uzatmalarda ko’p tezlikli qisqa tutashgan asinxron elektrodvigatellari va parallel quzg’atuvchili doimiy tok elektrodvigatellari ko’prok ishlatiladi. Ko’p tezlikli elektrodvigatellar uzatmaning mexanik qismini soddalashtirishga va tezliklarni harakat davomida qayta ulashga imkon beradi.
Metall qirqish dastgohlarida aylanishlar soni sozlanadigan uch fazali o’zgaruvchan tok elektrodvigatellaridan asosan ikki va uch tezliklilari keng joriy etilgan. Ularning aylanishlar soni pog’onasi qator maxraji asosida xosil etilib, 7501500; 15003000; 75015003000 aylmin tezliklarni tashkil etadi. Shuning uchun uzatmaning aylanishlar soni yoki surish xarakati qatorini xosil etishda, buni sozlash usullari tarkibiga kiritib qurmoq lozim.
Sozlashning bu usulida uzatmaning uzatish qutisidagi birinchi val ikki xil aylanish tezligini oladi. Shuning uchun elektrodvigatelni shartli ravishda ikki uzatmali gurux, "Elektr guruxi", deb qaraymiz. Uning tavsifini XE bilan belgilab, qiymatini quyidagi muloxaza asosida aniqlash mumkin. Ya’ni, elektrodvigatelni, ikki tezlikli elektrodvigatel deb, past aylanish tezligidan yuqori aylanish tezligiga o’tkazilganda, uzatmadagi oxirgi valning aylanish tezligi ikki marta ortadi, Chunki , bundan Xe= (2.21)
Demak tavsif XE ning qiymatlari aylanish soni yoki surish xarakati qatori maxraji ning yagona qiymatlari bo’yicha quyidagicha bo’ladi: =1,06 bo’lganda XE=12; =1,12bo’lganda XE=6; =1,26 bo’lganda XE=3; =1,41 bo’lganda XE=2; =2 bo’lganda XE=I.
Ko’p tezlikli elektrodvigatel bilan ta’minlangan uzatmalarning tarkib formulasi quyidagicha bo’ladi:
Z=RERa RvRm , (2.22)
bu yerda
RE- "elektr guruxi"dagi uzatishlar soni;
Ra , Rv ,…..Rm - guruxdagi uzatishlar soni.
Uzatmaning tarkib formulasi varianti shunday ko’rinishga ega
Z=RXeRX1RX2RXm , (2.23)
Bu yerda Xe-"elektr guruxi"ning tavsifi;
X1 , X2,……Xm-guruxlar tavsifi:
Agar XE=I bo’lsa, elektr guruxi uzatmadagi asosiy gurux deb xisoblanadi. Buning uchun uzatmaning aylanishlar qatorining maxraji =2 bo’lishi kerak (formula 2.21 ga qarang). Tavsif XE=2bo’lganda elektr guruxi (RE) birinchi tanlash guruxi deb xisoblanadi (2.1- bo’limga karang). Demak uning o’zidan oldigi gurux asosiy gurux (Ra) bo’lib ikkita uzatmaga ega bo’ladi, Chunki XE=Ra=2. Shuningdek XE=3 bo’lganda ham gurux birinchi tanlash guruxi xisoblanadi.
Elektr guruxining tavsifi XE=6 va XE=12 bo’lsa u birinchi tanlash guruxi bo’la olmaydi, Chunki XE=Ra=6 va XE=Ra=12 bo’lishi maqsadga muvofiq emas. Sababi uzatmaning asosiy guruxi (Ra) oltita yoki o’n ikkita uzatmaga ega bo’lishi R 4 shartni qanoatlantirmaydi (2.1-bo’limga qarang). Shuning uchun bunday hollarda XE=RaRv ko’rinishdagi ikkita ko’paytiruvchi gurux- larga ajratilgan holda qabul qilinadi. Bunda elektr guruxi ikkinchi tanlash guruxi deb xisoblanadi va o’zidan oldingi guruxning uzatishlar sonini belgilab beradi.
Misol uchun Z=12, bo’lgan ikki tezlikli elektrodvigatelli uzatmaning tarkib to’rini ko’rib chiqamiz. Uzatmaning tezliklar qatori maxraji =1,26 uchun XE=3. Demak uzatmadagi birinchi tanlash guruxi "Elektr guruxi" bo’lib ikkita uzatmaga ega, RE=23(II) ko’paytiruvchi gurux ko’rinishida yoziladi. Asosiy guruxdagi uzatmalar soni XE=Ra=3 ga teng bo’lib tavsifi X1=1. Bu tarkib formulasi variantida Ra=31(I) ko’paytiruvchi gurux ko’rinishida tasvirlanadi.
Aylanishlar soni yoki surish xarakati pog’onasi o’n ikkita bo’lgan uzatmaning tarkib formulasi variantlaridan eng maqbul bo’ladigani Z=31(I)23(II)26(III). Buni ko’rilayotgan hol uchun Z=RERaRv=23(II)31(I)26(III) ko’rinishida yozib, uzatmaning tarkib formulasi sifatida qabul qilamiz. Uning tarkib to’rini yuqorida ko’rsatilgan an’anaviy usul bilan quriladi (2.9-rasm).
RE= 2 XE= 3 I Ra= 3 X1= 1 II Rv= 2 X2= 6 III
Z= 23 (II)· 31 (I) · 26 (III)
2.9 – rasm. Z= 12, = bo’lgan ikki tezlikli elektrodvigatelli uzatmaning tarkib to’ri.
Aylanishlar soni yoki surish xarakati grafigini bitta tezlikli elektrodvigatelli uzatma grafigini qurish tartibida bajariladi.
O’zgarmas tok elektrodvigatellari =1,12 bo’lgan elektr guruxini tashkil etib, sozlash doirasi DE=3,15 bo’lganda elektrodvigatel valining 11 xil aylanishini xosil etadi. Shunday elektrodvigatelli uzatmaning tarkib formulasi quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
Z=111R11 (2.24)
bu yerda XE=1, RE=II; X1=II, Ra=2
Misol tariqasida Z=22=111211 tarkib formulasining tarkib to’ri 2.10-rasmda tasvirlangan.
RE= 11 XE= 1 Ra= 2 X1=11
-
I II III
2.10- rasm. Z= 22= 111· 211bo’lgan uzatmaning tarkib to’ri.
Do'stlaringiz bilan baham: |