Dastgohsozlikda uzatmaning kinematik xisobini bajarishda olib borilayotgan ishlarni nazoratini qulaylashtrish maqsadida grafoanalitik usuldan foydalaniladi (analitik usul ham qo’llanilishi mumkin). Grafoanalitik uslubda avvalo uzatmaning tarkibi to’ri (strukto’ra setkasi), so’ngra esa aylanishlar chastotasi yoki surish xarakati grafigi quriladi.
Uzatmaning tarkib to’ri loyihalanayotgan dastgoh kinematik zanjirining mumkin bo’lgan hamma tarkib variantlarini aniq ko’rgazma shaklida namoyon etish va eng muvofiq keladigan variantlarini tanlab olish maqsadida quriladi. Tarkib to’rining qurish tartibini 6 pog’onali uzatma (3. 2-rasm) misolida ko’rib chiqamiz.
Uzatmaning tarkib formulasi
Z=6= 3X12X2 Eslatib o’tish lozimki, ko’paytiruvchi guruxlar tavsifidagi indekslar ularning konstruktiv joylashish tartibini bildiradi.
Har bir guruxning tavsif qiymati uning kinematik taqsimlanish tartibiga asosan aniqlanadi, ya’ni kinematik tartib bo’yicha qaysi gurux birinchi (asosiy gurux ) va qaysi biri ikkinchi (birinchi tanlash guruxi) ekanligi belgilanadi. Tarkib formulasida guruxning taqsimlanish tartibini qavs ichida ko’rsatsak, misolimiz uchun ikkita tarkib formulasi variantini xosil etamiz.
Z=6=3x1(I)2x2(II), bunda X1=I , X2=3X1=3;
Z=6=2X1(II) 3X2(I) bunda X1=3x2=3, X2=I.
Agar uzatmaning konstruktsiyasi o’zgartirilsa, ya’ni tishli g’ildiraklar bloklari o’rni almashtirilsa, uzatma uchun yana ikkita tarkib formulasi varianti mavjud bo’ladi.
Z=6=2X1(I) 3X2(II), bunda X1=I, X2=2X1=2;
Z=6=2X1(II) 3X2(I), bunda X1=3X2=3, X2=I.
Uzatmaning tarkib to’ri quyidagi tartibda quriladi:
1) uzatmadagi uzatish guruxlari sonidan bitta ortiq bo’lgan bir xil masofada vertikal chiziqlar o’tkaziladi. Chap tomondan boshlab bu chiziqlar I, II, III, ….rim raqamlari bilan belgilab qo’yiladi. Ikki vertikal chiziq oralig’i bitta uzatish guruxi uchun ajratiladi;
2) uzatmadagi tezliklar pog’onasi soniga teng bo’lgan bir xil masofada shuncha miqdorda gorizantal chiziqlar o’tkaziladi. CHiziqlar orasidagi masofa lg ga teng. Chunki tezliklar qutisi xosil etadigan aylanishlar geometrik qatorni (n1; n2=n1 ; …. nZ=nZ-1 ) tashkil etgan bo’lib logorifimlaganimizda quyidagi ko’rinishni oladi:
lgn2=lgn1lg ;
lgn3=lgn2 lg ; …. lgnZ=lgnZ-1lg ; (2.12)
3) uzatmadagi guruxlarning konstruktiv joylashish tartibi bo’yicha har bir guruxdagi uzatmalar soni R va tavsifi X ko’rsatib qo’yiladi:
4) Chap tomondagi vertikal chiziqning teng o’rtasida " 0" nuqta (bu nuqta vertikal chiziqni simmetrik bo’laklarga bo’ladi) belgilanib, undan keyin turgan vertikal chiziq tomon nurlar o’tkaziladi. Nurlarning soni shu guruxdagi uzatmalar soni (R) ga teng bo’ladi. Nurlar simmetrik ravishda o’tkazilib, ikkinchi vertikal chiziq bilan kesishgan nuqtalari orasidagi o’zaro masofa X lg ga teng bo’lishi kerak;
5) ikkinchi vertikal chiziqda xosil bo’lgan nuqtalardan aynan shu tartibda nurlar o’tkazilib, ikkinchi gurux to’rkumini xosil etiladi, navbatdagilar ham xuddi shu usul bilan bajariladi.
Uzatmaning tarkib formulasi variantidagi uzatish guruxlarining tavsiflarini formulada ularning son qiymatlarini qo’yib yozish qabul qilib olinsa ham bo’ladi. SHunga asosan ko’rilayotgan olti pog’onali uzatmaning tarkib formulasi variantlari quyidagicha ko’rinishni oladi;
Z=6=31(I)23(II); Z=6=32(II) 21(I).
Yuqorida ko’rsatilgan tartib asosida uzatmaning shu tarkib formulalari uchun qurilgan tarkib to’rlari 2. 3-rasmda tasvirlangan.
Ra=3 Rv=2 Ra=3 Rv=2
X11 X2=3 X1=2 X2=1
2lg Ig
lg
lg 3lg
2lg
I II III I II III
2.3- rasm. Olti pog’onali uzatmaning tarkib to’rlari.
Har xil pog’onali, turli konstruktiv tarkib variantlariga ega bo’lgan va kinematik taqsimlanish tartib turlicha bo’lgan uzatmaning tarkib to’rlarini shunday qurish uslubi ishlarda keng yoritilgan.
Uzatmaning tarkib to’ri bo’yicha quyidagilarni aniqlash mumkin:
a) uzatma vallaridagi aylanishlar soni pog’onalarini;
b) uzatmadagi uzatish guruxlari sonini va ularning konstruktiv joylashish tartibini;
v) har bir guruxdagi uzatishlar sonini;
g) guruxlarning kinematik taksimlanish tartibini;
d) guruxlar tavsifini;
e) guruxli uzatmalarning sozlash doirasini;
j) oralik vallarning sozlash doiralarini;
Yakka uzatmalarning (elektrodvigateldan to tezliklar qutisining birinchi valigacha hamda chiqish validan to uzatmaning oxirgi valigacha bo’lgan uzatmalar) miqdorlari va ularni uzatmada konstruktiv joylashishini loyihalanayotgan dastgoh uchun berilgan na’muna nusxasidan olish yoki konstruktorlik nuqtai nazari asosida ishlab chiqish mumkin.
Bosh yoki surish xarakati uzatmasining kinematik sxemasini qabul qilingan tarkib to’ri asosida ishlab chiqiladi. Kinematik sxemani chizishda uzatma elementlarini GOST 2,770-68, ST SEV-2519-80 da ko’rsatilgan shartli belgilashga va mashinasozlik chizmachiligi qoidalariga rioya etiladi. Kinematik sxemada quyidagilar beriladi:
a) elektrodvigatel quvvati va aylanishlar soni;
b) uzatma vallarining rim sonlari bilan yozilgan tartib raqamlari;
v)g’ildirak va yulduzchalarning tishlarini soni, shkivlarning diametrlari;
g) yurgizish vintlarining kirimlari soni, yunalishi, vint qadami miqdori, reykalarning modullari.