Mashinalaridan foydalanish, texnik



Download 4,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/163
Sana21.07.2022
Hajmi4,65 Mb.
#832589
TuriУчебное пособие
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   163
Bog'liq
jjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjjj

Traktorni ishlatish (foydalanish dagi texnik xizmatlar

Har kungi texnik 
xizmat (KTX) da kuyidagi operatsiyalar bajariladi: traktor chang va iflosliklardan 
tozalanadi; tashqi kuzatiladi yoqilg‘i, moy, elektrolitlarning sig‘imi bor-yo‘qligi 
tekshiriladi, zarur bo‘lsa oqishni to‘xtatish chorasi ko‘riladi; dizel karteri 
tagligidagi moy satxi, radiatordagi sovitish suyuqligi miqdori tekshiriladi, zarur 
bo‘lsa ko‘rsatilgan belgigacha to‘ldiriladi; boshqarish rulining, yoritish va 
xabarlash tizimining, oyna tozalagichning, to‘xtatgichlarning, dvigatelning 
yurgizish ko‘chish mexanizmining ish qobiliyati tekshiriladi.
Quyidagi parametrlar, ko‘rsatkichlar tekshiriladi va zarur bo‘lgan holda 
rostlanadi:
-
shinalardagi bosim va harakat tasmalarining tarangligi; 
-
dizelning ish o‘obiliyati va yurgizib yuborish vao‘ti; bosh moy 
magistralidagi moyning bosimi; 
-
havo tozalagichlarga, yo‘l-yo‘riqlarga muvofio‘ texnik xizmat 
o‘tkaziladi; 
-
akkumulyator batareyasi tekshiriladi, uning sirti klemmalari tozalanadi, 
distirlangan suv quyiladi. 
-
dag‘al moy tozalash filtri, orqa ko‘pirikning to‘xtatgich va burash 
momenti oshirgich bo‘limlar cho‘kindilardan tozalanadi;
-
havo ballonlar kondensatorlardan tozalanadi; 
-
o‘takzuvchi (provod)larning uchlari va klemmalari moylanadi: 
-
traktorning tarkibiy o‘ismidagi moylar sar’i tekshiriladi (moylash jadvali 
va sxemasiga muvofiq) va zarur bo‘lganda to‘ldiriladi; 


211 
-
traktorning tarkibiy o‘ismlari moylash jadvali va sxemasiga muvofiq 
moylanadi: 
Ikkinchi texnik xizmat (TX-2)da quyidagi operatsiyalar bajariladi; 
-
traktor chang va iflosliklardan tozalanadi; 
-
traktorni tashqi tomondan ko‘rib chiqiladi; 
-
yonilg‘i , moy va elektrolit oqmayotganligi tekshirilib chiqiladi, agar 
oqish kuzatilsa, uni to‘xtatish chorasi ko‘riladi; 
-
dizel karterining taglikdagi 
moy 
sathi, 
radiatordagi 
sovutish 
suyuqligining miqdori tekshiriladi, zarur bo‘lsa etarli darajada to‘ldiriladi; 
-
dizelning, boshqarish rulining, yoritish va xabarlash tizimining, 
oynatozalagich va to‘xtatgichlarning ish qobiliyati tekshiriladi. 
Quyidagi parametrlar, ko‘rsatkichlar tekshiriladi va zarur bo‘lsa rostlanadi: 
-
shinilardagi ‘avo bosimi va tasmalarning tarangligi; 
-
akkumulyator batareyasida elektrolitning zichligi, tekshiriladi va zarur 
bo‘lsa batareyalar zaryadlanadi, hamda akkumulyator batareyasi sirtining tozaligi, 
klemma sirtlari havo almashtiruvchi teshiklar probkasi tekshiriladi zarur bo‘lsa 
tozalanadi; 
-
dag‘al filtr tagidagi cho‘kindilar, orqa ko‘prikning to‘xtatgich va burash 
momenti oshirgich bo‘lmalarida to‘plangan moy to‘kib tashlanadi: 
-
havo ballonida to‘plangan kondensatorlar ham to‘kib tashlanadi; 
-
klemmalar va o‘tkazgichlarning uchlari moylanadi; 
-
traktorning tarkibiy o‘ismlari moylanadi (moylash jadvali va sxemasiga 
muvofiq). 
Dizelning gaz taqsimlagich mexanizmi klapanlari va koromislolari
orasidagi tirqishlar, qo‘shish muftasi dizelning burash momentini oshirgichni
qo‘shish muftasi, to‘xtatgichi, kardan uzatmasi, asosiy dvigatelning qo‘shish 
muftasi burilishni boshqaruvchi mufta, g‘ildirakli traktorlar to‘xtatgich tizimi, rul 
g‘ildiragidagi mexanizm, zanjir (gusenitsa)lar tarangligi, boshqarish organlari 
siljishi masofasi va rul chambarchagidagi kuchlar rostlanadi. 


212 
Traktorning tarkibiy qismlarida moylar almashtiriladi va moylanadi 
(moylash jadvali va sxemasiga muvofiq); markazdan qochma moy tozalagich 
tozalanadi; dvigatelning moylash tizimi yuviladi va dvigatelning quvvati 
tekshiriladi; tashqi rezbali va boshqa bog‘lanishlarning mahkamligi tekshiriladi 
zarur bo‘lsa mahkamlanadi ; havo tozalagich germetikligi , moylash tizimining 
bosh magistralidagi bosim va rotorning aylanishlar davomiyligi tekshiriladi. 
TXK-2 ning TXK-1 dan asosiy farqi moylash tizimining yuvish va moyni 
almashtirish va qo‘shimcha rostlash, tekshirish ishlarini tashxiz asboblari va 
nazorat o‘lchash asboblari yordamida olib borishdan iborat. 
Uchinchi texnik xizmat ko‘rsatish (TXK-3) o‘z tarkibiga TXK-2 ning 
hamma operatsiyalarini qamraydi. 
Farqli tomonlari quyidagilardan iborat:
TXK-3 da murakkab operatsiyalar o‘tkazilishi munosabati bilan u statsionar 
holatda, maxsus asboblar, jihozlar o‘rnatilgan texnik xizmat manzillarida 
o‘tkaziladi. Traktorning hamma qismlari echib olinmasdan tashxis qo‘yiladi. 
Dvigatelning quvvati va yonilg‘i sarfi tekshiriladi va rostlanadi. yoqilg‘i 
apparaturasining elektr jihozlari, gidravlik tizimining murakkab va texnik xizmat 
manzillarida o‘tkaziladi. 
Joriy ta’mirlash (remont) yoki asosiy ta’mirlash (remont) oldidan 
o‘tkaziladigan TXK-3 da traktorning resursini diagnostikalash (tashxis) o‘tkaziladi. 
Bu traktorni remontga qo‘yish yoki yana foydalanishni davom ettirish imkoniyatini 
aniqlaydi. 
Kuzgi-qishgi ish mavsumiga o‘tishda (MTXK) texnik xizmatda quyidagi 
operatsiyalar bajarilishi lozim: dvigatelning sovitish tizimi past temperaturada 
muzlamaydigan sovitish suyuqligi bilan to‘ldiriladi; individual isitgichlar 
qo‘shiladi va maxsus isituvchi chexollar o‘rnatiladi; yozgi moy turlari qishga 
muljallangan moylar bilan almashtiriladi; dizelning moylash tizimidagi radiator 
ajratiladi; rele-regulyator mavsumga rostlanadi va vint «zima» holatiga o‘rnatiladi; 
akkumulyatordagi elekrolitning zichligi qishgi me’yorga keltiriladi; dvigatelni 
yurgazib engillashtirish vositalarining ish qobiliyati tekshiriladi; dvigatelni 


213 
yurgizib yuborish vaqti, generatorning zaryadlash toki, rele-regulyatorning ishlash 
toki va kuchlanishi, izolyasiyalarning puxtaligi, kabinaning isitish tizimining ishi 
tekshiriladi; namoyon bo‘lgan nosozliklar tuzatiladi. 
Bahorgi-yozgi ish mavsumiga o‘tishdagi texnik xizmat (MTXK)da quyidagi 
operatsiyalar bajarilishi lozim: traktordan isitgich detallar echib olinadi; 
dvigatelning moylash tizimining radiatori qo‘shiladi; sovitish tizimidan individual 
isitgich ajratiladi; rele-regulyatorning mavsumiy vinti «leto» holatiga o‘rnatiladi; 
akkumulyator batareyasidagi elektrolit zichligi yozgi me’yorga keltiriladi; 
dizelning ta’minlash tizimi yozgi moy bilan to‘ldiriladi; 
Sovitish tizimi radiatorning sovitish qobiliyati, elektroo‘tkazgichlar 
izolyasiyasi puxtaligi, generatorning zaryadlash toki, rele-regulyatorning ishlash 
toki va kuchlanishi tekshiriladi. 
Traktorga o‘zgacha sharoitda texnik xizmat ko‘rsatish

Download 4,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish