Igamberdiev A.K. Aliqulov S
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI
MASHINALARIDAN FOYDALANISH, TEXNIK
SERVIS
TOSHKENT
– 2020
2
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI O‘RTA VA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
A.K.Igamberdiev, S.Aliqulov
TRAKTORLAR VA QISHLOQ XO’JALIGI
MASHINALARIDAN FOYDALANISH,
TEXNIK SERVIS
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan
oliy o‘quv yurtining 5430100 - Qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalashtirish
talabalari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan
TOSHKENT-2020
3
Annotatsiya
O’quv qo’llanma 5430100-qishloq xo’jaligini mexanizatsialashtirish
bakalavr ta’lim yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan
.
O’quv qo’llanma Oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti, o’quv reja va
fanning namunaviy hamda ishchi dasturlariga mos ishlab chiqilgan
.
Mashina traktor agregatlaridan foydalanishning nazariy asoslari, ularning tarkibini
asoslas, tuzishh, ish rejimlarini tanlash, rostlash, dalani ishga tayyorlash va
zagonlarda ishlash, harakatlanish usullarini asoslash hamda agregatlarning ishini
baholashning asosiy me'zonlari bayon qilingan.
Mashinalarga texnik xizmat
ko'rsatish va diagnostikalash, tashqi belgilar bilan nosozliklarni aniqlash, texnik
xizmatni tashkil etish asoslari masalalariga ham bag'ishlangan.
Аннотация
Учебное пособие предназначено для студентов направления
подготовки бакалавра 5430100 –механизация сельского хозяйства.
Учебное пособие разработано в соответствии с требованиями
государственных образовательных стандартов высшего образования,
учебных планов и программ дициплины.
Изложены теоретические основы эксплуатации машинно-тракторных
агрегатов,
даны
рекомендации
по
обоснованию
необходимых
технологических операций, комплектованию агрегатов, выбору режимов их
работы и регулировок, подготовке полей и загонов к работе, обоснованию
способов движения, а также рассмотрены основные критерии оценки работы
МТА. В учебном пособии рассматриваются вопросы технического
обслуживания и диагностирования машин, определения неисправностей по
внешним признакам, основ организации технического сервиса.
4
Annotation
The manual is intended for students in the direction of preparation for the
bachelor 5430100 –mechanization of agriculture.
The manual has been developed in accordance with the requirements of state
educational standards of higher education, curricula and discipline programs.
The theoretical foundations of the operation of machine-tractor units are
presented, recommendations are given on the justification of the necessary
technological operations, the acquisition of units, the selection of their operating
modes and adjustments, the preparation of fields and pens for work, the
justification of the ways of movement, and the main criteria for evaluating the
operation of the MTA are considered. The training manual addresses issues of
technical maintenance and diagnostics of machines, determination of malfunctions
by external signs, the basics of organizing technical service.
Taqrizchilar:
B.M.Xudayarov
-
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini
mexanizatsiyalash
muhandislari
instituti
professori, texnika fanlari doktori.
Q.B. Imomqulov
-
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-
tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi, texnika
fanlari doktori.
© «__________________________________________________» , 2020
5
KIRISH
Hozirgi kunda fermerlik harakatini rivojlantirish natijasida mamlakatimizda
keyingi yillarda 160 mingdan ortiq fermer xo‘jaliklari shakllanib, 10 dan ortiq
yo‘nalishlarda samarali faoliyat yuritmoqda. Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari
oxirgi yillarda 45 foizga ko‘payib, ularning soni 75 mingtadan ortgan.
Bu borada Respublikamizda Ispaniya, Polsha, Niderlandiya, Gretsiya,
Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya, Vetnam va Indoneziya davlatlarining
ilg‘or tajribasidan keng foydalanishga alohida e’tibor qaratildi.
Xozirgi kunda fermer xo‘jaliklari va umuman, qishloq xo‘jaligi sohasi
davlatimiz tomonidan har tomonlama qo‘llab-quvvatlanib, ularga barcha zarur
sharoit va imkoniyatlar yaratib berilmoqda. O‘zbekistonni 2017-2021 yillarda
yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida barcha sohalar qatori
qishloq xo‘jaligini ham modernizatsiya qilish borasida eng muhim vazifalarni aniq
belgilab, ularni izchil amalga oshirib borayotganimiz sohadagi ulkan
muvaffaqiyatlarga asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Qishloq xo‘jaligida samaradorlikning yuqori bo‘lishi ko‘p jihatdan sohaning
zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash, ulardan samarali foydalanish darajasiga
bog‘liq.
Prezidentimizning 2012 yil 21 maydagi “2012 — 2016 yillarda qishloq
xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik
jihatdan qayta jihozlash dasturi to‘g‘risida”gi, 2018 yil 10 maydagi "Qishloq
xo‘jaligini o‘z vaqtida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash mexanizmlarini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2018 yil 29 maydagi
“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga mexanizatsiya va servis
xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2019 yil 31 iyuldagi “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligini
jadal rivojlantirish, agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashni
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari
6
bu borada muhim omil bo‘lmoqda. Bu qarorlarda sohaga oid qator vazifalar
belgilangan, jumladan:
1.
Mashina-traktor agregatlari parkini yangilash, texnik xizmat ko‘rsatish,
ta’mirlash, diagnostikalash, uzoq muddat saqlash;
2.
Texnikalarga servis xizmati ko‘rsatishning to‘liq yo‘lga qo‘yishda ilm-
fan bilan ishlab chiqarishning uyg‘unlashuvini ta’minlash;
3.
Tashina-traktor parklarining mavjud texnikalarini ta’mirlash va servis
xizmatlari ko‘rsatishga ixtisoslashtirish;
4.
Mahalliy qishloq xo‘jaligi texnikalariga xizmat ko‘rsatuvchi zarur
texnikalar bilan jihozlangan va ko‘chma xizmat ko‘rsatuvchi mintaqaviy servis
markazlarini tashkil etish;
5.
Texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash, saqlash va diagnostikalash, detal,
uzel, agregatlar resursini tiklash texnologik jarayonlarini
bajaruvchi tarmoq Markazlarini yaratish;
6.
Mavjud qishloq xo‘jaligi texnikasi parkini hisobga olish va nazorat qilish
tizimini takomillashtirish;
7.
Texnikaviy xizmatlar ko‘rsatish Markazining jihozlarini modernizatsiya
qilish, mexanizatsiya, remont va texnik xizmat ko‘rsatishni zamon talabi
darajasidagi texnika, jihozlar va malakali kadrlar bilan ta’minlash kabi fanga oid
masalalar.
Respublikamizda faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari, mashina-traktor
parklari, muqobil mashina-traktor parklari, shuningdek, boshqa tegishli tuzilmalar
yuqori unumli, tejamkor texnika hamda agregatlar bilan ta’minlanmoqda. SHuni
ta’kidlash kerakki, oxirgi yillarda agrar sohada yurtimizda 60 ga yaqin turdagi
qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Mashina-traktor agregatlaridan foydalanish darajasini oshirishning nazariy
asoslarini, ularning harakatlanish qonuniyatlari, agrotexnik, ekspluatatsion-
texnologik va ishonchlilik ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha ma’lumotlar ushbu
o‘quv qo‘llanmada talabalarga taqdim etilgan.
7
Do'stlaringiz bilan baham: |