Mashina-traktor agregatlarini texnik xizmat ko’rsatishga qo’yishni rejalashtirish



Download 342,1 Kb.
bet1/4
Sana08.04.2022
Hajmi342,1 Kb.
#537327
  1   2   3   4
Bog'liq
10 маъруза


Mashina-traktor agregatlarini texnik xizmat ko’rsatishga qo’yishni rejalashtirish
Reja:

  1. Texnik xizmat ko’rsatishning turlari, vaqti va mazmuni

  2. Texnik servisni rivojlantirish istiqbollari

  3. Mashina traktor agregatlariga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mir ishlarini rivojlantirish istiqbollari


1.Texnik xizmat ko’rsatishning turlari, vaqti va mazmuni
Barcha yangi va ta‘mirlangan mashinalar chiniqtiriladi. Chiniqtirishning vazifasi detallarni eyilishiga, kam vaqt va energiya sarflanishini ta‘minlangan holda ishqalanuvchi yuzalarning sifatli bo’lishiga erishishdan iborat. CHiniqtirilmagan ishqalanuvchi yuzalarda yo’nalishlari har xil bo’lgan notekisliklar uchraydi. CHiniqtirishda notekisliklar o’zgaradi va sirtlari siliqlanadi, shunda mikronotekisliklar ishqalanuvchi yuzalarning harakat yo’nalishiga moslashadi. CHiniqtirish natijalari uchta omilga: solishtirma bosim, yuzalarning nisbiy siljish tezliklari va ushbu yuklama hamda tezlikda chiniqtirishning davom etish vaqtiga bog’liq. Bu omillarning majmui chiniqtirish rejimi deb ataladi. Solishtirma bosim qanchalik katta bo’lsa, ishqalanuvchi yuzalar bir-biriga urilganda va ishqalanganda shuncha katta metall qirindilari ajralib chiqadi, metallning plastik siljishi ham shuncha katta bo’ladi. SHuning uchun chiniqtirishni mumkin qadar eng kam solishtirma bosimlardan boshlash kerak. Notekisliklar silliqlana borgan sari va ularning yo’nalishi o’zgarganda solishtirma bosim kattalashtiriladi, lekin bunda yuzalar edirilmasligi lozim. Har bir turdagi mashinalar (traktor, kombaynlar va boshqalar) ni ishlatishga oid yo’riqnomalarda ularni chiniqtirish rejimi ko’rsatiladi.Mashinalar ishlab chiqarilgan korxanada va ulardan foydalanish jarayonidan oldin chiniqtirish jarayonini o’tkazish zarur. Mavjud qishloq xo’jaligi texnikalari, jahon standartlari talabiga moslashtirilayotgan zavodlarimizda ishlab chiqarilayogganligi hamda rivojlangan davlatlardan import qilinayotgani bois ulardan foydalanishni tashkil etish na boshqa texnikalarni import kilayotgan xorij zavodlari tartiblari asosida olib boriladi.Texnik xizmat ko’rsatish ishlari majburiy xarakterga ega bo’lib, texnikadan foydalanish davri davomida vaqti-vaqti bilan bajariladi va ularning kuyidagi turlari mavjud (80-rasm):
- har smenada texnik xizmat ko’rsatish (STXK), ya‘ni kundalik texnik karov
(KTQ);
- tartibli (1-texnik xizmat ko’rsatish (TXK-1), 2-texnik xizmat ko’rsatish (TXK-2); 3- texnik xizmat ko’rsatish (TXK- 3) yoki reglamentli (50, 250, 500, 2000 motosoat) texnik xizmat ko’rsatish;
- mavsumiy texnik xizmat ko’rsatish (MTXK);
- uzoq muddatli saklashga tayyorlashda, saklash davrida va saklashdan chiqarishdagi texnik xizmat ko’rsatishlar;
- yaigi texnikani chiniktirish davridagi texnik xizmat ko’rsatish;
- maxsus sharoitlarda foydalanilganda texnik xizmat ko’rsatish (MSHTXK).

Har smenadagi texnik xizmat ko„rsatish mashinani ishga tayyorlash va smena davomida uning ishga yarokli xolatini ta‘minlash maksadida operator tomonidan amalga oshiriladi, o’tkaziladi. Tartibli yoki reglamentli texnik xizmat ko„rsatishlar davriyligi va mazmuni har xil turdagi va markadagi texnikalar uchun turlicha bo’ladi. Tartibli texnik xizmat ko’rsatish ishlarining ro’yxati oldingi texnik xizmat ko’rsatishlarni ham o’z ichiga oladi.Mavsumiy texnik xizmat ko„rsatishni bir yilda ikki marta: bahorgi-yozgi va kuzgi-qishqi sharoitlarda ishlatishga o’tish davrlarida o’tkaziladi.Maxsus sharoitlarda foydalanilganda texnik xizmat ko„rsatish - havo juda changlangan, juda issiq yoki sovuk muhitda, toshloq erlar va boshka sharoitlarda ishlatiladigan texnikalar uchun ko’zda tutiladi.Saqlash jarayonida texnikalarga texnik xizmat ko„rsatish ishlarining asosiy mazmuni metall sirtlarni zanglashdan, rezinotexnik buyumlarni eskirishdan ximoyalash, tutib turuvchi va tayanch detallarning deformatsiyalanishiga yo’l ko’ymaslik kabi tadbirlardan iborat bo’ladi.Traktorlar, kombaynlar va o’ziyurar energetik vositalar va tirkamalarga rejaliogoxlantirishli va reglamentli tizimlariga hos barcha texnik xizmatlar ko’rsatilgan holda er haydash, ekish, o’g’it solish va maxsulotni kayta ishlash, chorva ozuqasi, o’cimlikni himoyalash, tirkama va yarim tirkama mashinalariga smenalik va mavsumiy texnik xizmatlar ko’rsatiladi.Bajariladigan texnik xizmat ko’rsatishlar davrlarining aniq chegaralari energatik vositalar uchun mashinasozlik korxonalari tomonidan ishlab chiqilgan foydalanish yo’riqnomalarida beriladi. Texnikadan samarali foydalanishning eng muhim sharti, o’z vaqtida texnik xizmat ko’rsatishning barcha turlarini qo’llab (13-jadval), nazoratni bo’shashtirmaslikdan iboratdir.

Belgilangan xizmat ko’rsatishlar davrlaridan og’ishish mashinalardan foydalanishda buzilishlar keskin ko’payib, ish unumdorligini pasayishiga olib keladi. Masalan, traktor sifatli rostlanmasa yoqilg’i sarfi oshadi, quvvati tushib, ish sifati pasayib ketadi, agregat tez buziladi, ta‘mir xarajatlari ortadi.Qishloq xo’jalik mashinalarini ishga rostlash sifatli bajarilmasa agrotexnologik jarayon buziladi, agrotadbir sifatsiz bajariladi, nihollar zara rlanadi, hosil miqdori kamayadi.Qishloq xo’jalik mashinalari uchun esa har kunlik va mavsumiy davrlarda texnik xizmatlar ko’rsatilib, ularning bajarish muddatlari ushbu mashinalardan foydalanish mavsumlar bilan belgilanadi.Texnik xizmat ko’rsatishlarning davrlari va ularda bajariladigan ishlarning turlari texnikalarni ishlab chiqaruvchi mashinasozlik korxonalari konstruktorlik va servis xizmati xodimlari tomonidan belgilanadi. Bunda texnikaning qismlari, birikmalari, agregatlari va detallarining ishlash sharoitlarini hamda qo’llaniladigan moylash materiallarining xususiyatlarini xarakterlovchi ko’rsatgichlarining o’zgarishi bo’yicha o’tkazgan laboratoriya va dala eksperimntlari natijalari orqali, ya‘ni quyidagi puxtalik ko’rsatgichlari – buzilmasdan ishlash yoki uzluksiz ishlash davomiyligi, chidamliylik va yaroqsiz holatga etgunga qadar ishlash davomiyligi, ta‘mirlashga yaroqlilik - mashinaning texnik xizmat ko’rsatishga, tashxislash va nosozlikni bartaraf etishga, ta‘mirlashga moslashganligi, saqlanuvchanlik –mashinaning saqlash va tashish chog’ida ishga yaroqsizligini ushlab turish xossalari orqali aniqlanadi. Texnik xizmat ko’rsatishning quyidagi uchta strategiya keng tarqalgan:
- xizmat ko’rsatish tadbirlari nosozlik yuzaga kelgandan so’ng uning oqibatini yo’qotish uchun amalga oshiriladi;
- xizmat ko’rsatish tadbirlari bajarilgan mexanizatsiyalashgan ishlarning miqdori yoki yoqilg’i sarfiga asoslanib qatiyan belgilangan grafik (reglament) bo’yicha amalga oshiriladi;
- xizmat ko’rsatish tadbirlari mashinalarga o’rnatilgan avtodiagnostika tizimi va davriy tashxis asosida amaldagi texnik holatiga muvofiq amalga oshiriladi.
Birinchi strategiya asosan oddiy va kichik (mini) texnikalarda qo’llaniladi. Bunda texnikalarda nosozliklar vujudga kelgandan keyin texnik xizmat ko’rsatish tadbirlari bajariladi.
Ikkinchi strategiya Mustaqil davlatlar hamkorligi (MDH) davlatlarida keng qo’llaniladi. Uning asosiy mazmuni GOST-20793-86 da keltirilgan.
Uchinchisi ko’proq istiqbolli bo’lib, mashinalarda murakkab elektron jihozlari o’rnatilishi va texnik servis o’tkazishda elektron-mexanik tashxis anjomlarining qo’llanishi va yuqori malakaga ega bo’lgan kadrlar tayyorlashni taqqoza etadi.

Download 342,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish