Nazorat uchun savollar:
Yangi hosil bólayotgan suyak tósinlari qanday tuzilishga ega?
Osteoblast hujayralarining joylashish órni.
Osteoklastlar qanday tuzilishga ega?
Suyak moddasida qon tomirlar qaerda joylashgan?
Suyaklanish bosqichlarini tushuntiring.
6-mashg'ulot. Mavzu: Naysimon suyakning tuzilishi.
Nazariy tushuncha. Naysimon suyakda anatomik jihatdan diafiz va epifiz qismlari tafovut qilinadi. Diafiz qismi naysimon shaklda bólib, devori kompakt qismdan tashkil topgan. Kompakt moddasi esa bir biriga zich birlashib ketgan suyak plastinkalaridan tashkil topgan. Epifizlar esa tashqi tomonidan yupqa kom- pakt suyak bilan qoplangan bólib, ichki tomoni g‘ovak moddadan tashkil topgan. Suyak tashqi tomonidan yupqa biriktiruvchi tóqimali parda bilan, ya‘ni suyak usti pardasi bilan óralgan. Suyak ichki kanali esa juda yupqa parda (endost) bilan suyak kómigidan ajralib turadi. Naysimon suyakning diafizida quyidagi qavatlar: tashqi umumiysuyak plastinkalar sistemasi, osteonlar (Gavers) sistemasi va ichki umumiy suyak plastinkalari sistemalari tafovut qilinadi. Tashqi suyak plastinkalar tizimining qalinligi 4-12 mkm bólib, bir biriga parallel yónalgan bir necha plastinkalar yig‘indisidan iborat. bu plastinkalar suyakni tashqi tomondan butunlay órab turadi, lekin plastinkalarning oxiri bir biri bilan tutashmay, ustma-ust joylashib tugaydi. Bu qavatda teshib ótuvchi kanallar joylashib, ular orqali suyak usti pardasidan suyak ichiga qarab qon tomirlar ótadi. bu kanallar oziqlantiruvchi kanallar bólib, óz devoriga ega bólmaydi va Folkman kanallari deb ataladi.
Bundan tashqari, suyak usti pardasidan har xil burchak hosil qilib, suyakka tomon kollagen tolalar yónaladi, bu tolalar osteonlar qavatiga etib kelishi mumkin. Suyak devorining órta qavatini osteonlar hosil qilib, ular kompakt suyakning struktura birligi hisoblanadi. Osteonlar ham plastinkalardan iborat bólib, ular konsentrikhalqalar sifatida qon tomirlarni órab joylashadi. Osteon markazida qon tomir joylashadi. Osteon halqalarini hosil qilgan plastinkalarning ossein tolalari óz yónalishiga ega bólgani uchun suyakning bóylama va kóndalang kesmalarida plastinkalarni aniq ajratish mumkin. Osteonlar bir-biriga zich tegib yotmaydi, balki ular orasida kontsentrik halqa hosil qilmaydigan suyak plastinkalari joylashadi. Bu plastinkalar oraliq yoki interstisial plastinkalar deb nomlanadi. Naysimon suyakning markazida endost bilan qoplangan suyak kómigi kanali joylashib, u bilan osteon tizimi oralig‘ida ichki umumiy suyak plastinkalari joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |