Taroqsimonlar tipi
Taroqsimonlar tipi
1.Taroqlilar - dengizlarda yakka yashovchi hayvonlar. Ko ‘pchilik turlari
suv qa’rida, boshqalari suv tubida o ‘rmalab
hayot kechiradi. Tanasi
bo'shliqichlilarga o‘xshash ikki qavatdan, ya’ni
ektoderma va endoder-
madan iborat. Bu qavatlar o‘rtasida mezogleya
bo‘ladi. Ko'pchilik taro
qlilaming yopishuvchi hujayralari bo‘ladi.Shaklan o'zgargan kipriklar
yordamida harakatlanadi. 90 ga yaqin turlari bitta sinfni tashkil etadi.
Tanasi odatda xaltaga o‘xshash bo‘lib, uning bir
chetida og‘iz teshigi
(oral qutbi), ikkinchi chetida chiqaruv teshigi
(aboral qutbi) joylashgan.
Tananing asosiy o‘qi ana shu ikki qutbi orqali o'tadi. Asosiy o‘q orqali
ikkita har xil simmetriya yuzasini o ‘tkazish
mumkin. Ana shuning uchun
taroqlilami ikki nurli simmetriyali hayvonlar
deyish mumkin. Ammo
ko'pchilik organlar (taroq plastinkalar, radial
naylar, jinsiy bezlar) asosiy
tana o'qi bo'ylab 8 tadan joylashadi.
Shuning uchun taroqlilarda ikki nurli
va sakkiz nurli simmetriya belgilari mujassamlashgan. Taroqlilarda birin
chi marta dastlabki embrion yaproqlari va alohida muskul to'qimasi pay
do bo'ladi; taroqsimon plastinkalar yordamida harakat qiladi. Muvozanat
vazifasini maxsus aboral organ bajaradi Taroqlilar
tanasining ikki yonida
shoxlangan ikkita uzun paypaslagichlari
joylashgan.
Paypaslagichlar cho'zilishi
yoki maxsus xalta ichiga joylashib olib, qisqarishi mumkin. Paypaslagichlarda
joylashgan juda ko'p yopishqoq
hujayralar o'ljasini ushlab turish uchun xizmat qiladi. Ayrim
taroqlilaming
paypaslagichlari bo'lmaydi
Taroqlilar tanasi sirtida oral qutbidan aboral qutbi yunalishida 8 qator taroqsimon plastinkalar joylashgan. Har bir taroq plastinka asoslari orqali
bir-biri bilan yopishgan qator kipriklardan iborat. Taroqchalami bir me’yorda
silkinishi tufayli hayvon harakat qiladi. Mezogleyasi tiniq quyuq moddadan
iborat. Mezogleyada muskul hujayralari to‘p bo'lib, taroq plastinkalari va
paypaslagichlari ostida joylashgan.
2. Og'iz teshigi ektodermal yassi halqumga ochiladi. Halqum endodermal oshqozon bilan tutashgan. Oshqozon xalta
ga o'xshab halqumga perpendikulyar yo'nalishda yassilashgan. Pay
paslagichlari ana shu yuzada joylashganidan tananing bu qismi pay
paslagichlar yuzasi deyiladi.
Oshqozondan beshta nay boshlanadi.
Shu
jumladan ikkita uchi berk naylar halqumning ikki yoni bo ‘ylab og ‘iz teshi
gi tomonga yo'naladi. Bitta ingichka nay aboral tomonga ko'tariladi. Bu
yerda ikki marta shoxlanib, to'rtta kalta va ingichka naylarni hosil qiladi.
Ulardan ikkitasining uchi berk; ikkitasi esa ayirish teshigi orqali tashqari
ga ochiladi.
Oshqozonning yana ikkita nayi ikkita paypaslagichlar yuzasi
tomonga (tana o'qiga perpendikulyar yo'nalishda) tarqaladi. Ular shox
lanib, ikkitadan juft vabittadan toq naylarni hosil qiladi. Ikkita juft naylar
yana bir marta dixotomik shoxlangach, sakkizta uchi berk meridional naylarga ochiladi. Meridional naylar taroqsimon plastinkalar ostiga joylashgan.
Toq naylar esa paypaslagichlar asosiga keladi.
Shunday qilib, halqum va oshqozonning yassilashganligi, oshqozondan
boshlanadigan naylar vapaypaslagichlaming joylashuvi taroqlilarda sim-
metriyaning ikki yuzasi borligini, ya’ni
ular
simmetriyasi ko'p nurli emas,
balki ikki nurli simmetriyaga yaqin
turishini ko'rsatadi.
3.Toq naylar esa paypaslagichlar asosiga keladi.
Shunday qilib, halqum va
oshqozonning
yassilashganligi, oshqozondan
boshlanadigan naylar vapaypaslagichlaming joylashuvi taroqlilarda sim-
metriyaning ikki yuzasi borligini, ya’ni
ular
simmetriyasi ko'p nurli emas,
balki ikki nurli simmetriyaga yaqin turishini ko'rsatadi.
Uning statoliti kalsiy karbon-
at zarrachasidan iborat bo'lib, kiprikchalaming bir-biriga yopishishidan
hosil bo'lgan to'rtta kamarchada osilib turadi. Ustki tomondan statolit
qopqoqcha bilan yopilgan.
Statolit kamarlaridan chiqadigan
to'rtta egatcha
dixotomik shoxlanib, sakkizta taroq
simon plastinkalarga keladi. Aboral organ tana muvozanatmi saqlash va harakatni boshqarish vazifasini bajaradi
E’tiboriz uchun rahmat!
http://hozir.org
Do'stlaringiz bilan baham: |