Dag’al tolali suyak. Bu suyakning asosiy moddasida turli tomonga yónalgan ossein tolalarning yirik tutamlari mavjud. Osteositlar ham betartib joylashgan. Bunday tóqimadan baliq, amfibiy skeletlari tuzilgan.
Plastinkasimon suyak. Katta yoshdagi odam suyaklarining kóp qismi plastinkasimon suyak tóqimasidan tuzilgan. Naysimon suyakning diafizi uch qavatdan- tashqi general plastinkalar, gavers tizimlari (osteonlar), ichki general plastinkalar hamda tashqi general plastinkalardan iborat.
Ishdan maqsad. Suyak tóqimasining rivojlanishi va tuzilishini órganish.
Zarur jihozlar. Suyak tóqimasi tuzilishi, tarkibi, hujayralari osteoblast, osteotsit va osteoklast va suyak tóqimasining hosil bólish xillari tasvirlangan tablitsalar, doimiy mikroskopik preparatlar. Atlas.
Ishni bajarish tartibi:
1-tajriba. Suyakning mezenximadan rivojlanishi (embrion jag’idan tayyorlangan). Suyak taraqqiyotining turli bosqichlarida har xil tóqimalar hosil bóladi. Preparatdan eozin bilan tóq pushti rangga bóyalgan, turlicha shakl va qalinlikdagi yangi hosil bólgan suyak tósinlarini topish mumkin. Ularni och bóyalgan mezenxima hujayralari órab yotadi. Katta obektiv yordamida ana shu yangi hosil bólayotgan suyak tósinlari tuzilishini kóramiz. Suyak tósinlari oksifil bóyalib ularning periferik qismida ensiz, och bóyalgan zonasi ajralib turadi. Bu hali kaltsiy tuzlari tóplanmagan suyak oldi moddadan iborat bóladi. Suyak tósinlari chetlarida osteoblast hujayralar bir qator bólib yotadi. Osteoblastlar past bóyli prizmatik, kópincha esa shakli notóg‘ri hujayralar bólib, suyak moddasini hosil qiladi. Suyak moddasi hosil bólishi davomida osteoblastlar ana shu yangi hosil bólayotgan suyak moddasida kómilib qoladi va asta-sekin suyak hujayralari- osteotsitlarga aylanadi. Shu sababli preparatdi suyak tósinlari ichida ushbu hujayralar kórinadi.
Suyak moddasi yangi suyak hosil bólishi bilan ayni bir vaqtda qisman emirilib ham turadi. Suyak moddasini osteoklast deb ataluvchi hujayralar yemi- radi. Osteoklastlar kam uchraydi ular juda ham katta bólib, tarkibida kóplab yadro tutadi. Osteoklastlar ham suyak tósinlariga yopishib yotadi. Ular suyak moddasini emirishi tufayli bu joylarda lakunalar hosil bóladi. Suyak tósinlari mezenxima bilan óralgan. Mezenxima ichida kópgina qon tomirlar joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |