35-rasm. Suyakning g’ovak va kompakt qavatlarining tuzilishi.
Suyak usti pardasi (periost) va endost. Muyak tashqi tomondan suyak usti pardasi bilan óralgan unda ikki qavat: ichki tolali va tashqi adventitsial qavatlar farqlanadi. Ichki qismi nozik tolali biriktiruvchi tóqimadan tashkil topgan bólib, kollagen tolalardan tashqari ózida elastik tolalarni ham tutadi. Bu erda mayda qon tomirlar va osteoblast hujayralari joylashadi. Endost-juda nozik parda bólib, suyakni ichki tomondan qoplaydi. U osteoblast hujayralarini ushlovchi biriktiruvchi tóqimadan tuzilgan bólib, uning kollagen tolalari suyak kómigining stroma tuzilmalariga ótib ketadi.Suyak tóqimasi mezenximadan ikki usulda: tóg‘ridan- tóg‘ri mezenximadan (kalla suyagi) yoki mezenximadan hosil bólishi mumkin (bu usul bilan naysimon suyaklar rivojlanadi).
Ishdan maqsad. Naysimon suyakning tuzilishini órganish.
Zarur jihozlar: Naysimon suyakning diafiz va epifiz qismlari, kóndalang va bóylama kesimi tasvirlangan tablitsalar, doimiy mikroskopik preparatlar, atlas.
Ishni bajarish tartibi.
tajriba. Naysimon suyakning kóndalang kesimi. Suyak xuddi tog‘ay
singari sirtdan biriktiruvchi tóqima parda-periost bilan qoplangan. Naysimon suyaklarning ichi kovak bólib, unda ilik joylashadi. Suyakning mana shu ilikka qaragan ichki yuzasi ham biriktiruvchi tóqima parda bilan qoplangan bólib, u endost nomi bilan yuritiladi. Kichik obektiv ostida qaralganda suyakning ózida dastlab Gavers kanallari deb ataluvchi naychalarning turli kesmalari kózga tashlanadi. Preparatda bu kanalchalar devorini hosil qiluvchi kontsentrik plastinkalar, kanalchalar bilan birgalikda osteon ni tashkil etadi. Osteonlar muayyan tartibda joylashib, suyakning asosiy massasini tashkil etadi. Osteonlardan tashqari, ular orasida joylashgan oraliq suyak plastinkalari hamda suyakni endost va periost tomondan órab turuvchi umumiy suyak plastinkalari farq qilinadi.
Umumiy suyak plastinkalari bir qancha qatlam suyak plastinkalaridan iborat, ularga nisbatan kóndalang joylashgan qoramtir tolalar kórinadi. Bular suyak ustki pardasidan suyak ichiga kiruvchi kollagen tolalar tutumlari-Sharpey tolalaridir.
Suyak plastinkalari orasida qator tizilib yotuvchi suyak hujayralari joylashadi. Preparatda bu hujayralarning órni kórinadi xolos, chunki suyak shlifini tayyorlash jarayonida suyak hujayralari emiriladi. Preparatda suyak hujayralarining bir-biri bilan tutashib ketgan sertarmoq ósimtalari kórinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |