Masafalari raajmuidan bahs etadi



Download 4,7 Mb.
bet94/145
Sana14.06.2022
Hajmi4,7 Mb.
#667039
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   145
Bog'liq
Топонимика

Oqto’nli — qangli qabilasimng bir urug’i oq to'nh\ qo’ng’irot qabilasining bir urug’i oqto’nni deb atalgan, bu urug’ qirg’izlarda ham bor — saribag’ish qabilasining oqto’ndu (Aqto’nduu) degan urug’i bo’lgan. Qo’ng’irot va qang’li qabilalarining qorato’nli urug’i ham ma'Ium.
Bundan tashqari Oqto 'nli (ota) degan boy avliyo (tojikchasi Safed-push), Ko’kto’nli (ota) degan kambag’al avliyo (tojikcha Kabudpo’sh; ham ma'lum.
Asaka, g’uzor, Chiroqchi tumanlarida Oqto’nli qishloqlari bor.
Oqchelak - chelak urug’ining bir tarmog’i (qirg’izlarning bugu qabilasining bir urug’"i ham chelek deb atalgan. Sarichelak ko’li shu etnonimdan nom olgan bo’lsa kerak). Payariq tumamdagi Oqchelak oykonimi chelak urug’ining boshqa tarmoqlari bo’lganini ko’rsatadi.
Og’aliq - xon maslahatchisi, shahar begi bilan aholi o’rtasidagi munosabatlarda vositachilik qilgan mansabdor shaxs unvoni. Asaka, Samarqand tumanlarida Og’aliq degan qishloq, Qarshi shahrida Og’aliq guzari bor. Biroq Samarqand shahri yaqinidagi Og’aliq asli Ohaklik bo’lgan. Amir Temur zamonida bu yerdan Samarqand shahrida Jome masjid qurish uchun ohaktoshlar keltirilgan.
Farg’ona vodiysida og’alik degan urag’ ham bo’lgan.
Og’il - molxona, og’ilxona. Tojik tiiida bu so'z qishda qo’y podasi qishlaydigan qo’tonni bildiradi. Turli turkiy tillarda agal, avil, avul kabi fonetik shakllarda «ovul», «uy», «hovli», «turar joy» kabi ma'nolarni anglatadi (yana q. Ovul).
Og’och - qadimiy turk tilida va bir qancha hozirgi turkiy tillarda daraxt, o’rmon. Bu so'z 30-yillargacha zbek tilida ham shu ma'noda iste'molda bo’lgan: «Xon shunday og’ochki, qon bilan ko'karur» (Fitrat). Keyinchalik turkiy og’och (yog’och) o’rnini forscha-tojikcha damxt so’zi olgan. Og’och (ag’ach) so’zi «daraxt», «o'rmon» ma'nosida deyarli barcha turkiy xalqlar yashaydigan hududlarda toponimlar
210
tarkibida uchraydi. Bu holatni o’zbekistonda ham ko’rish mumkin: Uchog’och, Beshog’och, Qo’shog’och. Shu bilan birga beshog’och degan qavm ham bo’lgan. Toshkentdagi Beshog’och toponimini Beshyog’och deyish tarixiy voqealikka zid; Beshog’ochliklar o’z mahallasini Bechog’osh deb talaffuz qilgan.
Paykal - sug’oriladigan ayrim ekin maydoni, pol, chek. Bu so'z turkiy pay («bir qism, ulush») va forscha-tojikcha kol («kanal») un-surlaridan iborat. Kol so’zi, o’z navbatida, forscha «kavlamoq», «qa-zimoq» fe'lidan kelib chiqqan bo’lib, dastlabki ma'nosi «handak» edi.
Ilk o’rta asrlarda ariq qulog’iga o’rnatilgan yog’och kundaning ko’zday teshigidan bir kecha-kunduzda o’tadigan suv bir paykal hisoblangan.
Demak, paykal dastlab suv o’lchov miqdori bo’lgan. Keyingi asrlarda paykal sath o’lchov miqdoriga aylangan. Masalan, Qashqa-daryo viloyatida 50 tanob yoki 12,5 gektar yer bir paykal, Shimoliy Afg’onistonda Fayzobod shahri atroflarida 400 tanob yer, Mozori Sharif tegralarida 65 gektar yer bir paykalga teng bo’lgan.
Ba'zi bir ma'lumotlarga qaraganda bir kecha-kunduzda sarf bo’ladigan suv va sug’oriladigan yer paykal hisoblangan.
Bir xil yerlarda paykal deganda muayyan ariqdan suv ichadigan chek yerlar tushunilgan. o’rta Osiyoning bir qancha hududlarida yemi shirkat bo’lib ishlatish paykal deb atalar edi. XX asiga kelganda boy-larning paykal yerlari ularning xususiy mulki bo’Iib qoldi.
Qorako'1 tumanida Nimpaykal, Eronda o’npaykal degan topo-nimlar bor.
Parpi — tarkibida alkaloidlar bo’lgan dorivor o’simlik. Parpitosh degan mineral (tosh) ham bor. Bular jismonan nogiron bo’lgan (parpi kasalligiga yo’liqqan) kishilar uchun davo hisoblangan. Bun-day kasallarni tuzatadigan avliyoning qadamjosi Parpiota deyilgan.
Zomin tumanidagi Uvol qishlog’ida Parpiota degan teshiktosh, Parpioyim degan muqaddas joy, Yuqori Chirchiq tumanida Parpisoy qishlog’i bor.

Download 4,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish