Mozorguzar, asli marg’zor - o’tloq, pichanzor. Pop, Norin tu-manlarida Morguzar degan qishloqlar qayd qilingan.
Mumlay - shevalarda mumiyoni shunday deyishadi. Sherobod tumanida Mumlayxona degan tog’ bor.
Musobozori, muso - o’rta Osiyoda qadimdan yashab kelgan o’zbek qabilalaridan biri. 20-yillarda musobozorilar Hisor tizmasining janu-biy yonbag’irlaridagi 30 dan ortiq qishloqda yashagan va chori, kulobi, yulmo, kaltatoy, tojik kabi mayda urug’iarga boiingan. Qashqadaryo
(Kitob, Shahrisabz tumanlarida), Surxondaryo viloyatlarida Musobo-zor (Musobozori), Musobozorcha degan qishloqlar bor.
Mutavalliy (arabcha «ish boshi», «boshqaruvchi» demak) — diniy muassasa ixtiyoriga foydalanib turish uchun berilgan yoki vasiyat qoldi-rilgan vaqf mulkiga va undan keladigan daromadga vasiylik qiluvchi, uni taqsimlovchi diniy amaldor. Xiva tumanida Musamutavalliy, Hazorasp tumanida Haydarmutavalliy degan qishloqlar bor.
Mug’ot - o’rta Osiyo lo’Iilari o’zlarini shunday aytadi. Mug’ «otashparast» so’ziga arabcha ko’plik affiksi -ot qo’shilib yasalgan. Vobkent tumanida Mug’ot degan qishloq qayd qilingan.
Mo’la, moiatosh — tosh-qumdan yasalgan belgi bo’lib, kamida odam bo’yi keladi. Ba'zan qorovul ham deyiladi. Turli masofalar belgisi yoki mulkchilik chegarasi bo’lib xizmat qilgan bo’lsa kerak. Mo’la so’zining burj, ya'ni «minora» ma'nosi ham bor. Qozoqlar qabrni mo’la deyishadi. Hisor tog’larida mo’la deganda dovonni tu-shunishadi. Forish, Koson tumanlarida Mo’lali qishloqlar bor.
Mo’Honi — o’rta Osiyo lo’lilarining bir nomi. Mo’lton ~ Pokis-tonning shimoli-g’arbidagi shahar; Eron bilan Turon orasidagi kar-von yo’li yoqasida bo’igan shu shahardan lo’lilar o’rta Osiyoga o’tgan. Yangiariq tumanida Multoni degan qishloq uchiaydi.
Mo’yun, bo’yin toponimiyada — daryoning muyulishi, tog’ning burilish joyi, kambar akvatoriya. Qozoq va qoraqalpoq tillarida mo "ynoq (mo’yun so’zintng kichraytirilgan shakli) ham shu ma'noni anglatadi (mo’ynoq it — bo’yni oq it). Tuyamo’yun, tuyabo’g’iz — daryonlng burilib oqqan, tuyaning bo’yniga o’xshab egilib ketgan joyi. Topo-nimlar: Amudaryoning quyi oqimidagi muyuiishi Tuyamo’yin, Ohanga-ron daryosining muyulishi — Tuyabo’g’iz (suv ombori, qishlog’i), Qoraqalpog’iston Respublikasidagi Mo’ynoq shahri.
Navkar — xonT podsholarning harbiy xizmatchisi. U hukmdor-ning mol-mulkini qo’riqlagan va harbiy yurishlarda ishtirok etgan. Navkar mo’g’ulcha no’kar so’zidan bo’lib, «do'st», «yo'ldosh» de-makdir. Navbahor, Kogon, Navoiy tumanlarida Navkar qishloqlari qayd qilingan.
Nay — qamish. Nayiston — «qamishzor» (qishloq), Naynpva — «qamishdan, g’arovdan qilingan quvur» (mikrotoponim).
Nayman - yirik qabila uyushmasi. Ko’plab turkiy xalqlarning
tarkibiga kirgan. XIX asrning 70-yillarida o’zbek-naymanlar Zarafshon vodiysida, Farg’ona vodiysi va Xorazmda yashaganlar.
o’zbek-naymanlar XIX asrning oxirida 3 ta yirik urug’ga bo’lingan: qo’shtamg’ali, sadirbek va uvoxtamg’ali. Bulardan tashqari o’zbek-naymanlarning toponimlar shaklida qayd qilingan ko’pdan ko’p urug’lari bo’lgan: ag’ran, ayronchi, badir, biya, bag’anali, boltali, bo’qalay, burunsov, jag’albayli, jastavon Geztovon), jilonni (ilonli), jumaloqbosh, oltiota, oltio’g’il, oqto’nli, po’Iatchi, sagizuruv (sak-kiz urug’), sarinayman, to’rtuul (to’rt o’g’il), to’rttamg’ali, urguch, ukrash, changali, cho’michli, qarg’ali, qozoyoqli (g’ozoyoqli), qora-nayman, qoragadoy, qorasira (qorasiyroq), qiltamg’ali, qo’ltamg’ali va boshqalar.
Etnograf N.A. Aristov nayman so’zi Sibirdagi Nayma Saryosi nomidan olingan degan edi. Ko’pgina olimlar fikrlariga ko’ra nayman-lar asli turkiy qabila bo’lib, nayman so’zining ma'nosi «sakkiz» demakdir: sakkiz o’g’izlarni mo’g’ulIar o’z tiliga moslab nayman deb ataganlar.
Nayman etnonimi toponimlar shaklida boshqa turkiy xalqli res-publikalarda ham uchraydi.
Namak — tuz, turkmanchada namag — «sho'rxok botqoqlik’, forscha-tojikchada — namakzor, namaksor (sho’rxok, sho’r ko'l, tuz koni). Tojikistonda Darainamak degan soylik va soy, Turkmanistonda Namaksar nomli sho’rxok, Eron va Afg’onistonda Namakzor («tuz koni») degan sho’rxoklar va ko’Har bor.
Naqib — Buxoro xonligidagi harbiy lavozim. Ma'nosi «biron jamoa va qabilaning e'tiborli kishisi» degani. XVII—XIX asrlarda Buxoro xonligida naqib qo’shinning tuzilishi, qurol-yarog’i, yurishi, uning old va orqa qismi, markazi, o’ng va so'l qanotlari qayerda ekanini yaxshi biladigan shaxs bo’lgan. Samarqanddan quyiroqda Zarafshon bo’yida Mulkinaqib («naqibning mulki») degan qishloq bor.
Nahr (arabcha, ko’pligi anhor) — kanal, daryo. Farg’ona vilo-yatidagi Ulug’nor kanali nomining asli Ulug’nahr.
Nebo’sa — o’zbeklarning yuz qabilasi tarkibidagi urug’. Zomin, Bulung’ur tumanlarida Nebo’sa degan qishloqlar va mikrotoponim-lar bor.
Nekuz, nekus, nukus — o’zbeklar tarkibiga ham kirgan umum-
turkiy etnonim. Abulg’ozi Bahodirxon o’zining «Shajarai turk» asarida nuguzlarning mo’g’ullar avlodi ekanligini qayd etgan.
Koson, Shahrisabz tumanlarida Nekuz qishloqlari, Amudaryo, Chimboy tumanlarida Nukusovul ovullari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |