-zor - Bedazor, Bodomzor, Kavarzor, Olmazor, Regzor (qumloq), Sangzor (Toshloq), Terakzor, Chilonzor;
-iston ~ Bolutiston («bolut - dub ko’p joy»), Bog’iston (bog’lar o’lkasi), Sebiston (olmazor), Turkiston (hirk qabilasi vakillari yashay-digan qishloq), Sho’riston;
-iya — Mingiya («ming qabilasi vakillari yashaydigan qishloq»), Yuziya (yuz qabilasi nomidan, Yuzuya deb yozish to’gri emas»), Shohruhiya (Shohruh - buyuk olim Ulug’bekning otasi), Qodiriya (Qodir — kishi ismi);
-kor — Lalmikor, Paxtakor, Sabzikor;
-lar — Arablar, Beklar, Boylar, Zargarlar, Shayxlar, Shag’allar (shag’al urug’i yashaydigan qishloq), Echkilar (Echki urug’i vakillari qishlog’i), Qarg’alar (qarg’a urug’i vakillari yashaydigan qishloq);
-li - Alamii, Anjirli, Burganli, Olmali, Piyozli (yowoyi piyoz uchray-digan joy), Tolli, Chayonli;
-lik - (- liq) - mahalla, qishloq ahlining asli qayerdan ekan-ligini bildiradi {andijonlik, jizzaxlik, qo’qonlik), bu aholi pun&ida kimlar yashashini ko’rsatadi (Attorlik, Zargarlik - «zargarlar mahallasi», Boyliq - «boylar mahallasi», Xo’jaliq - «xo'jalar mahallasi»), relef shaklini bildiradi {Soyliq, Tepalik);
-loq (lox) - Gurlox (mozor), Sangloq (toshloq), Toshloq, Qumioq;
-on ~ Arabon (Aravon shakli ham bov — «arablar»), Mang’iton (mang’it qabilasi vakillari), Kosagaron (kosa ustalari mahallasi), Mington (ming qabilasi vakillari), Namatgaron («kigizchilar»), Sayidon («sayyidlar mahallasi»), Xudoyon («xokimlar», islom dini-dan oldin xudo deganda «hokim», «hukmron» tushunilgan);
-ot - Bog’ot («bog’lar»), Rabotot («rabotlar»), Qishloqot («qishlo-qlar»);
-cha — kichkiraytirish belgisi: Buloqcha, Deycha (tojikcha deh -«qishloq»), Rabotcha, Qo’rg’oncha; eski qishloq yonida yana shu nomda qishloq paydo bo’lganini bildiradi; Bahrincha «Ikkinchi Bahrin», Do’rmoncha «Ikkinchi Do'rmon», Naymancha «Ikkinchi Nayman»; sifatdan ot ~ toponim yasovchi affiks sifatida: Oqcha, Saricha, Yang-icha, Qizilcha;
-chi ~ kasb egasini bildiradi: Aravachi, Bo’yrachi, Temirchi, Tuyachi, Etikehi, Qoshiqchi. Aholi qayerdan kelganini bildiradi va -lik q^s&iiirmjGhasi funktsiyasini bajaradi: Zominchi, Farg’onachi, Oloychi.
Qo’shma toponimlar ikki va undan ortiq tarkibiy qismlardan ibo-
rat. Bunday geografik nomlar ham grammatik jihatdan bir necha turga bo’Iinadi:
ot - ot. Ko’pchilik hollarda toponimning ikkinchi tarkibiy
qismi geografik atamadan iborat bo’ladi: Yozyovon, Yorqishloq, Kuy-
ganjar, Maydonqum, Moybuloq, Toshravot, Toshquduq; kishilarning laqab-
lari, kasblaridan nom olgan toponimlar: Abdukarimdivon, Qurbonmi-
rob, Mamatyasovul, o’rozbaxshi. Toponim antroponimdan, bir yoki
ikkala komponenti ham urug’ - aymoq nomlaridan iborat bo’ladi:
Arabqiyot, Murotbag’ish, Minamitan, Esonshix, Bo’ribatosh.
sifat - ot. Ikkinchi tarkibiy qismi geografik atamadan iborat
bo’ladi: Yomonovul, Kattako’rpa, Ko’korol, Oqdaryo, Oqsuv, Oqtog’, Past-
qishloq, Uzunoroi, Qoradaryo, Qorasuv, Qoraqum, Qizilqum, Qiziiqiya,
Qizikov. Ikkinchi tarkibiy qismi urug’-aymoq nomidan tarkib topgan:
Yomonqangli, Kattako’rpa, Maydaqangli, Parchayuz;
v) ot - sifat. Juidam, Juinav, Oxunboboyuqori, Sulduzbolo, Sulduzpo-yon, Talisafed;
g) son - ot: Beshariq, Yettikechuv, Mingchuqur, Oltiariq, Sakkiz-tom, To’qsonkoriz, Qirqqiz, Biroq Mingqishloq, Yuzqishloq, Qirqqishloq toponimlari shaklan son - ot tipiga o’xshasa ham, ular ot - ot modelida (ming, yuz. qirq o’zbek qabila nomlari).
fe'l - ot: Keldixayot, Uyg’antosh, Uchganjar, Qolgandaryo, Qay-
narbuhq.
ot - fe’l: Jarko’chgan, Selkeldi, Suvyorgan, Qumbosdi, Qatiqto’kiidi,
Borsakelmas, Gadoytopmas,
Do'stlaringiz bilan baham: |