o’tarchi bir qancha ro’yxatlarda, chunonchi Mulla Sayfiddin Axsikandiyning «Majmuat - tavorix» asarida qayd qilingan urug’. o’tarchi so’zi qadimiy turkiy tilda «vaqtincha yashovchi» (ko’chmanchi) ma'nosini anglatgan. Bu so’zning «sinchi», «ot ta~ bibi» degan ma'nolari ham bor.
Qalmoq (qalmoqlar) ko’chmanchi o’zbeklardan oldin ham Mo-varounnahrda yashagan va turkiylashgan mo’g’ul qabilalarining av-lodlari bo’lsa kerak. Muhammad Solihning «Shayboniynoma»sida aytilishicha, qalmoqlar Shayboniyxonga qarshi Buxoro hokimi Bo-qitarxon tomonida turib jang qilgan.
Qalmoq so(zi turkiy «qolmoq» fe'Hdan olingan, bu so’z islom dinini qabul qilmasdan majusiylar holida qolgan o’yrotlarni anglat-gan, deyilar edi. V.P.Darbakova qaimoq so’zi mo’g’ulcha «dura-gay», «aralash», «qurama» degan ma'nodagi xalmig so’zidan keiib chiqqanligini aniqladi. Haqiqatan ham aslida o’yrotlardan ajralib chiqqan qalmoq urug’i juda ko’p urug’-qabilalar aralashmasidan iborat bo’lgan.
Qarapchi urug’i ba'zi bir ro’yxatlarda 92 bovli o’zbek urug’laridan biri qatorida tilga olingan; Surxondaryo viloyatida qarapchi 16 uruqqa bo’linadi, ba'zan esa yuz urug’ining katta bir bo’lagi sifatida qayd qilingan. Ba'zi birovlar qarapchi so’zini «qarovchi», nazorat qiluvchi «qo'mondon» deb izohlaydilar. Qarapchi so’zining «qashshoq» ma'nosi ham bo’Igan.
Qiyot Abulg’ozi Bahodirxon fikricha, mo’g’uIcha «tog’dan oqqan sel ma'nosidagi qiyon so’zining ko’pligidir.
Bu fikrni V.V.Radlov ham isbotlaydi. Bundan ko’rnadiki, qiyon-
ni (qiyonli) urug’ining etimologoyasi ham o’sha mo’g’ulcha qiyon so’zi bilan ma'nodosh.
Qovchin - o’zbek urug’laridan biri. Ba'zi fikrlarga ko’ra qovchin, qutchi yoki qushchi bir urug’dir. Akademik V.V.BartoId fikricha qovchin so’zi dastlab urug’ yoki qabila nomi bo’lgan emas, balki «qo'shin qo'mondoni» yoki «qo'shin» ma'nosini anglatgan. Qovchin so’zining «xo'jayin», «mehmon» degan ma'nolari ham bor. Qovchin joy nomlari shaklida uchraydi. Chunonchi, Yangiyo’I shahrining ol-dingi nomi Qovunchi ham aslida qovchin bo’lgan bo’Isa kerak. Shuningdek, Samarqand tumanida Qovchinon (qovchinlar) nomli qishloq ham bor.
Qurqozon — o’zbeklarning bir urug’i Samarqand va Jizzax vilo-yatlarida qayd qilingan. Qurqozon asli qoraqozon bo’lgan, degan fikr bor. Qoraqozon so’zi ikki ma'noda ishlatilgan: 1) bir necha qishloqni o’z ichiga olgan jamoa, bu qishloqlar hashar, ariq tozalash kabi ishlarni birgalashib bajarishgan; 2) harbiy xizmatga chaqirilgan kishi. No’kar (navkar)lar muntazam armiya hisoblangan, qoraqozon (yoki qora cheriklar) esa harbiy xizmatdan tashqari o’z qo’mondonlarining ekin-tikin ishlariga yordam bergan, mol-hollariga qaragan.
Zambarakning qadimiy, kaltaroq bir turi qozon deyilgan. Bobur «qozon qurdik», «qozon bilan tosh otdi» deganda ana shu to’pni nazarda tutgan («Boburnoma» tarjimoni Sale ham bu so’zni rus tiliga ana shu ma'noda tarjima qilgan.).
Biz yuqorida etnonimlar haqida, etnonimlarni o’rganadigan et-nonimika fani to’g’risida, o’zbekistondagi ba'zi bir urug’-qabilalar geografiyasi va ayrim etnonimlar etimologiyasi, ma'nosi haqida qisqacha to’xtalib o’tdik. Har qanday etimologiya, xususan aksari qadimiy so’zlar bo’lgan etnonimlar etimologiyasi murakkabdir. Tobora unu-tilib borayotgan urug’-aymoq nomlarini to’plash, yig’ish, shu et-nonimlar bilan atalgan joy nomlarini, etnonimlar bilan toponimlar munosabatini aniqlash, ya'ni etnonimlardan nom olgan toponimlar bilan birgalikda Urganji, Qo’qoni (qarapchi) kabi joy nomlaridan kelib chiqqan etnonimlarni alohida qayd qilish etnonimika oldida turgan vazifalardandir.
Tarixiy manbalarda dalvarzin qabilasi tilga olingan. o’zbekistonda Dalvarzin degan joylar ko’p (Toshkent, Andijon, Surxondaryo vilo-yatlari). Xo’sh, bu joylar etnonimdan nom olganmi yoki aksincha-mi? Bu etnonimning ma'nosi nima? Dalvarzin asli atama. Bunday
deyish uchun quyidagilarga asoslanamiz. Qozog’istonda va Qirg’izistonda Do’rbo’ljin degan joylar bor. Afg’onistondagi tarixiy bir joy Dilberzin deyiladi. Sirdaryo bo’yidagi Dalvarzin cho’lini tojiklar Dilvarzin deyishadi. Bu cho’lning mahalliy talaffuzi ham asli mo’g’ulcha do’lbo’rjin, ya'ni «choldevor» (shahar xarobasi) so’zidan kelib chiqqan deb hisoblaymiz. Demak, dahariin qabilasi joy nomi bilan atalgan.
o’ZBEKISTON TOPONIMIARINING BA'Z1 GRAMMATIK XUSUSIYATLARI
Toponimlarning qanday gap bo’laklaridan iborat ekanligi, shakl shamoyili modellar deyiladi.
o’zbekiston geografik nomlari granimatik tuzilishiga ko’ra sodda va qo’shma toponirnlarga bo’linadi.
Sodda toponimlar o’z navbatida, qo’shimchasiz toponimlarga va qo’shimchali toponimlarga ajratiladi.
Qo’shimchasiz, affikssiz toponimlar deganda birgina otdan iborat, boshqa biron unsur qo’shilmagan geografik nomlar tushuniladi.
Bunday topnimlar bir necha xil bo’ladi:
oddiy geografik yoki ijtimoiy-iqtisodiy atamalar shaklidagi
toponimlar: Anhor, Asbob (Aspop shaklida ham uchraydi — «ko'chmas
mulk»), Gata (tog’ qirrasi), Yom (pochta stantsiyasi), Ko’l, Orol, Reg,
Supa, Taqir, Uchma, Chim, Sharshara, Quduq kabi.
urug’-aymoq, el-elat nomlari bilan ataladigan geografik nom-
lar (etnonimlar): Arab, Bayot, Do’rmon, Mang’it, Misit, Nukus, Sayot,
Turk, Chandir.
v) kishilarning ism-familiyalari, laqablaridan iborat toponimlar: Abdulla, Avaz, Karim, Mustafa, Navoiy, Nazar, Tursun;
g) o’simlik va hayvon nomlaridan kelib chiqqan geografik nomlar: Bodom, Do’lta (adabiy tilda sirtlon deyiladigan badbashara o’limtikxo’r hayvon), Yong’oq, So’kso’k (saksovul), Terak, Chinor, Yantoq;
Qo’shimchali toponimiar deganda, otga qandaydir qo’shimcha — affiks qo’shib yasalgan geografik nomlar tushuniladi. Quyidagi qo’shimchalar joy nomlari tarkibida ko’proq uchraydi:
-goh ~ Janggoh (jang maydoni), Natnozgoh (hayitda va juma kunlari namoz o’qiladigan katta hovlisi bor masjid), Sayilgoh, Shamolgoh, Korizgoh (koriz ko’p joy);
Do'stlaringiz bilan baham: |